Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Xristianlik dastavval sekta sifatida iudaizm tarkibida vujudga keldi va Kichik Osiyo, 
Yunoniston, Rimda tarqala boshladi. Imperator Konstantin davrida bu din Rim 
imperiyasining rasmiy dini deb ehlon qilindi. Xristianlikning provaslavie, katolitsizm, 
protestantlik kabi bir necha tarmoq va oqimlari mavjud. 
Islom dini eramizning VII asrida shakllandi, Bu dinning asosini 5 rukn tashkil qiladi. 
1) Iymon; 2) Namoz; 3) RO’za; 4) Zakot; 5) Haj. 
Islomda sunniylik va shia yo’nalishlari bo’lib, ular ham O’z navbatida bir qator 
mazhablarga bo’linadi. Musulmon dini dunyoning 5 qithasida va deyarli barcha 
mamlakatlarda mavjud. Saudiya Arabistoni, Liviya, BAA, Iordaniya, Jazoir, pokiston, 
Eron kabi qator mamlakatlarda islom rasmiy din deb ehlon qilingan. Islom dinida ham 
mO’htadil va aqidaparast oqimlar mavjud. Uch olamiy dindan tashqari buddaviylik
induizm, kunfuchilik kabi dinlar ham kO’p millionlik tarafdorlariga ega. Induizm 
eramizdan oldingi 4 ming yilliklarda shakllangan. Bu din tarafdorlari asosan Hindistonda 
yashaydilar. Bu din odamlarning kastalarga bo’linishini ilohiy sabab bilan izohlaydi. 
Buddaviylik, kunfuchilik va daosizm dinlari uchun umumiy xususiyat shundaki, 


ularning tarafdorlari xudoni ehtirof etmaydilar. 
Buddaviylik er.avv. VI asrlarda Nepalda yashagan Sidxart Gautama tahlimotidan 
boshlanadi. Bu din Tailand, Birma, Nepal, SHri-Lanka, Xitoy, Yaponiya, Koreya singari 
mamlakatlarda tarqalgan. 
Kunfuchilik eramizdan oldingi VI asrda yashagan Kun-Fu-CHi tahlimotiga 
asoslangandi. U Budda bilan bir vaqtda yashagan bo’lib, insonning tabiat bilan 
uyg’unlashish yo’llarini axtargan. G’arb va SHarq olimlari din va jamiyat muammosi 
ustida kO’p asrlardan buyon bosh kotirib kelmokdalar. Bu masala Markaziy Osiyodan 
yetishib chiqqan ulkan allomalar Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy, 
Bobur kabi yuzlab olimlar chuqur fikr bildirganlar. Bu olimlar dinning jamiyatda tutgan 
O’rnini tahlil qilishda kuzatish, qiyoslash, tarixiylik usullaridan keng foydalandilar. Ular 
bir dinni madh etib, boshqasini tanqid qilish yo’lidan bormadilar. Xususan, Beruniy 
O’zining «Hindiston» kitobida turli qabilalar, elatlar va xalqlar hayotida dinlar qanday rol 
O’ynaganini chuqur tahlil qilib berdi. Lekin din sotsiologiyasi XIX asr oxiri XX asr 
boshlarida shakllanib, bu M. Veber nomi va ilmiy faoliyati bilan bog’liq. M. Veber 
ijodida dinni sotsilogik tahlil qilish markaziy O’rinni egallaydi. K.Marks barcha dinlarni 
afhyun deb ehlon qilsa, Veber din va jamiyat munosabatlarini tahlil qilib, umuman din 
to’g’risida emas, muayyan davrdagi muayyan din yoki diniy oqim to’g’risida fikr yuritdi. 
M. Veberning eng katta xizmatlaridan biri, uning xristian dinidaga protestanlik 
mazhabining iqtisodiy hayotga O’tkazgan tahsirini kashf etishida bo’ldi. Boylik 
orttirishga qarshi bo’lgan xristian dini mazhablari iqtisodiy taraqqiyotga mahlum 
darajada tO’siqlik qilganlar. protestantlik esa boylikni xudoning nehmati, unga intilish 
bandalarning burchi, deb iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik munosabatlarning 
rivojlanishiga turtki berdi. 
Veber talqinida, protestantlik kapitalizm vujudga kelishidagi asosiy sabablaridan biri 
edi. 
Veber dinlarni tahlil qilib, ular sanoat kapitalizmi rivojlanishiga g’ov 
bo’lmokda degan xulosaga keldi. 
Islom dinidagi oqimlar, mazhablar, yo’nalishlar turlicha bo’lib, ularning barchasi ham 
faqatgana O’zlari mansub bo’lgan mazhab yoki yo’nalish haqiqiy islom dini ekani, 
boshqalar esa yo’ldan adashganlar, deb dahvo qilishadi. Boshqa dinlar singari islomda 
ham aqidaparastlik (fundamentalistik) va mO’htadil oqimlar O’rtasida kurash borgan. 
Aqidaparast oqimlarning vakillari dinni ilk paydo bo’lish davridagi holatga qaytarmoqchi 
bo’ladilar. Bu ijtimoiy taraqqiyot yo’nalishini orqaga burish uchun urinish ifodasidir. 
Markaziy Osiyoda aqidaparastlarning keskin xurujlaridan biri XX asr boshlarida yuz 
berdi. Xijozdan kirib kelgan aqidarparast oqimlar Markaziy Osiyoda ijtimoiy tanglikni 
keltirib chiqardilar. Bidhatga qarshi kurash niqobida ular ijtimoiy hayotda yuz bergan 
barcha yangiliklarni yO’q qilish uchun kurash boshladilar. 
Aqidaparastlarni ijtimoiy taraqqiyotni ortga qaytarish uchun kilgan harakatlariga 
qarshi taraqqiyparvar mahrifatchilar harakati keldi. Tarixda jadidchilik nomini olgan bu 
harakat namoyondalari xalqni ilm-mahrifatli qilish, diniy ehtiqodda mutaassiblikdan 
mO’htadillik tomon yuz tutish g’oyalari bilan chiqdilar. XX asr boshlarida diniy 
aqidaparastlik atamasi muomalada deyarli bo’lmagan. Uning O’rnida «qadimchilar» 
atamasi keng qo’llanilgan. Qadimchilar dinni "asl" holatiga qaytarish, yangiliklardan 
himoya qilish uchun harakat qilganlar. Usuli jadidiya tarafdorlari, yahni mahrifatchilar 
mehyorlarini belgilashda jamiyatda yuz bergan va berayotgan O’zgarishlarni hisobga 
olish, yangiliklarni qO’llash tarafdorlari edi. Bu ikki yo’nalish O’rtasida tortishuvlar 
avvalo baxs, munozara, keyinroq tO’qnashuv va qon tO’kishlar shaklida yuz berdi. 


Qadimchilar kuch ishlatish yo’li bilan yengishga harakat kilganlar. Bu usul diniy 
aqidaparastlikka xos bo’lgan ekstremistik usuldir. Aqidaparastlar nazariy va 
mafkuraviy bahslarni xunrezlikka aylantirishga uringanlar. 
Mahrifatchilar harakati qadimchilar yo’li millat uchun xatarli yo’l ekanini xalqqa 
tushuntirish maqsadida yo’lga chiqdilar. SHu maqsad yo’lida ular mahrifat va mafkura 
sohasini ham nazariy ham amaliy faoliyat olib bordilar. Qadimchilar jim turmadilar. 
Avvaliga ular mahrifatchilarni nazariy jihatdan yengmoqchi bo’ldilar. Lekin nazariy 
jihatdan yenga olmasliklariga kO’zlari yetdi. Dunyoda kO’p marta takrorlangan hodisa, 
aqidaparastlikning diniy, nazariy tortishuvlarida yengilishi va zO’ravonlikka O’tishi 
Turkistonda ham qaytarildi. Aqidaparastlar endi qarshi terror yo’liga O’tdilar. Oktyabrgp 
tO’ntarilishi arafasida, undan keyingi dastlabki yillar aqidaparastlarning mahrifatchlarga 
qarshi xunrezliklariga eng avjiga mingan davri edi. 1918 yil fevralida Buxoro qozisi 
mahrifatchilarni kofir deb ehlon qiladi. Ularni ko’rgan joyda O’ldirish to’g’risida fatvo 
chiqardi. Mahrifatchilar dindor bo’lib, hech qachon islom diniga qarshi faoliyat olib 
bormaganlar. Buxoro qozisi fatvosi bilan yangilik tarafdorlarinini kaltaklash, O’ldirish 
boshlandi. Bundan foydalangan kO’p qadimchilar O’z raqiblaridan O’ch oldilar, kO’p 
yangilik tarafdorlari yO’qotilib yuborildi. 1918 yil martda amr farmon chiqardi. Unga 
ko’ra, jadidchilikda gumon qilinganlar Arkka olib kelinishi kerak edi. Bir necha kun 
ichida Arkka maxbuslar tO’lib ketdi. Jallodlar qO’li-qO’liga tegmasdi. Natijada yangi 
jallodlar tayinlandi, shogirdlar ham ishga solindi, boshqa xonliklarda keng kO’lamda 
xunrezliklar 
bo’lmasada, 
qadimchi 
aqidaparastlar 
tahsirida 
sodir 
etilgandir. 
Mahrifatchilarning yetakchilari jon saqlash uchun amirlikdan tashqariga chiqib 
ketishga majbur bo’ldi. M.Bexbudiy qadimchi aqidaparastlar qurboni bo’ldi. 20-30 
yillarda tirik qolgan jadidlarni kommunistik aqidaparastlar qirib bitirdilar. SHunday qilib, 
jadidlar ikki aqidaparast terroristi kuchlar diniy aqidaparastlar va kommunistik 
aqidaparastlar tomonidan tahqib va qirg’in qilindilar. 
XX asr sO’ngida ham diniy aqidaparastlar ijtimoiy tanglikni keltirib chiqarishga 
urindilar. SHO’rolar tizimining oxirgi yillarida hokimiyatning bO’shashgan va kishilar 
ongida mafkuraviy bO’shliq vujudga kelganidan foydalanib, aqidaparastlar O’zlarining 
mavqelarini mustahkamlab olishga harakat qildilar. Ularning bu harakati O’zbekiston 
mustaqillikni qO’lga kiritgan dastlabki yillardan ham davom etdi. O’zlarini yetarli 
kuchga ega, deb hisoblagan aqidaparastlar O’zbekistondagi Konstitutsiyaviy tuzumni 
zO’rlik yo’li bilan ag’darishga urindilar. 1999 yil 16 fevralda Toshkentdagi portlashlar, 
Farg’ona va boshqa viloyatlardagi salbiy hodisalar, 2005yil 12-13 may kunlari Andijonda 
sodir etilgan terroristik harakatlar shundan guvohlik beradi. 
XX asr O’rtalarida sotsiologiya fanida "fuqarolik dinlari" tushunchasi paydo bo’ldi. 
Bu tushuncha ilohiy kuchlar va hodisalarga emas, ijtimoiy turmushdagi narsa hodisalarga 
sig’inishni anglatadi. Masalan, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda bayroq, 
madhiyaga cheksiz hurmat bilan qaraganlar. Sobiq Sovet Ittifoqida Marks, Engelgps, 
Lenin shaxslari amalda ilohiylashtirilgan edi. Ayniqsa, Lenin shahniga biror yomon gap 
aytish man qilingan edi. Bu hodisalar XX asr ikkinchi yarmidagi diniy sotsiologiya 
yo’nalishlarida fuqarolik dinlari deb ataladi. 
SHunday qilib, din sotsiologiyasi ijtimoiy fikrlar din atamasi bilan bog’liq barcha 
ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy xulqni O’rganadi. Mustaqil O’zbekistonda dinga milliy 
qadriyat sifatida qaralishi xalq ongida ushbu hodisaga nisbatan to’g’ri holis 
munosabatning shakllanishiga zamin bo’ldi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə