Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

qat’iy belgilangan soliq
Yuridik shaxsni tashkil etmasdan 
Tadbirkorlik faoliyati 
tadbirkorlik faoliyati bilan shu-
bilan shug‘ullanuvchi 
. . .
.
.
. .
.

.
jismoniy shaxslarni 
g ullanuvchi jismoniy shaxslar
soliqqa tortish tartibi 
qat’i belgilangan soliq toTov­
chilar hisoblanadilar.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi qat’i belgi­
langan soliqni toTovchi jismoniy shaxslar soliq qonun- 
chiligiga ko‘ra ijtimoiy sug‘urta badallarini, eksport-import 
operatsiyalarini bajarganda yagona bojxona toTovi, savdo 
qilish huquqi uchun yigTmni, agarda tadbirkorlik faoliyati- 
ni amalga oshirishda suv resurslaridan foydalanilsa, unda 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni, bozorlarda 
faoliyatini amalga oshirishda savdo joyi uchun toTov 
(patta)ni, davlat bojlarini toTaydilar.
Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun qat’i belgi­
langan soliq stavkalarining aniq miqdorlarini Qoraqalpo- 
gTston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Tosh­
kent shahar hokimiyatlari tadbirkorlik faoliyatining turi va 
faoliyat joyiga (viloyatlardagi shaharlar, tumanlar, shu jum ­
ladan, qishloq joylarga) bogTiq ravishda belgilaydi.
Bunda faoliyatning turli xillari uchun tabaqalashtirilgan 
yondashuvni ta’minlash maqsadida QoraqalpogTston Res-
118


publikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimiyatlari tomonidan mahalliy sharoitlar va boshqa 
mezonlami hisobga olgan holda qat’i belgilangan miqdor- 
larda daromad solig'i stavkalari belgilanishi mumkin.
Qat’i belgilangan soliqning bazaviy stavkalari va yuridik 
shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan 
qat’i belgilangan soliq summasining hisob-kitobi uchun 
tuzatuvchi koeffitsientlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazir­
lar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Qat’i belgilangan miqdorlardagi daromad solig'ini tad­
birkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar 
har oyda, mustaqil ravishda faoliyat amalga oshiriladigan 
oyning 25-kunigacha toTaydilar.
Masalan, jismoniy shaxslar daromadidan qat’i belgilan­
gan soliq:
2008-yil yanvari uchun 2008-yilning 25-yanvariga qadar;
2008-yil fevrali uchun 2008-yilning 25-fevraliga qadar 
belgilab qo'yilgan.
Q at’iy belgilangan soliq yuridik shaxsni tashkil etmagan 
tadbirkor tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joyda, 
agar 0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida bosh­
qa qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, to'lanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan endi shug'ullana boshlagan 
jismoniy shaxslar qat’iy belgilangan stavkalar bo'yicha da­
romad solig'ini belgilangan tartibda, ro'yxatga olish paytida 
mustaqil toTaydilar. Qat’iy belgilangan soliq faoliyat bosh- 
langan kundan qat’i nazar bir oy uchun to'lanadi. Misol 
uchun, oyning boshida emas, balki ikkinchi yarmida bosh- 
lasa ham to'liq oy uchun to'lanadi. 2009-yil 1-yanvardan 
yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslar toTaydigan qat’iy 
belgilangan soliq stavkasi 3.2.4.1-jadvalda ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29- 
dekabrdagi «O'zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat budjeti 
parametrlari to ‘g‘risida»gi qaroriga asosan yuridik va jis­
moniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari 
bo'yicha olinadigan qat’i belgilangan soliq stavkalari 
3.2.4.2-jadvalda ko'rsatilgan.
119



Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə