Specific pecularities of somatic phraseological units in german and uzbek languages


НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 6-сон



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix03.02.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#83396
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SPECIFIC PECULARITIES OF SOMATIC PHRASEOLOGICAL UNITS IN GERMAN

НамДУ илмий ахборотномаси - Научный вестник НамГУ 2019 йил 6-сон

 

307 



 

 

yasalgan 



Stein und Bein schwören

 iborasi qasamyod qilayotgan kishining Ilohiy shaxsning 

oyog’ini hamda Mehrob toshini ushlab turishini anglatgan.  

Hand aufs Herz!

 iborasi o’rta asrlardagi qasamyod qilish ramzi bilan bog’liq bo’lib, 

bunda yurak bilan bog’lanish uchun o’ng qo’l ko’krakning chap tomoniga qo’yiladi.  

Kopf und Kragen 

juft so’zi o’rta asrlardagi huquqiy sohaga oid bo’lib, undagi 



Kragen

  

so’zi   



„bo’yin“

  yoki 


„ensa“

  so‘zlarining  qadimgi  nomlanishidir.    „



Bo’yin“ 

va  „


bosh“ 

qadimda qatl jarayonlarida eng ko’p qilichga duch keladigan tana a’zolari hisoblanganligi 

bois  ushbu  iborada  ask  etgan.    Turli  variantlarda 

Kopf  und  Kragen 

iborasi  o‘rnida  „Hals“ 

so’zi ham  qo’llanilishi mumkin. 

Nemis  xalq  og’zaki  ijodi  va  e‘tiqodida 



seine  Nase  gefällt  mir  nicht

    iborasi    bir 

insonning  tashqi  ko’rinishidan  uning  xulq-atvori  hamda  hislatlarini  bilish  mumkinligni 

bildiradi.  Maqolga  ko’ra  go’yoki  burunga  qarab  yigitning  qandayligini  bilsa  bo’ladi.  

Paracelsusning  ta’kidlaydiki,  qirra  burun  quvnoq  va  ayyor  odamlarning,  to’mtoq  burun 

esa yolg’onchi, badjahl va nopok insonlarning ramzidir.  

 „

Hand  und  Fuß  haben“

  iborasining  yasalishida  insonning  fiziologik  harakatdagi 

to‘kisligi  diqqat  markazida  turadi.  Tananing  bu  qismlari  ishga  layoqatli  hamda 

maslashuvchandir.  O’ng  qo’l  hamda  chap  oyoqdan  ajralish  qadimda  erkak  kishining 

umuman  ishga  yaqoqsizligini  anglatgan,  chunki  u  na  qilich  tuta  olgan  va  na  otda  yura 

olgan. Shu sababli jazoning bu turi, ko’pincha o’lim jazosi o’rnida qo’llanilgan. 16 asrdan 

buyon bu ibora moslashuvchanlik ma’nosida qo’llanilib kelinadi.  

O’zbek  tilidagi  iboralarning  aksariyat  qismi  xalqning  uzoq  o’tmish  davomidagi 

faoliyat  turlari  bilan  bog’liqdir,  chunki  o’zbek  xalqi  o’z  o’tmishi  davomida  turli  xil 

iqtisodiy, tarixiy hamda siyosiy shart-sharoitlarda yashagan. O’zbek tilidagi 



mol boshi

 „qiz 


kelin  bo’lib  ketayotganda  unga  unga  ota-onasi  tomonidan  beriladigan  mol“, 

to’rt  tuyoq

 

„to’rt  tuyoqli  hayvon“,  tuyog’ingni  shiqillat  „jo’nab  qol,  yo’qol  ket“ 



asov  bosh

  

„minilmagan  ot“, 



quloqlarini  ding  qilmoq

  „diqqat  bilan  tinglamoq“, 



bo’tako’z

  „ko’zlari 

chiqoyli  bo’lgan  ayol  kishi,  shaxlo  ko‘zli“, 

oyog’iga  tushdi

  „oqsayapti“  kabi  frazeologik 

birliklar chorvachilikka oid.  

Og’zi tegdi 

“yeyish, ichishga muyassar bo’ldi”, 



yuragiga tegmoq 

„biror narsadan juda 

ko’p  miqdorda  yeyish  natijasida,  ko’ngliga  tegmoq  va  ortiq  yeyishni  hohlamaslik“, 

og’zining  suvi  keldi

  „biror  narsani  ko’rib  juda  havasi  keldi,  yegisi  yoki  ichgisi  keldi“, 



qo’li 

shirin

 „biror taomni juda mazali qilib tayyorlay oladigan kishi“ kabi iboralar oziq-ovqat va 

ichimliklar sohasiga tegishli. 

Og’iz  ochmoq

  „shom  paytida  biror  narsa  iste’mol  qilmoq,  ro’zani  ochmoq“, 



og’zi 

ochiq 

“ro’za tutmagan kishi, ko’za”, 



ko’z tegmoq

  „kimningdir yomon ko’z bilan, suqlanib 

qarashi  natijasida  og’rib  qolmoq,  ziyon  yetmoq“, 

yuragi  tushmoq

  „to’satdan  juda  qattiq 

qo‘rqmoq“, 

yuragini  ko’tarmoq

  „qo’rquvni  yo‘qotmoq“,



  chap  yonboshi  bilan  turmoq 

 

„ertalabdan  yomon kayfiyatda  bo‘lmoq“, 



qo’lini  halollamoq

  „sunnat  qilmoq“  kabi  iboralar 

esa  o’zbek  xalqining  diniy  e’tiqodi  va  tushunchalari  negizida  yuzaga  kelgan.  Bu  kabi 

frazeologizmlarning nemis tilida muqobil variantlari mavjud emas.  

Muayyan madaniy jihatlar bilan bog’liq bolgan 

bo’tako’z 

(nemis tilida: kameläugig) 

misolini  tahlil  qilsak,  u  madaniy  o’ziga  xos  o’xshashlikka  asoslanganligini  hamda  ayol 

kishilarda  ko’zlarning  go’zalligini  anglatadi.  Agar  biz  bu  ifodani  boshqa  bir  madaniy 





Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə