Standartlari


BHXS (IAS) 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari”



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

BHXS (IAS) 21 “Valyuta kurslaridagi o’zgarishlarning ta’sirlari” 

Tashkilot  ikki  usulda  xorijdagi  bo’linmalarni  amalga  oshirishi  mumkin.  U 

xorijiy  valyutalardagi  operatsiyalarni  amalga  oshirishi  mumkin  yoki  u  xorijdagi 

bo’linmaga  ega  bo’lishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  tashkilot  o’z  moliyaviy 

hisobotlarini  xorijiy  valyutada  taqdim  etishi  mumkin.  Mazkur  standartning  maqsadi 

xorijiy valyutalardagi operatsiyalarni va xorijdagi bo’linmani qanday qilib moliyaviy 

hisobotlarda  aks  ettirishni  hamda  moliyaviy  hisobotlarni  taqdim  qilish  valyutasiga 

qanday o’tkazishni belgilashdan iboratdir. 

Asosiy  masalalar  –  qaysi  valyuta  kurs(lar)idan  foydalanish  va  moliyaviy 

hisobotlarda  valyuta  kurslaridagi  o’zgarishlar  ta’sirlarini  qanday  qilib  taqdim  etish 

hisoblanadi. 

Mazkur Standart quyidagi holatlarda qo’llanilishi lozim: 

(a) 


xorijiy  valyutalardagi  operatsiyalarni  va  qoldiqlarni  hisobga  olishda, 

bunda  MHXS  9  «



Moliyaviy  instrumentlar»

  ning  qo’llash  doirasidagi  derivativ 

operatsiyalar va qoldiqlardan tashqari; 

(b) 


jamlash  yoki  ulushi  bo’yicha  hisobga  olish  usuli  orqali  tashkilotning 

moliyaviy  hisobotlarida  aks  ettirilgan  xorijdagi  bo’linmaning  faoliyat  natijalarini  va 

moliyaviy holatini bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazishda; va 

(v) 


tashkilotning  faoliyat  natijalarini  va  moliyaviy  holatini  taqdim  qilish 

valyutasiga o’tkazishda. 

Tashkilot faoliyat yuritadigan asosiy iqtisodiy muhit bo’lib odatda u asosan pul 

mablag’ini  ishlab  topadigan  va  xarajat  qiladigan  muhit  hisoblanadi.  Tashkilot 

o’zining funktsional valyutasini aniqlashda quyidagi omillarni inobatga oladi:  

(a) 


valyuta, qaysiki: 

asosan  tovarlar  va  xizmatlarning  sotish  narxlariga  ta’sir  qiladi  (bu  ko’p 



hollarda  uning  tovarlari  va  xizmatlarining  sotish  narxlari  belgilanadigan  va  hisob-

kitob qilinadigan valyuta bo’ladi); va 

asosan  raqobat  shartlari  va  me’yoriy  bazalari  uning  tovarlari  va 




 

 

53 



 

xizmatlarining sotish narxlarini aniqlaydigan mamlakatning valyutasi. 

(b) 

tovarlar  yoki  xizmatlarni  ta’minlashda  asosan  ishchi  kuchi,  xom-ashyo 



va  boshqa  xarajatlarga  ta’sir  qiladigan  valyuta  (bu  ko’p  hollarda  bunday  xarajatlar 

belgilanadigan va hisob-kitob qilinadigan valyuta bo’ladi). 

Quyidagi  omillar  ham  tashkilotning  funktsional  valyutasining  dalilini 

ta’minlashi mumkin:  

(a)  moliyalashtirish  faoliyatlaridan  (ya’ni,  qarz  va  kapital  instrumentlar 

chiqarish) fondlar hosil qilinadigan valyuta. 

(b)  operatsion faoliyatlaridan tushumlar odatda saqlanadigan valyuta. 

Tashkilot  xorijdagi  bo’linmadan  olinadigan  yoki  unga  to’lanadigan  monetar 

moddaga  ega  bo’lishi  mumkin.  Hisob-kitob  qilinishi  yaqin  kelajakda  na 

rejalashtirilgan va na sodir bo’lish ehtimoli mavjud modda, mohiyatan, tashkilotning 

ushbu  xorijdagi  bo’linmaga  sof  investitsiyasining  qismi  bo’ladi.  Bunday  monetar 

moddalar  uzoq  muddatli  debitorlik  qarzlarini  yoki  kreditlarni  o’z  ichiga  olishi 

mumkin. Ular savdo bo’yicha debitorlik qarzlarini va kreditorlik qarzlarini o’z ichiga 

olmaydi.  

Monetar  moddaning  asosiy  jihati  bu  valyuta  birliklarining  o’zgarmas  yoki 

aniqlanadigan  summasini  olish  huquqidir  (yoki  yetkazib  berish  majburiyatidir). 

Misollar  quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi:  pul  mablag’ida  to’lanadigan  nafaqalar  va 

boshqa xodimlarning daromadlari ; pul mablag’ida hisob-kitob qilinadigan rezervlar; 

majburiyat  sifatida  tan  olingan  pul  mablag’idagi  dividendlar.  Xuddi  shuningdek, 

olinadigan  (yoki  yetkazib  beriladigan)  haqqoniy  qiymat  valyuta  birliklarining 

o’zgarmas  yoki  aniqlanadigan  summasiga  teng  bo’lgan  holatdagi  tashkilotning 

ulushli  instrumentlarining  o’zgaruvchan  summasini  yoki  aktivlarning  o’zgaruvchan 

qiymatini  olish  (yoki  yetkazib  berish)  shartnomasi  –  monetar  modda  hisoblanadi. 

Aksincha,  nomonetar  moddaning  asosiy  jihati  bu  valyuta  birliklarining  o’zgarmas 

yoki 

aniqlanadigan 



summasini 

olish 


huquqining 

(yoki 


yetkazib 

berish 


majburiyatining)  mavjud  bo’lmasligidir.  Misollar  quyidagilarni  o’z  ichiga  oladi: 

tovarlar va xizmatlar uchun oldindan to’langan qiymatlar (masalan, ijara bo’naklari); 

gudvill;  nomoddiy  aktivlar;  tovar-moddiy  zahiralar;  asosiy  vositalar;  va  nomonetar 

aktivni yetkazib berish orqali hisob-kitob qilinadigan rezervlar. 

Xorijiy valyutadagi operatsiya xorijiy valyutada belgilangan yoki hisob-kitobni 

talab  etadigan  operatsiyadir,  jumladan  tashkilot  quyidagilarni  amalga  oshirganda 

yuzaga keladigan operatsiyalardir:  

(a) 


narxi  xorijiy  valyutada  belgilangan  tovarlar  yoki  xizmatlarni  sotib  olish 

yoki sotish; 

(b) 

to’lanadigan  yoki  olinadigan  qiymatlar  xorijiy  valyutada  belgilangan 



holda, pul mablag’larini qarzga olish yoki qarzga berish; yoki 

(v) 


boshqa hollarda xorijiy valyutada belgilangan aktivlarni xarid qilish yoki 

chiqib ketishi, yoki majburiyatlarni hosil qilish yoki hisob-kitob qilish. 

Xorijiy  valyutadagi  operatsiya,  funktsional  valyutada  dastlabki  tan  olinishida, 

xorijiy  valyutadagi  qiymatga  operatsiya  sanasidagi  funktsional  valyuta  bilan  xorijiy 

valyuta o’rtasidagi spot valyuta kursini qo’llagan holda qayd qilinishi lozim. 

Operatsiya sanasi operatsiya MHXSlarga muvofiq dastlabki tan olish mezonini 




 

 

54 



 

qanoatlantirgan  sanadir.  Amaliy  sabablar  uchun,  operatsiya  sanasidagi  kursga 

yaqinroq kurs ko’p hollarda foydalaniladi, masalan, hafta yoki oy uchun o’rtacha kurs 

ushbu  davr  mobaynida  sodir  bo’ladigan  har  bir  xorijiy  valyutadagi  barcha 

operatsiyalar uchun foydalanilishi mumkin. Biroq, agarda valyuta kurslari ahamiyatli 

tarzda tebransa, davr uchun o’rtacha o’rtacha kursdan foydalanish noo’rin bo’ladi. 

Har bir hisobot davri oxirida:  

(a) 


xorijiy  valyutadagi  monetar  moddalar oxirgi kursdan  foydalangan  holda 

bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazilishi lozim; 

(b) 

xorijiy  valyutada  boshlang’ich  qiymat  bo’yicha  hisoblangan  nomonetar 



moddalar  operatsiya  sanasidagi  valyuta  kursidan  foydalangan  holda  bir  valyutadan 

boshqa valyutaga o’tkazilishi lozim; va 

(v)xorijiy  valyutada  haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisoblangan  nomonetar 

moddalar  haqqoniy  qiymat  baholangan  sanasidagi  valyuta  kurslaridan  foydalangan 

holda bir valyutadan boshqa valyutaga o’tkazilishi lozim. 

Monetar  moddalarning  hisob-kitobidan  yoki  monetar  moddalarni  davr 

mobaynida yoki oldingi moliyaviy hisobotlarda dastlabki tan olinishida foydalanilgan 

kurslardan  boshqa  kurslarda  bir  valyutadan  boshqa  valyutaga  o’tkazishda  yuzaga 

keladigan  kurs  farqlari  foyda  yoki  zararda  ular  yuzaga  kelgan  davrda  tan  olinishi 

lozim. 


Qachonki  nomonetar  modda  bo’yicha  foyda  yoki  zarar  boshqa  umumlashgan 

daromadda  tan  olinsa,  ushbu  foyda  yoki  zararning  har  qanday  valyuta  qismi  boshqa 

umumlashgan  daromadda  tan  olinishi  lozim.  Aksincha,  qachonki  nomonetar  modda 

bo’yicha foyda yoki zarar foyda yoki zararda tan olinsa, ushbu foyda yoki zararning 

har qanday valyuta qismi foyda yoki zararda tan olinishi lozim. 

Hisobot  beruvchi  tashkilotning  xorijdagi  bo’linmaga  sof  investitsiyasining 

qismini  tashkil  etadigan  monetar  moddadan  yuzaga  keladigan  kurs  farqlari, 

o’rinliligini  inobatga  olib,  hisobot  beruvchi  tashkilotning  alohida  moliyaviy 

hisobotlaridagi  yoki  xorijdagi  bo’linmaning  alohida  moliyaviy  hisobotlaridagi  foyda 

yoki  zararda  tan  olinishi  lozim.  Xorijdagi  bo’linma  va  hisobot  beruvchi  tashkilotni 

o’z ichiga olgan moliyaviy hisobotlarda (masalan, xorijdagi bo’linma sho’’ba bo’lgan 

holatdagi  jamlangan  moliyaviy  hisobotlar),  bunday  kurs  farqlari  dastlab  boshqa 

umumlashgan  daromadda  tan  olinishi  lozim  va  sof  investitsiyani  chiqib  ketishida 

kapitaldan foyda yoki zararda qayta tasniflanishi lozim.




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə