Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

“Aktivlarning  qadrsizlanishi” 

ga  muvofiq 

tekshiradi.  

Tadbirkorlik  sub’ekti  og’irlik  qiladigan  shartnomaga  ega  bo’lsa,  ushbu 

shartnoma  bo’yicha  hozirgi  paytda  mavjud  bo’lgan  majburiyat  rezerv  sifatida  tan 

olinishi va baholanishi kerak. 

Ko’pgina  shartnomalar  (masalan,  mol  yetkazib  berish  bo’yicha  ba’zi  odatdagi 

shartnomalar) boshqa tomonga jarima va penya to’lanmasdan bekor qilinishi mumkin, 

va,  binobarin,  majburiyat  mavjud  bo’lmaydi.  Boshqa  shartnomalar  bo’yicha  har  bir 

shartnoma  tomonining  huquqlari  va  majburiyatlari  belgilangan  bo’lishi  mumkin. 

Hodisalar  natijasida  bunday  shartnoma  og’irlik  qiladigan  shartnomaga  aylanganida, 

shartnoma  ushbu standartning qo’llash doirasida bo’ladi  va tan olinadigan  majburiyat 

mavjud  bo’ladi.  Og’irlik  qiladigan  oxirigacha  bajarilmagan  shartnomalar  ushbu 



 

 

171 



 

standartning qo’llash doirasidan tashqaridadir. 

Ushbu  standartda  og’irliq  qiladigan  shartnoma  u  bo’yicha  majburiyatlarni 

bajarish  uchun  muqarrar  amalga  oshirilishi  zarur  bo’lgan  xarajatlar  ushbu  shartnoma 

bo’yicha  olinishi  kutilayotgan  iqtisodiy  nafdan  oshib  ketadigan  shartnoma

 

sifatida 

ta’riflanadi.  Shartnoma  bo’yicha  muqarrar  amalga  oshirilishi  zarur  bo’lgan  xarajatlar 

shartnomadan chiqish uchun kerak bo’ladigan minimal sof xarajatlarni aks ettiradi. Bu 

minimal  xarajatlar  quyidagilardan  qaysi  birisi  kamroq  bo’lsa,  o’sha  summaga  teng 

bo’ladi:  shartnomani  bajarish  uchun  talab  etiladigan  xarajatlar  va  uni  bajarmaslik 

natijasida yuzaga keladigan har qanday kompensatsiyalar yoki jarimalar.  

Og’irlik  qiladigan  shartnoma  bo’yicha  alohida  rezerv  yaratilishidan  oldin, 

tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  shartnoma  uchun  ajratilgan  aktivlarning  har  qanday 

qadrsizlanishi bo’yicha zararni tan oladi (BHXS 36 ga qarang).  

Quyidagilar  restrukturizatsiya  ta’rifiga  to’g’ri  kelishi  mumkin  bo’lgan 

hodisalarga misollardir:  

(a)  biznes yo’nalishini sotish yoki tugatish; 

(b)  mamlakat  yoki  hudud  ichidagi  bo’linmalarni  yopish  yoki  tadbirkorlik 

faoliyatini bir mamlakatdan yoki hududdan boshqasiga ko’chirish; 

(c)  boshqarish  tuzilmasida  o’zgarishlar,  masalan,  boshqarishning  qandaydir 

pog’onasini olib tashlash; va 

(d)  tadbirkorlik  sub’ekti  operatsiyalarining  tabiatiga  va  yo’nalishiga  ahamiyatli 

darajada ta’sir qiladigan fundamental qayta tashkil etishlar. 

Restrukturizatsiya  qilish bo’yicha konstruktiv  majburiyat  faqatgina  tadbirkorlik 

sub’ekti quyidagilarni bajarganida paydo bo’ladi:  

(a) 


minimal  ravishda  quyidagilarni  aniqlaydigan  batafsil  rasmiy  rejaga  ega 

bo’lganida: 

restrukturizatsiya qilinadigan biznes yoki biznesning bir qismi; 



restrukturizatsiya ta’sir qiladigan asosiy joylar; 

xizmatlaridan 



voz 

kechilishi 

uchun 

kompensatsiya 



qilinadigan 

xodimlarning joylashishi, vazifalari va taxminiy soni; 

amalga oshiriladigan xarajatlar; va 



reja amalga oshirilishi payti; va 

(b) 

restrukturizatsiya  ta’sir  qiladigan  tomonlarda  u  restrukturizatsiyani 



amalga  oshirishi  yuzasidan  asosli  kutishni  restrukturizatsiya  rejasini  bajarishni 

boshlash yoki uning asosiy jihatlarini e’lon qilish orqali to’g’dirganida.  

Tadbirkorlik  sub’ekti  restrukturizatsiya  rejasini  boshlaganining  dalilini, 

masalan,  asbob-uskunani  demontaj  qilish  yoki  aktivlarni  sotish  yoki  ushbu  rejaning 

asosiy  jihatlarini  e’lon  qilish  orqali  ta’minlaydi.  Restrukturizatsiya  qilish  bo’yicha 

batafsil  rejani  e’lon  qilish  restrukturizatsiya  bo’yicha  konstruktiv  majburiyatni  hosil 

qiladi,  agar  faqatgina  tadbirkorlik  sub’ekti  u  restrukturizatsiyani  amalga  oshirishi 

yuzasidan  xaridorlar,  mol  yetkazib  beruvchilar  va  xodimlar  (yoki  ularning  vakillari) 

kabi  boshqa  tomonlarda  asosli  kutishni  to’g’diradigan  tarzda  va  yetarlicha  batafsil 

ravishda (ya’ni rejaning asosiy jihatlarini belgilab) qilingan bo’lsa. 

Reja u ta’sir qiladigan tomonlarga ma’lum qilinganida konstruktiv majburiyatni 

keltirib  chiqarish  uchun  yetarli  bo’lishi  uchun  uning  imkoni  boricha  tezroq  bajarib 

boshlanishi  kerak  va  rejaga  katta  o’zgarishlar  kiritilishi  ehtimolini  yo’qqa 



 

 

172 



 

chiqaradigan  muddatda  tugallanishi  kerak.  Agar  restrukturizatsiya  davomli 

kechiktirish  bilan  boshlanishi  yoki  restrukturizatsiya  haddan  tashqari  uzoq  vaqt 

davomida  amalga  oshirilishi  kutilsa,  reja  tadbirkorlik  sub’ekti  hozirgi  paytda 

restrukturizatsiyani  amalga  oshirishi  bo’yicha  majburiyatni  o’z  zimmasiga  olgani 

to’g’risida boshqa tomonlarda asosli kutishni to’g’dirishi ehtimoldan  uzoqdir, chunki 

vaqt muddati tadbirkorlik sub’ektiga o’z rejalarini o’zgartirishiga imkoniyat beradi. 

Rahbariyat  yoki  kengashning  restrukturizatsiyani  amalga  oshirish  to’g’risida 

hisobot  davri  oxirigacha  qabul  qilingan  qarori  hisobot  davri  oxirida  konstruktiv 

majburiyatni keltirib chiqarmaydi, agar tadbirkorlik sub’ekti hisobot davri oxirigacha:  

(a) 

restrukturizatsiya bo’yicha rejani bajarishni boshlamagan; yoki  



(b) 

restrukturizatsiya bo’yicha rejaning asosiy jihatlarini tadbirkorlik sub’ekti 

restrukturizatsiyani amalga oshirishi  yuzasidan  ushbu reja ta’sir qiladigan tomonlarda 

asosli kutish to’g’dirish uchun yetarlicha aniq ravishda ularga e’lon qilgan bo’lsa. 

Agar 

tadbirkorlik 



sub’ekti  faqatgina  hisobot  davri  oxiridan  keyin 

restrukturizatsiya  bo’yicha  rejani  bajarishni  boshlasa  yoki  uning  asosiy  jihatlarini  u 

ta’sir qiladigan tomonlarga e’lon qilgan bo’lsa, BHXS 10 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə