Strategik boshqaruvning besh vazifasi


Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə10/23
tarix17.12.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#150274
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org (1)

Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi
Kompaniya ahvoli tahlilining muhim qismi - bu firma xarajatlarining raqobatga bardoshliligini aniqlashdir. Baholardagi farqlarning kelib chiqish sabablari xilma-xil boʻlishi mumkin. Ularning eng muhimlari quyidagilar:
1) xomashyolar, butlovchi qismlar, quvvatlar va boshqa tovarlar narxlaridagi farq;
2) texnologiyaning turliligi va jixozlar yoshining turliligi;
3) ishlab chiqarish xarajatlarining turliligi;
4) raqiblarning inflyasiyaga va xorijiy valyutalar almashtiruv kurslarining oʻzgarishiga bogʻliqlik darajasining turliligi;
5) marketing xarajatlarining turliligi;
6) transportirovka xarajatlarining turliligi ;
7) sotish shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarning turliligi.
Raqobatga bardoshli boʻlish uchun kompaniyaning xarajatlari raqiblar xarajatlariga teng yoki undan past boʻlishi lozim. Buning uchun kompaniya qiymatlar zanjirining har bir boʻginida tahlil oʻtkaziladi
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi
Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish yetarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi: hozirgi vaqtda kompaniya oʻzining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi; amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustahkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday; asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday oʻringa ega; hozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami; tarmoqning harakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya oʻzining pozitsiyasini himoya qila oladimi; Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim: 1- qadam - tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari roʻyxati tuziladi;
2- qadam - har bir koʻrsatkich boʻyicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi;
3- qadam - raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi;
4- qadam - raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jihatlari haqida xulosa chiqariladi;

Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə