Soxibaxon ped texnologiya doc



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/122
tarix29.11.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#143073
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Tekshirishning maqsadi
nafaqat
ta`lim oluvchining bilim darajasi, sifati,
shuningdek, uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish
tizimidagi birinchi bosqich ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash
hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida ta`lim oluvchilar tomonidan avvalgi o'quv
yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Bu kabi
tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim (kurs) ni o'rganishga
kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli. Bilimlarni tekshirishning
ikkinchi
bosqichi
har bir mavzuni o'zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir.
Joriy
tekshirish
ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv dasturida belgilangan ayrim alohida
elementlarni o'zlashtirish darajasini tashhis qilish imkonini beradi. Mazkur
tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni o'rganishdir.
Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo'lib, ular o'quv materiali mazmuni,
murakkabligi, ta`lim oluvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
Oraliq tekshirish
bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning
uchinchi
bosqichi
sanalib, ta`lim oluvchilarning o'quv materialining muayyan bob yoki
bo'limlari bo'yicha o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash,
baholash shakli. Yangi mavzuni o'rganish bilan birga ta`lim oluvchilar avval
o'zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga
ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik
darajasini tashhis qilish imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa shakl va metodlari
bilan birga qo'llanilsagina ushbu tekshirish kutilgan samarani beradi. Tekshirishni
tashkil etishda

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə