Stol tennisi o`yini texnikasi va taktikasi Ochiq raketka nakati (o’ng tomondan). O’ng tomondan top-spin Yopiq raketka podrezkasi



Yüklə 370,19 Kb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü370,19 Kb.
#150534
1   2   3   4   5   6   7
Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi

O’rgatish uslubi


  1. Zarba berish uchun qo’lingizni ko’targaningizda elkadan baland ko’tarmang, o’ngdan podrezka vaqtida raketkani o’ng elkangizga, tirsagingizni esa tanangizga tiramang.

  2. Raketka ushlagan qo’lingizni oxirigacha tekislab, yumshoq, lekin tezlik bilan harakatlaning. Eng yuqori tezlikka raketka zarba vaqtida erishishi kerak.

  3. Zarbani koptok oldingizda stoldan sakragandagi eng yuqori nuqtada

- yon tomondan bering.

  1. Podrezkada harakatning tugashi chetda emas, oldinda, ya’ni pastda - to’r tomonda bo’lishi kerak.

  2. Aylanayotgan koptokning yo’nalishi va aylanish kuchiga qarab raketkaning egilish burchagini o’zgartiring.

  3. Podrezkani amalga oshirayotgan vaqtda qo’lning elkaoldi qismi va asosan kaftlar faol harakatlanadi, bu koptokni pastdan kuchli aylantirishga yordam beradi.

Birinchi bo’lib koptok uzatayotgan o’yinchi koptok uzatish usulini yaxshi egallagan bo’lishi kerak - koptokni shunday uzatish kerakki, uzun zarbalar mo’ljalga etsin va koptok stoldan tashqariga chiqib ketmasin, kalta zarbalar esa past traektoriyada o’tib, to’rga tegmasin. Koptok turli aylanish va turli tezlikda uchishi kerak. Shundagina raqib zarbasini qaytarishga sharoit yaratiladi. Juftliklar musobaqalarida birinchi bo’lib koptok uzatayotgan o’yinchi harakatlarini jufti bilan kelishib amalga oshirishi kerak, aks holda raqib zarbasini qaytarishda yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi.




Raketkani ushlash


Raketkani gorizontal ushlash deganda uni uch barmoq – o’rta, nomsiz va jimjiloq bilan ushlash tushuniladi, ko’rsatkich barmoq raketka chetida cho’zilgan, katta barmoq esa raketkaning orqa tarafidan o’rta barmoqqa tegib turadi. Bu usul raketkaning ikkala tarafi bilan ham o’ynash mumkinligi bilan qulaydir. Bu usul turli zarbalar berish va ularni ham o’ngdan, ham chapdan qaytarishda yaxshi samara beradi.





Yüklə 370,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə