Madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi:
1)
O’zidan oldingi avlodlar yaratgan qadriyatlarni O’zlashtiriopdan boshlanadi;
2)
u yangi qadriyatlar yaratish yo’lida tayanch vazifasini O’taydi.
Ana shu ikki jarayon - eskilik bilan yangilik O’rtasidagi obhektiv zaruriy bog’lanish
vorislik deb ataladi. Lekin bunda taraqqiyotga xizmat qiladigan progressiv vorislikni
unga tO’siq bo’ladigan reaktsion vorislikdan farqlash lozim bo’ladi. Madaniyatga ijobiy
(pozitiv) va salbiy (negotiv) tahsir etuvchi vorislik ham mavjud.
Madaniyat bevosita qadriyatlar bilan bog’liq bo’lib, uning turlari quyidagilar:
1)
Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar;
2)
Anhanalar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo’ladigan ax-
loqiy qadriyatlar;
3)
Insonning aql idroki va amaliy faoliyat zaminida shakllangan mehnat malakalari va
kO’nikmalari,
bilim va tajribalari, qobiliyat va istehdodlarida namoyon bo’ladigan
qadriyatlar;
4) Odamlar O’rtasidagi jamoaviylik,
hamkorlik, xayrixohlik,
hamjihatlikka
asoslangan munosabatlarda namoyon bo’ladigan qadriyatlar;
5)
Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi, irqiy xususiyatlari bilan bog’lik bo’lgan qadriyatlar.
Yuqorida bayon etilgan qadriyatlar O’z navbatida:
1)
umuminsoniy qadriyatlar
2)
mintaqaviy qadriyatlar
3) milliy qadriyatlar
4) diniy qadriyatlar turlariga bo’linadi.
Madaniyat sotsiologiyasida ijtimoiy institutlar muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy institut
deganda kishilarning ijtimoiy faoliyatlari tashkillanadigan muassasalar va ularda
xulqning muvofiqlashtiriluvi tushuniladi.
Madaniyat shakllari asosan 3 xilda farqlanadi:
1)
Elitar madaniyat;
2)
Xalq madaniyat;
Dostları ilə paylaş: