butun Rim imperiyasidan tortib Ahamoniylar, Kushon va Sosoniylarning buyuk
imperiyalari amal qilgan davrda ham O’z tahsirini O’tkazib kelgan. SHarq sotsiologiyasi
maktabida Xitoy mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari alohida O’rin tutadi. Eramizdan
oldingi TSin va Xan davrlarida Xitoyda kuchli markazlashgan imperiyalar tarkib topdi.
Bu davr uchun xarakterli hol shundan iboratki, imperiyagacha bo’lgan
davrda amal
qilgan "Ixtilofdagi hukmdorlar" tarqoq mafkuralarning Xitoyni buyuk davlat darajasida
yuksalishiga xizmat qiluvchi yangi milliy g’oya bilan birlashuvi, yahni osmon obrazining
ilohiy ramz sifatida qabul qilinishi bo’ldi. Xitoy va butun SHarq mamlakatlariga xos
bo’lgan ramzlar ilohiyligiga ishonish esa kosmologiya g’oyasining qabul qilinishga turki
bo’ldi. Bu rasmiy mafkuraning mohiyati tabiat va jamiyat jarayonlariga osmon fehl-
atvoridan kelib chiqqan holda yondashish va baho berishga intilishdan iboratdir. Osmo-
niy tabiat dastavval osmon farzandi imperatorga xos bo’lib, u jamiyatda kechuvchi
ziddiyatlar, muammolarga ortiqcha aralashmaydi, bahzida esa ijtimoiy ziddiyatlar haddan
oshgan kezlarda bamisoli osmoniy O’t momaqaldiroq,
yoxud dovul singari ana shu
ixtilofiy hollarga keskin zarba berib turadi.
Xitoyda Konfutsiy ahloqiga binoan inson dunyo tartiboti tizimida favqulotda O’rin
tutishi, umumiy dunyo taqdiri uchun mashullik hissining cheksizligi targ’ib etilsa,
kosmologiya g’oyasida siyosat va kosmik ritm O’rtasida murosa O’rnatilishiga
asoslanadi.Xitoy siyosati "inson O’zi nima" deb emas,"inson davlat uchun nima" degan
savolga javob izlar edi.
Inson jamiyatda faqat O’z qobiliyatiga tayanib, qachon undan foydalanishlari
muddatini kutib yashashga mahkum etilgan edi. SHu boisdan ham Xitoyda davlat jamiki
jarayonlarni boshqaruvchi kuch sifatida jamiyatda har bir individning
ijtimoiy mavqeini
belgilab olish vazifasini O’tar edi.
Konfutsiy kishilarni jamiyatda egallab turgan O’rinlarini, ijtimoiy mavqelarini
O’zgartirishlariga qarshi turgan. U insonlar O’z ijtimoiy mavqelarini O’zgashtirish
yo’lida emas, balki shu mavqe mazmunini teran bilimlar bilan boyitishga chaqiradi.
Bilimlar kishiga nafaqat mahlumotli bo’lishi uchun, balki to’g’ri ish tutish uchun,
oqil hatti-harakatlar qilish uchun ham kerakdir.Konfutsiy SHarq mutafakkirlariga xos
xususiyatlarni namoyon etib, jamiyatda kishilar turli ijtimoiy tabaqalarda yashashlarini
mahqullagan holda,bu tabaqalar O’rtasida
doimo murosa, kelushuv bo’lishini,
ziddiyatlarga aslo yo’l qO’ymaslik zarurligini uqtiradi. Konfutsiy ijtimoiy taraqqiyot
davlatlararo va tabaqalararo kontsessus, yakdillik, hamfikrlilik amalga oshgandagina yuz
berishiga qathiy ishonadi.
Dostları ilə paylaş: