Стандартлаштириш



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#155045
  1   2   3
4 Ma\'ruza PJN



TOSHKENT 
2022 
MATERIALSHUNOSLIK
VA MASHINASOZLIK 
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT 
UNIVERSITETI 
PAYVANDLASH JARAYONLARINING NAZARIYASI 
Ma’ruzachi: “Materialshunoslik
va mashinasozlik” katta o’qituvchi Urazbayev Talg’at Tileubayevich 
 
Ma’ruza №4. 
Yoy oralig‘ida gazlarning ionizatsiyalanishi.
 
Elektronlar emissiyasi.
 


Yoy oralig‘ida gazlarning ionizatsiyalanishi

Elektr gaz zaryadsizlanishida gazlar zarb bilan urilishi, 
fotoionlashishi, issiqlik, elektr maydoni vositalarida ionlashishi 
mumkin. 

Zarb bilan ionlashishda elektrodning manfiy qutbi (katod)dan 
chiqqan elektronlar molekular gaz orqali musbat qutb (anod)ga 
qarab yorug‘lik tezligida harakatlanadi. Elektronlar o‘z harakatida 
gazning molekulalari va atomlari bilan to‘qnashib, ularning 
orbitalaridan elektronni urib chiqaradi va bunda musbat ionlar 
hosil qiladi. Elektrod sirtidan urib chiqarilgan elektronlar birlamchi 
elektronlar 
deb, 
neytral 
zarralar 
(atomlar) 
orbitalaridan 
urib chiqarilgan elektronlar ikkilamchi elektronlar deb ataladi.



Ikkilamchi elektronlar ham boshqa molekulalar va atomlarga zarbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin va uchlamchi deb ataluvchi elektronlarni 
hosil qilishi mumkin, bunday elektronlar kinetik energiyalarini 
yo‘qotganda 
neytral 
zarralar 
bilan 
manfiy 
ionlar 
hosil qilishi mumkin (manfiy ionlar kislorodda, azot oksidlarida, 
galoidlarda, suv bug‘larida va shunga o‘xshashlarda oson hosil 
bo‘ladi). Hosil bo‘lgan musbat va manfiy ionlar qarama-qarshi 
ishorali qutblarga qarab yurishga intiladi. Musbat ionlar manfiy 
ionlar yoki elektronlar bilan to‘qnashganda neytral molekulalar 
yoki 
atomlar 
hosil 
bo‘ladi 
(rekombinatsiya 
jarayoni). 



Ionlashadigan zarraning erkin elektron yoki neytral atom bilan 
to‘qnashishi elastik ham, noelastik ham bo‘lishi mumkin. Elastik 
zarbada kinetik energiya o‘zgarmaydi, noelastik zarbada kinetik 
energiyaning bir qismi ichki ishga – uyg‘onish yoki ionlashishga sarf 
bo‘ladi. 
Shuning 
uchun 
to‘qnashuvdan 
so‘ng 
zarraning 
energiyasi kamayadi. Zarba beruvchi (uriluvchi) zarraning kinetik 
energiyasi uyg‘otish yoki ionlash ishidan katta bo‘lgandagina 
zarra uyg‘onishi yoki ionlashishi mumkin.

Fotoionlashishda gaz oralig‘iga yorug‘lik energiyasi ta’sir qilganda 
gazning 
atomlari 
va 
molekulalari 
yorug‘lik 
kvantlarini 
(fotonlarni) yutib, elektr zaryadlangan zarralar – elektronlar yoki 
ionlar hosil qiladi. Gaz atomlari va molekulalarining yorug‘lik 
kvantlari yutish hisobiga elektr zaryadlangan zarralar hosil qilish 
jarayoni fotoionlashish deyiladi. Yorug‘lik kvantli energiyasi gaz 
molekulasining ionlash ishidan katta bo‘lganidagina fotoionlashish 
bo‘lishi mumkin
.



Issiqlikdan ionlashishda gazlarda yuqori haroratlar ta’sirida katta kinetik 
energiya zapaslariga ega bo‘lgan gaz zarralarining noelastik zarbalari 
natijasida elektr zaryadli zarralar hosil bo‘ladi. 2000 K ga yaqin haroratda 
gazlarda elektr zaryadlangan zarralarning hosil bo‘lishi anchagina sezilarli 
bo‘lib qoladi. Gazning termik ionlashish darajasi deganda hosil bo‘lgan 
elektr zaryadi zarralar sonining gazning ionlashishgacha bo‘lgan 
hajmidagi 
neytral 
zarralar 
umumiy 
miqdoriga 
bo‘lgan nisbati 
tushuniladi. Atmosfera bosimida gazning ionlashish darajasi harorat 
o‘zgarishi bilan o‘zgaradi (2.1.1-rasm) va ionlash potensialiga bog‘liq 
bo‘ladi. 

Payvandlash vaqtida yoy oralig‘ida birgina gaz emas, balki gaz 
va bug‘larning aralashmasi ham bo‘ladi, shuning uchun gaz va 
bug‘lar aralashmasiga kirgan har bir gazning ionlashishi alohida 
gazning 
ionlashishidan 
boshqacha 
o‘tadi. 
Gaz 
aralashmasining 
ionlashish darajasini aniqlash qulay bo‘lishi uchun «ionlash effektiv 
potensiali» tushunchasi kiritiladi. 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə