Specific pecularities of somatic phraseological units in german and uzbek languages


НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 6-сон



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix03.02.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#83396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SPECIFIC PECULARITIES OF SOMATIC PHRASEOLOGICAL UNITS IN GERMAN

НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 6-сон

 

305 



 

 

fällt  herunter)  „biror  kishini  to’satdan  qattiq  qo‘rqishi“, 



tepa  sochi  tik  bo’lmoq 

(ww.  jmds. 

Hinterkopfhaare  stellen  sich  auf)  „juda  jahli  chiqmoq“, 

barmogi’ini  tishlamoq,  barmog’ini 

tishlab  qolmoq

  (ww.  jmd.  beißt  seinen/ihren  Daumen)  „kimdir  o’zining  qilgan  ishidan 

afsuslanmoq“,   

eti  suyagiga  yopishgan

  (ww.  jmds.  Knochen  werden  dünner)  „kasallikdan 

zaif holga kelmoq, ozib ketmoq“, 

yuzi chidamadi, yuziga qaray olmaydi

 (w.w. jmdm. nicht ins 

Gesicht  sehen  können)  „uyat  hamda  pushaymonlikdan  nigohini  ko’tara  olmaslik“, 

tosh 

bag’ir

 (ww. jmd. hat eine steinerne Leber) „bag’ritosh odam“, 



qo’li og‘ir

 (ww. jmds. Hand 

ist  schwer)  „omadsiz,  ishi  yurishmaydigan“, 

beti  qalin,  beti  chidaydi

  (ww.  jmd.  dessen 

Gesicht  dick  ist)  „biror  kishining  uyalmasligi“    kabi  frazeologik  birliklarning  ko’plab 

umumiy  jihatlari  mavjud:  1)  Ularning  tarkibiy  qismlarini    „das  Auge“  (ko‘z),  „das 

Gesicht“  (yuz),  „der  Daumen“  (boshmaldoq),  „der  Fuß“  (oyoq),  „das  Knie“  (tizza),  „das 

Haar“  (soch),  „das  Herz“  (yurak),  „die  Hand“  (qo‘l),  „die  Leber“  (jigar)  kabi  inson  tana 

a’zolari  tashkil  etadi;  2)  Ularda  ko’chma  mazmun  mavjud;  3)  Ular  bir  nechta  so’zlardan 

iborat; 4) Bu birikmalar faqat mazkur holat uchun tuzilmagan, balki bu yerda insonlarga 

ma’lum bo’lgan so’zlar kombinatsiyasi haqida gap bormoqda.  

Bunday  xususiyatlarga  ega  leksik  ifoda  birliklari  somatik  frazeologizmlar  deb 

ataladi.  Nemis  tilidagi 

jmdm.  auf  der  Nase  herumtanzen 

iborasi    biror  kishining  burnining 

ustida  raqs  tushmoq  degan  ma’noni  anglatmaydi,  balki  biz  ushbu  ifodani  „biror  kishi 

boshqa  bir  kishiga  uning  soddaligidan  foydalanib,  nimaiki  xohlasa,  shuni  qilmoq“  kabi 

ko’chma ma’noda tushunamiz. O’zbek tilidagi „

beti qalin“, „beti yo’q“ 

frazeologik birliklari 

esa kimningdir beti qalinligi yoki biror bir kishining yuzi  mavjud emasligini emas, balki 

„uyati,  or-nomusi  yo’q“  hamda  „gap  yuqtirmaydigan,  surbet,  tepsa  tebranmas“  kabi 

ma’nolarni bildiradi.   

Raixshtayn o’z asarida shunday fikr bildirgan: „Birgina tana a‘zolari nomlari yuqori 

darajadagi  ifoda  samaradorligini  ko’rsatadi,  ko’p  tillarda  muqobil  variantlari  mavjuddir, 

bundan  tashqari,  ular  ma’lum  bir  xususiyatlar  bilan  bog‘langan  bo’ladi:  bosh  aql  bilan, 

yurak hissiyotlar bilan, og’iz va til nutq bilan, qo’l amaliy fiziologik faoliyat bilan“. 

Fo‘ldez  o’z  tadqiqotlarida  shunga  ishora  qiladi:  „Somatik  frazeologik  birliklar 

odatda  emotsional  va  milliy  o’ziga  xosliklarni,  shuningdek,  insonlarning  turli 

harakatlarini  ifoda  etishga  xizmat  qiladi  va  tana  tilining  an’anaviy  simvolikasi  hamda 

mahalliy, 

keng 


tarqalgan 

urf-odatlar, 

marosimlarni 

o’zida 


mujassam 

etadi. 


Frazeologizmlar  madaniy-tarixiy  aloqalarni  targ’ib  qiluvchi  vositalar  sifatida  namoyon 

bo‘ladi.  Ular  madaniy  o’ziga  xos  rivojlanishlarni,  tarixiy  o’zgarishlarni,  folklor 

bo’yoqdorlikni o’zida aks ettiradi va tilga ifoda quvvati, tasviriylik,  jonlanish baxsh etadi 

hamda bu orqali tilning o’ziga xos xususiyatlarini yuzaga keltiradi“.  

Quyida  men  o’z  ishimni  nima  uchun  nemis  va  o’zbek  tillaridagi  somatik 

frazeologizmlarning  qiyosiy  tahlili  tadqiqiga  bagi’shlaganimning  sabablarini  keltirib 

o’taman: 

1)  Somatik  frazeologizmlar  har  ikki  tilda  ham  muhim  o’rin  tutadi.  Ular  har  ikki 

tilda ham keng qamrovli guruhga kiradi. Ularning miqdori haqiqatda ham ko’p. Nemis va 

o’zbek  tillarida  somatizmlar  yuqori  samaradorlikka  egadir.  Har  ikki  tilning  frazeologik 

luga’tlaridan  bir  yarim  mingdan  ko’proq  somatizmlar  to’plandi  va  ularning  keng 

qamrovli chog’ishtirma tahlili olib borilmoqda.  





Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə