Sonli ifodlar va ularni hisoblash reja: «Boshlang’ich sinf o’quvchilarini sonli ifodalar ustida ishlashga o’rgatish metodlari»


O'zgaruvchili ifodalar umumiy tushunchasi



Yüklə 37,99 Kb.
səhifə3/5
tarix31.05.2022
ölçüsü37,99 Kb.
#88422
1   2   3   4   5
Сонли ифода Мустақил иш

2. O'zgaruvchili ifodalar umumiy tushunchasi
O'zgaruvchili ifodalar umumiy tushunchasining ta'rifi sonli ifodalar tushunchasining ta'rifi kabi ifodalanadi, bund a faqat o'zgaruvchi ifodalarda sonlardan tashqari harflar ham qatnashadi. Biz o'quvchiga bunday ifodalar yozuvining qoidasi tanish deb o'ylaymiz. Masalan, agar x va у o'zgaruvchilar qatnashgan ifodalar berilgan bo'lsa, sonlardan iborat (a; b) kortejlarning har biriga sonli ifoda mos keladi. Bu sonli ifoda harfiy ifodada x harfini a son bilan, v harfini b son bilan almashtirish orqali hosil bo'ladi. Agar hosil bo'lgan sonli ifoda qiymatga ega bo'lsa, bu qiymat x = a, y= b bo'lganda ifodaning qiymati deyiladi.
O'zgaruvchili ifoda bunday belgilanadi: A(x), B(x; y) va h.k. Agar B(x; y) ifodada x ni 15 bilan, y ni 4 bilan almashtirsak hosil bo'lgan sonli ifoda В (15; 4) kabi belgilanadi.
O'zgaruvchili ifodalar predikat bo'lmaydi, chunki harf o'rniga sonli qiymat qo'yilsa, mulohaza emas, sonli ifoda hosil bo'ladi. Bu sonli ifodaning qiymati «rost» yoki «yolg'on» bo'Imay, balki birorta son bo'ladi.
Bitta x harfi qatnashgan har bir ifodaga bu ifodaga qo'yish mumkin bo'lgan sonlardan, ya'ni bu ifoda aniq qiymatga ega bo'ladigan sonlardan iborat to'plam mos keladi. Bu sonlar to'plami berilgan ifodaning aniqlanish sohasi deyiladi. Ba'zi hollarda x qiymatiarning X sohasi oldindan ba'zi shartlar bilan chegaralangan bo'ladi. Masalan, x — natural son bo'lishi mumkin. U holda o'zgaruvchili ifodaga to'plamga (masalan, natural sonlar to'plamiga) tegishli qiymaAlarnigina qo'yish mumkin. Agar ifodada bir nechta harf, masalan, x va v harflari boisa, bu ifodaning aniqlanish sohasi deyilganda shunday (a; b) sonlar juftlari to'plami tushuniladiki, x ni a ga, у ni 6 ga almashtirganda qiymatga ega bo'lgan sonli ifoda hosil bo'ladi. Harfiy ifodalarda o'zgaruvchilarni nafaqat sonlar bilan, balki boshqa harfiy ifodalar bilan ham almashtirish mumkin. Masalan, agar 3x + 2y ifodada x ni 5a - 2b ga, у ni 6a + 4b ga almashtirilsa, harfiy ifoda hosil bo'ladi:
3(5a - 2b) + 2(6a + 4b). a va b ning berilgan qiymatlarida bu ifodaning qiymatlarini hisoblash mumkin, buning uchun avval x va у ning qiymatlari topiladi, keyin bu qiymatlami berilgan ifodaga qo'yiladi. Masalan, a =12, 6=10 bo'lsa, avval x = 5 • 12 - 2 • 10 =40,
y = 6-12 + 4-10= 112 topiladi, keyin 3x + 2y = 3 • 40 + + 2-112 = 344 topiladi.

Yüklə 37,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə