|
Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zipAntik dunyo sotsiologlari inson mavqei to’g’risida. Antik1.Antik dunyo sotsiologlari inson mavqei to’g’risida. Antik
dunyoda jamiyat va shaxs omillari.
"Sotsiologiya" atamasi O.Kont tomonidan ilmga nisbatan yaqinda kiritilgan
bo’lishiga qaramay sotsiologik mazmunga ega bo’lgan qarashlar va kuzatishlar
insoniyatning eng qadimgi davrlariga borib taqaladi.
Antik dunyo sotsiologiyasi, jahon sotsiologiya maktabining nazariy-mahnaviy
poydevori va unga doimiy ilhom bag’ishlovchi bebaho obidasi hisoblanadi.
Antik dunyo sotsiologiyasining ilk namunalari Kichik Osiyoning g’arbiy sohillari
Ioniya O’lkasi shaharlarida yashovchi greklar tomonidan dunyoga keltirildi.Antik dunyo
sotsiologiyasining yuzaga kelishi hamda taraqqiyot tendentsiyalari xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda uni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin.
1. Eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi.Bu guruhga eramizdan oldingi XII asrda
yashab ijod etgan Gomerdan boshlab eramizdan oldingi VI asrgacha ijod qilgan Milet
(Kichik Osiyodagi eng yirik shahar) maktabi vakillari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen)
hamda Gretsiyaning turli shaharlarida yashab faoliyat yuritgan Ksenofan, pifagorning
sotsiologik qarashlarini kiritish mumkin
1
.
Eng kadimgi grek sotsiologiyasi mustaqil ijtimoiy nazariy tadqiqot predmeti sifatida
emas, balki aniq tabiiy fanlar (matematika, tabiatshunoslik) bergan ilk tadqiqot natijalari
bilan, ijtimoiy fanlar (Mifologiya, sanhat) borasida erishilgan tafakkur mahsullarining
uyg’unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan.
Milet filosoflarining to’ng’ich vakili FALES ning fikricha,jamiyat va tabiatning
asosi suv va suyuqlik tufayli ro’y beradi. Suv tufayli tarkib topgan hamma narsada jon
mavjuddir.Falesning "hamma narsada jon bor" g’oyasi jamiyatga insoniy yondashuvning
ilk kurtaklari shakllanishiga turtki bo’ldi.
Milet maktabining yana bir vakili Anaksimen esa olamning asosini tashkil etuvchi
dastlabki modda sifatida havoni ko’rsatadi. Uning fikricha, havoning tabiatda yig’ilishi
va siqilishi natijasida suv, tuproq, tosh va olovdan iborat zaruriy qismlar yuzaga keladi.
Havo insonning amal qilish makoni hisoblanadi va havosiz qolgan paytda har qanday
jism tarkibiy va mazmuniy o’zgarishga yuz tutadi.
Qadimgi grek sotsiologlari orasida (Somos shahrida tug’ilib, faoliyat yuritgan)
pifagor alohida O’rin tutadi.pifagor davrida turli arxaik diniy qarashlar O’rniga nisbatan
umumiyroq mohiyat kasb etuvchi xudolarga sig’inish taomilga kira boshladi. pifagor
nuqtai nazariga ko’ra, olam abadiy bo’lib, insondagi ruh mahlum muddatdan sO’ng
boshqa narsalarga kO’chadi.pifagorning tabiat va jamiyatdagi "jon"ning kO’chib yurishi
g’oyasi hamda atrof-muhitdagi jamiki narsalarning birligi va qarindoshligi dunyoni
O’zaro murosa muvozanatida saqlashga dahvat etuvchi sotsiologik qarashlar sifatida
insoniyat tarixida muayyan rolgp O’ynaydi.
2. Grek demokratiyasi ravnaqi davri sotsiologiyasi namoyondalari Geraklit
parmenid, Zenon, Empedokl, Anaksagor, protogor, Gorgiy va boshqalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|