Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1-misol. 

A  futbol komandasi  B  futbol komandasi hujumchisni (forvard) 45000 sh.b. ga 

sotib  oldi.  O’yinchi  A  futbol  komandasi  bilan  3  yilga  shaxsiy  shartnoma  tuzdi. 

Shartnomada  uning  ish  xaqi,  mukofoti,  boshqa  javobgarlik  va  majburiyatlari 

keltirilgan. 

Shartnomada  o’yinchining  mahorati  va  o’ynash  tartiblari  ko’rib  chiqilganligi 

sababli  A  futbol  klubi  o’yinchining  keltiradigan  foydasidan  kelib  chiqib,  3  yillik 

shartnomani nomoddiy aktiv sifatida tan oladi. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  mijozlar  portfeliga  yoki  bozor  ulushiga  ega  bo’lishi 

mumkin va tadbirkorlik sub’ekti, mijoz bilan  aloqalarni va ularning sodiqligini hosil 

qilish  harakatlari  tufayli,  mijozlar  tadbirkorlik  sub’ekti  bilan  savdo  olib  borishni 

davom  ettirishini  kutishi  mumkin.  Biroq,  himoya  qilishning  yuridik  huquqlari  yoki 

nazoratning  boshqa  yo’llari,  mijozlar  bilan  aloqalar  yoki  tadbirkorlik  sub’ektiga 

mijozlarning  sodiqligi  mavjud  bo’lmaganda,  tadbirkorlik  sub’ekti  nomoddiy  aktiv 

ta’rifini  qanoatlantiradigan  darajada  mijoz  aloqalaridan  va  sodiqligidan  (masalan, 

mijozlar portfeli, bozor ulushlari, mijoz bilan aloqalar va sodiqlik) keladigan kutilgan 

iqtisodiy manfaatlar ustidan yetarlicha nazoratga ega emas. Mijoz aloqalarini himoya 

qilishning  yuridik  huquqlari  mavjud  bo’lmaganda,  bir  xil  yoki  o’xshash 

noshartnomaviy  mijoz  aloqalari  (biznes  birlashuvi  qismidan  tashqari)  bo’yicha 

ayirboshlash  operatsiyalari  shuni  tasdiqlaydiki,  tadbirkorlik  sub’ekti  bunga 

qaramasdan,  mijoz  bilan  aloqalardan  oqib  keladigan  kutilayotgan  kelgusi  iqtisodiy 

manfaatlarni  nazorat  qila  oladi.  Chunki  bunday  ayirboshlash  operatsiyalari  yana 




 

 

111 



 

shuni  tasdiqlaydiki,  mijoz  bilan  aloqalar  ajraladigan,  hamda  ushbu  mijoz  bilan 

aloqalar nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantiradi. 

Nomoddiy  aktivdan  kelib  tushadign  kelgusi  iqtisodiy  manfaatlar  tovarlar  yoki 

xizmatlar  sotuvidan,  xarajat  tejashlaridan  yoki  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan 

aktivdan  foydalanishdan  yuzaga  keladigan  boshqa  daromadlarni  qamrab  olishi 

mumkin.  Masalan,  ishlab  chiqarish  jarayonida  intellektual  mulkdan  foydalanish 

kelgusi  daromadlarni  ko’paytirmagan  holda  kelgusi  ishlab  chiqarish  harajatlarni 

kamaytirishi mumkin. 

Moddani  nomoddiy  aktiv  sifatida  tan  olish  tadbirkorlik  sub’ektidan  modda 

quyidagilarni qanoatlantirishini namoyish etishini talab etadi:  

(a) 


nomoddiy aktiv ta’rifini; va 

(b) 


tan olish mezonlarini. 

Ushbu  talab  nomoddiy  aktivni  sotib  olishda  yoki  ichki  yaratishda  sarflangan 

hamda  qismni  qo’shish,  almashtirish  yoki  unga  xizmat  ko’rsatishda  sarflangan 

harajatlarga nisbatan qo’llaniladi. 

Nomoddiy  aktivlarning  xususiyati  shundaki,  ko’p  hollarda,  ularga  qo’shimcha 

qilinadigan  aktiv  yoki  almashtiriladigan  qism  bo’lmaydi.  Demak,  keyingi 

harajatlarning  ko’pchiligi  ushbu  Standartdagi  nomoddiy  aktivning  ta’rifini  va  tan 

olish  mezonini  qanoatlantirish  o’rniga  amaldagi  nomoddiy  aktivda  mujassamlangan 

kutilgan  kelgusi  iqtisodiy  manfaatlarni  saqlashi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  odatda 

keyingi  harajatlarni  bevosita  butun  biznesga  nisbatan  ma’lum  nomoddiy  aktivga 

tegishli  ekanligini  aniqlash  qiyinroqdir.  Shu  tufayli,  faqat  kamdan-kam  hollarda 

keyingi  xarajatlar  –  sotib  olingan  nomoddiy  aktivning  dastlabki  tan  olingandan  yoki 

ichki yaratilgan nomoddiy aktiv tugagandan keyingi sarflangan xarajatlar – aktivning 

balans  qiymatida  tan  olinadi.  (tashqi  sotib  olingan  yoki  ichki  yaratilgan  bo’lishiga 

qaramasdan) brendlar, titul nomlari, nashr nomlari, mijozlar ro’yxatlari va mohiyatan 

o’xshash  moddalar  bo’yicha  keyingi  xarajatlar  sarflanganda  doimo  foyda  yoki 

zararda  tan  olinadi.  Bunga  sabab  shuki,  bunday  xarajatlar  butun  biznesni 

rivojlantirishga yo’naltiriladigan xarajatlardan farqlana olinmaydi.  

Nomoddiy aktiv tan olinishi lozim, faqatgina agarda:  

(a) 


tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan    nomoddiy  aktiv  bilan  bog’liq  kelgusi 

iqtisodiy manfaatlar olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va 

(b) 

aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa. 



Aktivning  foydali  xizmat  muddati  davomida  mavjud  bo’ladigan  iqtisodiy 

sharoitlar  majmui  bo’yicha  rahbariyatning  eng  yaxshi  baholashini  aks  ettiradigan 

oqilona va tasdiqlovchi farazlardan foydalangan holda, tadbirkorlik sub’ekti kutilgan 

kelgusi iqtisodiy manfaatlarning ehtimolini baholashi lozim. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  aktivdan  foydalanishdan  keladigan  kelgusi  iqtisodiy 

manfaatlar  oqimining  aniqlik  darajasini  baholashda  malakali  mulohaza  qilishdan 

foydalanadi,  bunda  dastlabki  tan  olish  paytida  mavjud  dalillarga,  ko’proq  tashqi 

dalillarga asoslanadi.  

Nomoddiy aktiv dastlab tannarxda baholanishi lozim. 

Odatda,  tadbirkorlik  sub’ekti  nomoddiy  aktivni  alohida  sotib  olishda 

to’laydigan  narx  aktivda  mujassamlangan  kutilayotgan  kelgusi  iqtisodiy 



 

 

112 



 

manfaatlarning  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  olinishi  ehtimoli  to’g’risidagi 

kutilishlarni  aks  ettiradi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  iqtisodiy  manfaatlar  oqimining 

vaqti  yoki summasi bo’yicha  noaniqlik  mavjud bo’lishidan qat’iy  nazar, tadbirkorlik 

sub’ekti iqtisodiy manfaatlar olinishini kutadi. Shu bilan birga, alohida sotib olingan 

nomoddiy aktivning tannarxi odatda ishonchli baholanadi. Xususan, bunday holat yuz 

beradi,  qachonki  aktivning  sotib  olinishida  o’rniga  beriladigan  tovon  pul  mablag’i 

yoki boshqa monetar aktivlar shaklida bo’lsa. 

Alohida sotib olingan nomoddiy aktivning tannarxi quyidagilarni qamrab oladi:  

(a) 


savdo chegirmalarini  va imtiyozlarini chegirgan holda, uning sotib olish 

narxini, jumladan import bojlari va qoplanmaydigan sotib olish soliqlarini; va 

(b) 

aktivdan  ko’zlangan  foydalanishga  tayyorlash  uchun  sarflangan  har 



qanday bevosita xarajatlar. 

Quyidagilar bevosita xarajatlarga misoldir:  

(a) 

aktivni  ishchi  holatiga  keltirish  bo’yicha  bevosita  yuzaga  keladigan 



xodimlarga to’lanadigan haq bo’yicha xarajatlar (MHXS 19 da ta’riflangandek); 

(b) 


aktivni  ishchi  holatiga  keltirish  bo’yicha  bevosita  yuzaga  keladigan 

professional haqlar; va 

(c) 

aktiv to’g’ri ishlayotganligini tekshirish bo’yicha xarajatlar. 



Quyidagilar  nomoddiy  aktivning  tannarxida  hisobga  olinmaydigan  sarflarga 

misoldir:  

(a) 

yangi mahsulotning yoki xizmatning namoyish xarajatlari (shu jumladan, 



reklamaga va sotish bo’yicha choralarga xarajatlar); 

(b) 


yangi  joyda  yoki  yangi  mijozlar  bilan  biznesni  amalga  oshirish 

xarajatlari (jumladan xodimlar uchun trening xarajatlari); va 

(v) 

ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar. 



Nomoddiy  aktivning  balans  qiymatida  xarajatlarni  tan  olish  to’xtatiladi, 

qachonki  nomoddiy  aktiv  rahbariyat  ko’zlagandek  ishlay  oladigan  holatga 

keltirilganda.  Shu  tufayli,  nomoddiy  aktivdan  foydalanish  yoki  uni  boshqa  joyga 

ko’chirish  bilan  bog’liq  xarajatlar  uning  balans  qiymatiga  kiritilmaydi.  Masalan, 

quyidagi xarajatlar nomoddiy aktivning balans qiymatiga kiritilmaydi:  

(a) 


nomoddiy  aktiv  rahbariyat  ko’zlagandek  ishlay  oladigan  holatga 

keltirilgan, lekin foydalanilmagan paytda sarflangan xarajatlar; va 

(b) 

aktivning  mahsulotiga  talab  shakllanayotgan  davrdagi  zararlar  kabi 



dastlab ko’rilgan operatsion zararlar. 

Ayrim  operatsiyalar  nomoddiy  aktivni  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish 

bilan  bog’liq  holda  sodir  bo’ladi,  ammo  ular  nomoddiy  aktivni  rahbariyat 

ko’zlagandek  ishlay  oladigan  holatga  keltirish  uchun  zarur  emas.  Ushbu  ikkinchi 

darajali  operatsiyalar  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqishdan  oldin  yoki  tajriba-

konstruktorlik  ishlab  chiqish  davomida  sodir  bo’lishi  mumkin.  Ikkinchi  darajali 

operatsiyalar aktivni  rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan  holatga keltirish  uchun 

zarur  bo’lmaganligi  tufayli,  ikkinchi  darajali  operatsiyalar  bo’yicha  daromadlar  va 

tegishli  xarajatlar  bevosita  foyda  yoki  zararda  tan  olinadi  va  ular  daromad  va 

xarajatning tegishli tasniflariga kiritiladi. 

Agarda  nomoddiy  aktiv  uchun  to’lov  odatiy  kredit  shartlari  doirasidan 



 

 

113 



 

tashqarida  kechiktirilsa,  uning  qiymati  pul  mablag’idagi  narx  ekvivalentiga  teng 

bo’ladi.  Mazkur  qiymat  bilan  jami  to’lovlar  orasidagi  farq  MHXS  23  “Qarzlar 

bo’yicha  xarajatlar”  ga  muvofiq  kapitalizatsiya  qilinmaguncha,  kredit  davri 

mobaynida foizli xarajat sifatida tan olinadi.  


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə