Stol tennisi o`yini texnikasi va taktikasi Ochiq raketka nakati (o’ng tomondan). O’ng tomondan top-spin Yopiq raketka podrezkasi



Yüklə 370,19 Kb.
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü370,19 Kb.
#150534
1   2   3   4   5   6   7
Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi

O’rgatish uslubi


Raketkaga qo’l o’rganishi uchun turli mashqlar bajarish mumkin. Ularni mustaqil yoki sport zalida, uyda, ko’chada bajarish mumkin.



  1. Koptokka urish. Koptokni raketkaga otib, gorizontal holatda pastdan bel balandligida uriladi. Avval bir tarafda, so’ng ikkinchi tarafda, undan keyin ikki tarafda navbat bilan uriladi.

  2. Devor oldida o’ynash. Devor oldida 3-4 metr masofada, o’ngga yarim burilgan holda turib, koptokni engilgina tepaga otiladi va raketka bilan shunday uriladiki, koptok devorga tegib, orqaga qaytsin. Avvaliga koptokni raketka bilan emas, qo’l bilan ilish mumkin. Ko’nikish hosil bo’lgandan so’ng raketka bilan ilish boshlanadi. Bu mashqni murakkablashtirish mumkin: tepaga otilgan koptok avval polga tegib, so’ng devorga tegsin, keyin raketkangizga qaytsin.



Mashqlar majmui


Koptokni raketka bilan o’ynatish:

  • raketkaning bir tarafi bilan;

  • raketkaning ikkinchi tarafi bilan;

  • navbat bilan;

  • devorga urish;

  • avval polga urib, so’ng devorga urish;

  • koptokni badmintondagi kabi o’ynatish.



Juftliklar o’yinida o’yinchilarni joylashtirish


Juftliklar o’yinida, qoidaga ko’ra, ustunlik o’yin boshlagan juftlikda bo’ladi, shu sababli birinchi bo’lib o’yin boshlash zarba berish imkoniyatini beradi. Ammo, juftliklar o’yini qoidasiga ko’ra birinchi bo’lib o’yin boshlash o’ng tomondan o’ng tomonga beriladi, Bu holda ustunlik koptokni qabul qilayotgan tarafda bo’ladi. Bundan tashqari, koptokni qabul qilayotgan juftlik o’yinchilari u yoki bu uslubni qay darajada yaxshi egallaganliklariga qarab koptokni kim birinchi bo’lib qabul qilishini kelishib oladilar.


Koptok uzatilgandan keyin keskin zarbalar berish taktikasi. Yonbosh- tepadan va pastki aylanma harakat qo’llayotgan yoki o’ng tarafga aylanishli yoki aylanishsiz qisqa uzatishlar bajarayotgan o’yinchi o’rta chiziqdan biroz o’ngga surilgan uzun keskin zarbalar berishga harakat qiladi. O’yinchi javob to’pi yo’nalishi, uzunligi va aylanish turini hisobga olib keskin zarbalar berishi zarur. O’yinchi javob zarbasining kuchini hisobga olib kuchini nazorat qilishi kerak. Zarbalar tezkor va turli-tuman bo’lishi kerak.

Yüklə 370,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə