НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 6-сон
304
sur’atlar bilan rivojlanishi va ko‘plab frazeolog mutaxassislarning yetishib chiqqanligi
bilan xarakterlanadi [2].
Hozirgi kunga qadar qator tillar, jumladan, ingliz, nemis, fransuz tillari doirasida
somatik iboralarni yoritish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilganligini ta’kidlash
lozim. Lekin til tizimlar yig’indisi hisoblanadiki, natijada u boshqa tillar bilan ham
qiyoslab o’rganilishi lozim. Nemis va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar
morfologik-sintaktik hamda leksik-semantik jihatdan chuqur qiyoslab o’rganilmagan
bo’lsada, bu borada amalga oshirilgan ishlar umuman mavjud emas deya olmaymiz.
Hozirgi o’zbek frazeografiyasida ko’p tilli qiyosiy va chog‘ishtirma lug’at -
“nemischa-ruscha-o’zbekcha frazeologik lug’at” yaratilgan. Bu asar nemis va o’zbek
tillarida yozilgan qisqacha so’z boshi, shartli qisqartmalar va lug’at qismlarini o’z ichiga
oladi. “O‘quv frazeologik lug‘atda berilgan har bir nemis tilidagi turg‘un so‘z birikmasi
avval o‘sha tilda talqin qilingan, so‘ngra uning o‘zbek va rus tillaridagi mos keluvchi
muqobil tarjimalari berilgan. Ayrim ko‘p ma’noli frazeologizmlarning ma’nosi har
uchala tilda ham berilgan.”[3].
Mazkur lug’atda somatik iboralarning soni ham salmoqli ekanligini ko’rishimiz
mumkin. “So’z boshi”da qayd qilinishicha, bu lug’atga uchala tilga doir bo’lgan 700 dan
ortiq turli xil tuzilishga ega bo’lgan turg’un so’z birikmalari kiritilgan. O’rganish natijalari
shuni ko’rsatdiki, shulardan 160 tasi (23%) somatik frazeologik birliklardir: der Arm (3),
das Auge (8), der Bart (2), das Bein (6), der Blut (1), die Brust (1), der Daumen (3), die
Faust (3), die Ferse (1), der Finger (6), der Fuß (6), das Genick (1), das Gesicht (2), das Haar
(5), der Hals (6), die Hand (13), die Haut (1), das Herz (12), die Kehle (1), das Knie (1), der
Kopf (21), die Leber (1), der Magen (1), der Mund/ das Maul (16), der Nagel (2), die Nase
(12), das Ohr (14), der Rücken (3), der Schoß (3), die Schulter (3), der Zahn (2).
Ikki tilning frazeologiyasini qiyoslash ahamiyatini yoritib berish uchun ushbu
sohani tadqiq etgan olimlar o'z tushunchalarini ilgari surganlar. Mazkur tushuncha
“konfrontativ frazeologiya” deb ataladi va Flaysher tomonidan quyidagicha ta’riflanadi:
“Uning vazifasi ikki yoki bir nechta tillarning frazeologik tizimlarini qiyosiy jihatdan
o’rganish hamda farqli va o’xshash jihatlarini ishlab chiqishdan iboratdir”. Demak,
bizning maqoladagi maqsadimiz nemis va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarning
o’xshash va farqli jihatlarni aniqlash, tadqiq qilishdan, shuningdek, bu orqali
frazeologizmlar bilan yaqinroq tanishishda shunchaki bir hissa qo’shishdan iboratdir.
Mazkur ish somatik frazeologizmlarga bag‘ishlanadi. Nemis tilidagi
große Augen
machen „
hayratlanmoq
“, jmdm. schöne Augen machen
„biror kishi bilan ko’z urishtirmoq“,
die Augen für immer schließen „
vafot etmoq
“, das Gesicht verlieren
„biror bir kutilmagan
qilmishidan keyin uyalib qolmoq, hurmatini yo’qotmoq, yuzi shuvut bo‘lmoq“,
Daumen/Däumchen drehen „
hech narsa qilmaslik va zerikmoq
“, kalte Füße bekommen/kriegen
„biror narsadan qattiq qayg’uga tushib yoki qo’rqib tashvishga tushmoq; qotib qolmoq“,
jmdm. werden die Knie weich
„kimningdir qattiq qo’rquvga tushishi“,
ein Haar in der Suppe
finden
„juda yaxshi narsani ham tanqid qilish va undan kamchilik topishga harakat
qilmoq; qildan qiyiq axtarmoq; tirnoq ostidan kir qidirmoq“ iboralari hamda o’zbek
tilidagi
mustaqil bo’lmoq, oyoqqa turmoq
(ww. sich auf eigene Füße stellen) „ortiq
boshqalarning moliyaviy ko’magiga muhtoj bo‘lmaslik“,
yuragi tushmoq
(ww. jmds. Herz
|