Stol tennisi o`yini texnikasi va taktikasi Ochiq raketka nakati (o’ng tomondan). O’ng tomondan top-spin Yopiq raketka podrezkasi



Yüklə 370,19 Kb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü370,19 Kb.
#150534
1   2   3   4   5   6   7
Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi

O’yin texnikasi


Koptokni raketka bilan urib qaytarishning ikki usuli bor. Birinchisi – raketkani yo’naltirish. Bu holda koptokning qanday harakatlanishini oldindan bilib bo’lmaydi. Bu usulni yangi o’yin boshlagan o’yinchilarning ko’pchiligi qo’llaydi. Ikkinchisi – koptokni aylantirish. Buning uchun koptokni raketkaning rezinasi bilan sirpantirib urib, aylanishga majbur qilish kerak. Aylanish turi raketka burchagi va koptokka tegish vaqtidagi harakat yo’nalishiga bog’liq. Koptok urishning bir necha turlari mavjud, asosiylari – nakat, podrezka va top- spin. Stol tennisida muvaffaqiyatga erishish uchun koptok urishning turli usullarini egallash va ularni koptokni aylantirishda qo’llay bilish kerak.






Ochiq raketka nakati (o’ng tomondan). O’ng tomondan top-spin


O’ng tomondan nakat hujumga o’tuvchi usullarning asosiylaridan biridir. Bu holda raketka tepaga va oldinga harakatlanadi va koptokning tepa yon qismiga uradi. Koptokka urish tartibi quyidagicha: oyoqlar elka kengligida, tizzalar biroz bukilgan. Chap oyoq bir oz oldinga qo’yilgan. Tana og’irligi ikkala oyoqqa bir maromda bo’lingan. Tananing tepa qismi stol tarafga bir oz chaproq egilgan, raketka ushlagan qo’l zarba uchun orqaga uzatilgan. Raketka ushlagan qo’l oyoqlar, raketka va yaqinlashib kelayotgan koptok teng tomonli uchburchak hosil qilganda harakatga keladi. Koptok stolga tegib, sakrab, eng baland nuqtaga etganida zarba beriladi va raketka ushlagan qo’l chapga-tepaga qaytadi. Raketka koptokka tekkanida qo’lning elkaoldi qismi koptokdan oldinga harakatlanadi. Raketka yoy shaklida harakatlanib, sekin-asta egilish burchagini o’zgartirib boradi va natijada koptokni tepadan aylantirish sodir bo’ladi. Qo’l kafti tezkor harakat bilan koptokni aylantiradi. Zarba berish vaqtida tana og’irligi chap oyoqqa o’tadi. Zarbadan so’ng tezda avvalgi holatga qaytish zarur.


Bu zarba usulining maqsadi koptokni tepadan kuchli aylantirishga erishishdir. U katta tezlikda bajariladi, shu sababli zarbani qaytarishda raqibga qiyinchilik tug’diradi. Birinchidan, koptokni stolga tegib, sakrashi har vaqt kutilmagan holdir. Ikkinchidan, raketka bilan qabul qilingan koptok ham bo’ysunmasligi mumkin, shu sababli uni kerakli yo’nalishda harakatlantirish juda va juda murakkab. Top-spinning yaxshi tarafi shundaki, aylantirib zarba berilgan koptok to’r ustidan baland uchib o’tadi va zarba bergan o’yinchiga ustunlik beradi.Top-spinni har doim qo’llash mumkin, deb hisoblanadi, lekin bunday emas. Top-spinda uzatilgan qo’l bilan keng va kuchli zarba beriladi. Harakat boshlanishida qo’lni tekislab olish raketka tezligini va zarbani qo’lning kaft va elkaoldi qismlari bilan kuchaytirish imkoniyatini beradi. Nakat zarbasidan farqli o’laroq, top-spinda qo’l harakati tepaga yo’naltiriladi, koptokka zarba berish sirpanma tarzda bo’ladi. Boshlang’ich holat: chap oyoq bir oz oldinga qo’yilgan, o’ng qo’l tekis holda o’ng tarafdan orqaga yo’nalgan. Tana zarbani kuchaytirish uchun o’ng tomonga burilgan. Tizzalar bukilgan, tana tinch holatda. Top-spin zarba tomoniga tezkor harakat qilish bilan boshlanadi. O’ng qo’l oldinga-chapga-balandga harakatlanadi. Tana og’irligini o’ng oyoqdan chap oyoqqa o’tkaziladi. Inertsiya natijasida tana va qo’l chap tarafga ketib qolishi mumkin. Koptokka urilganda raketka undan sirpanib o’tishi zarur. Bu holda koptokning raketkaga urilish kuchi juda past. Lekin qo’l kafti unga so’nggi tezlanish beradi. Bundan tashqari top- spinning o’ng taraf varianti ham bor, u yonbosh top-spin deb ataladi. To’g’ri top-spin va yonbosh top-spinning farqi raketka ushlagan qo’lni koptokka yonboshdan yo’naltirib, qo’l kaftini ko’proq pastga tushirishdadir.

Yüklə 370,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə