Sotsiologiya maktabi va funksionalizm


Funksionalizmning mashhur namoyandalari



Yüklə 24,5 Kb.
səhifə2/3
tarix03.06.2022
ölçüsü24,5 Kb.
#88636
1   2   3
Sotsiologiya maktabi va funksionalizm

Funksionalizmning mashhur namoyandalari

  • R. Turnvald (R. Thurnwald, 1869-1954yy) — asosiy kitobi- “Kishilik jamoasining ijtimoiy asosi” (“Die menschliche Geselschaft in ihren soziologische Grunlagen”) bo‘lib, 1931 yilda nashr etilgan.

  • B. Malinovskiy (B. Malinovski, 1884 — 1942yy) — asosiy asari “Madaniyatning ilmiy nazariyasi” (“A Scientific Theory of Culture”) deb nomlanib, u 1944 yilda chop etilgan.

  • A. Radkliff-Braun (A. Radcliff-Brawn, 1881 — 1955yy) — asosiy tadqiqoti - “Primitiv jamoaning tuzilishi va funksiyasi” (“Structure and Function in Primitive Society”) — 1952 yilda nashr etilgan.

Ilk marotoba funksionalistik nazariya nemis etnologi Rixard Turnvald tomonidan yaratilgan. Biroq, Germaniyada funksionalizm keng ommalashmagan va Germaniyaga qo‘shni bo‘lgan Angliyada mashhur ilmiy maktab tarzida shakllangan hamda ijtimoiy va madaniy antropologiya taraqqiYotida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan. shubhasiz, mazkur Yo‘nalishning yirik namoyandalaridan biri Bronislav Malinovskiydir.
Etnik jaraYonlarni tadqiq qilishda funksionalizmni farqli xususiyati shundan iboratki, mazkur Yo‘nalish tarafdorlari madaniyatni o‘zaro aloqador umumlashgan xususiyatlardan tashkil topgan deb hisoblaydilar. O‘z navbatida shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish joizki, funksionalizm tarafdorlari uchun madaniyatning tarixiy o‘zgarishi muammosi muhim ahamiyat kasb etmagan. Ular uchun madaniyat qanday harakatlanadi? Qanday vazifalarni bajaradi? Va qanday tarzda mahsulot beradi?- degan muammolarni hal etish dolzarb hisoblangan.
B.Malinovskiy (1884-1942yy). Bronislav Malinovskiy etnografiyadagi mashhur klassik olimlardan biri. U Krakova shahrida tug‘ilgan va tahsil olgan. YAngi Gvineya va Malaneziyada dala etnografik tadqiqotlarini olib borgan.1927-1938 yillar mobaynida London iqtisodiYot maktabida ishlagan, 1938 yil AQshga immigrant bo‘lib ketgan va umrining oxiri (1942 yil) gacha Yel universitetida ishlagan.
Malinovskiy madaniyatga oid emprik nazariyasini yaratgan. Tadqiqotchi olim o‘zining nazariyasini yaratish jaraYonida oldingi tadqiqotchilarni dala-etnografik ekspeditsiyalar o‘tkazmaganlikda va faqatgina muzey materiallarini o‘rganish bilan chegaralanib qolganlikda tanqid qilgan. shubhasiz u olib borgan dala-tadqiqotlari jaraYonida juda ham qiziqarli ilmiy xulosalarga kelgan. Malinovskiyning kuzatishicha, etnografiya ko‘pincha qandaydir psixologik gipoteza, Yoki faqatgina biror buyum-Yoki predmetni tavsif qilish bilangina cheklanib qolmasligi lozim. Uning fikricha, tashqi kuzatuv ko‘pincha anglashilmovchilikka olib kelishi mumkin. shu bois ichki xususiyatlarni chuqur anglamasdan turib madaniyatni yaxlit tarzda tushunib bo‘lmaydi. Bu o‘rinda ma’lum bir buyumni nafaqat tavsiflash, balki u qanday yaratilgan, qay tarzda va qanday vaziyatda ishlatish mumkin, ushbu ashYo kimga tegishli va kim tomonidan ishlatilishini ham tadqiqotchi anglay bilishi lozim. Mashhur ingliz tadqiqotchisi etnografiya fanining tavsifiy, faktologik xususiyatiga qarshi bo‘lib, bu faqatgina madaniyatning ayrim xususiyatlarinigina aks ettiradi, degan xulosoga kelgan.
Malinovskiy madaniyat nazariyasiga oid o‘z qarashlarini 1944 yilda ingliz tilida nashr etilgan «Madaniyatning ilmiy nazariyasi» nomli kitobida baYon qilgan. Uning fikricha, madaniyat faqatgina insonlarga xos biologik xususiyat bo‘lsa-da, insonlar ham tirik jonzotlar hisoblanadi. shu bois u o‘zining biologik ehtiYojini qondirish maqsadida oziq-ovqat, Yonilg‘i kabi kundalik ehtiYoj buyumlarini qidirib topadi, uy-joylar quradi va kiyim-kechaklarni tikib kiyadi. Demak, u mazkur amallari orqali o‘z atrofida ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantiradi va bu fanda madaniyat deb yuritiladi. Turli madaniyatlar orasidagi o‘zaro farq insonlarning turfa xildagi oddiy ehtiYojlarini qondirish usullari bilan izohlash mumkin. shu bois ham madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘linadi.
O‘z navbatida B.Malinovskiy antropologiya va etnografiyaning muhim vazifalarini, jumladan, dunyo madaniyatlarini tadqiq qilishni asos qilib olgan dastlabki etnologik maktab vakillari qarashlari borasida ham o‘zining munosabatini bildirib o‘tgan. Ayniqsa, u mashhur olim E.Taylorning «qoldiqlar metodi»ni jiddiy tanqid ostiga olgan. Uning fikricha, ushbu uslub asosida tadqiqotlar olib borgan ko‘pgina olimlar har bir narsa Yoki ko‘rinishdan qoldiqiy xususiyatlarni izlaganlar. Aslida esa har doim ham qoldiqiy ko‘rinishlar emas, balki madaniyat ko‘rinishlari bo‘lib, undagi eski ko‘rinishlar o‘rnini yangilari egallagan. Malinovskiyning fikricha, qoldiqiy ko‘rinishlar etnografiya faniga jiddiy zarar etkazgan va u madaniyat ko‘rinishlarining o‘zaro funksional bog‘liqligi munosabatlariga ziddir. Mashhur olimning tasdiqlashicha, madaniyatda hech qanday ortiqcha, tasodifiy Yoki qoldiqiy ko‘rinish bo‘lmaydi. Madaniyatdagi barcha ko‘rinish Yoki holat ma’lum bir funksiyani bajaradi. Agar bunday bo‘lmaganda edi bunday ko‘rinishlar allaqachonlar iste’moldan chiqib ketgan bo‘lar edi. Jumladan, qandaydir bir urf-odat qandaydir bir jaraYonda qo‘llanilar ekan, demak u nimagadir zarurdir. Qolaversa B. Malinovskiy diffuzionistlarni ham tanqid ostiga oladi va uning fikricha, diffuzionistlarning katta xatolaridan biri mazkur oqim tarafdorlari madaniyatni tirik bir organizm tarzida emas, balki jonsiz buyumlar majmuidan iborat deb hisoblaganliklaridir.

Yüklə 24,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə