Strategik boshqaruvning besh vazifasi


Turdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə18/23
tarix17.12.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#150274
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org (1)

Turdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi.
Diversiyalash variantlarini izlash jarayonida kompaniya turdosh tarmoqlarni tanlashi mumkin. Bunday paytda tarmoqqa diversiyalash strategik muvofiqlikdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Strategik muvofiqlik turli firmalar oʻxshash ishlab
chiqarishga ega boʻlgan taqdirda mavjud boʻladi. Bu esa quyidagilar uchun imkoniyat yaratadi:
a) mahorat va tajribani bir korxonadan boshqa korxonaga oʻtkazish; b) ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish maqsadida turlicha boʻlgan ishlab chiqarishni yagona tizimga birlashtirish. Strategik muvofiqlikka asoslangan aloqalar ishlab chiqarish sohasida, personal
mahoratiga boʻlgan talablarda, mineral resurslar va ta’minotchilarning manbalarining yagonaligida, detallar va komponentlami birgalikda ishlab chiqarish uchun salohiyatda, oʻxshash ishlab chiqarish usullari va boshqaruv nou-xaularida,
marketing va mahsulot sotishda bir xil yondoshuvlarni qoʻllashda, bir xil ulgurji xaridorlar va chakana dilerlarda, sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish salohiyatida, shuningdek umumiy savdo markasidan foydalanishdan olingan sinergitik samarada
namoyon boʻladi. Turdosh tarmoqlarga diversiyalash haqiqatda jozibali koʻrinadi. U mavjud ishbop faollik darajasini saqlab qolish, mahorat va tajribani oʻrgatish hisobiga raqobat ustunligidan foydalanish, shuningdek investitsiyalash xavfini turdosh tarmoqlardagi firmalar bilan boʻlishish imkoniyatini beradi. Qachonki ikkita korxonaga rahbarlik qilish, ularning alohida faoliyat
koʻrsatishiga nisbatan arzonga tushsa, shundagina turdosh diversiyalashda faoliyat miqyoslaridagi tejamkorlik mavjud boʻladi.

Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi
Diversiyalash haqidagi qaror daromadli kompaniyalarni izlash va sotib olish natijasi hisoblanadi. Noturdosh diversiyalashning asosiy qoidasi shuki, unda manfaatli moliyaviy shartlarda sotib olinishi mumkin boʻlgan va foyda olish uchun yaxshi istiqbolga ega boʻlgan har qanday kompaniya diversiyalash uchun manfaatli yoʻnalish boʻladi. Ba’zida, noturdosh diversiyani amalga oshirayotgan
kompaniyalar oʻzining alohida mavkei hisobiga tez moliyaviy foyda olish uchun imkoniyatlarni taklif qiladigan kompaniyalarni izlab topishga uz kuchlarini yoʻnaltiradilar. Bunday korxonalarning uchta turi mavjud boʻladi. 1) Narxi pasaytirilgan kompaniya. Bunday holda mazkur korxonalarni bozor narxlaridan pastroq narxlarda sotib olish imkoniyati mavjud. Bu esa keyinchalik kompaniyani nisbatan yuqori narxda sotish imkonini beradi. 2) Moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar. Bunday
firmalar shartnomaviy narxlarda sotib olinishlari mumkin. 3) Oʻsish imkoniyatlari katta boʻlib, investitsiya imkoniyatlari boʻlmagan
kompaniyalar. Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash quyidagi nuktai nazardan juda jozibalidir:
1. Tijorat tavakkalchiligi sanoatning koʻpgina har turli tarmoqlari boʻyicha «sochilgan» boʻlib, bu kompaniyani biron-bir sohasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan muammolar izmida bulish darajasini pasaytiradi.
2. Kompaniyaning moliyaviy resurslari rentabellik nuktai nazaridan jozibali istiqbollari boʻlgan tarmoqlarga investitsiya qilinishi
3. Kompaniyaning ichki foyda normasi umuman sezilarli darajada barqarorlashadi, chunki bir tarmoqdagi qiyinchilik davrlari boshqasi hisobiga qisman kompensatsiya qilinishi mumkin.
4. Korporativ rahbariyat yetarli baholanmagan kompaniyalaming haqiqiy qiymatini aniqlash tajribasini orttirib borgan sari, korporatsiyaning moliyaviy ahvoli yaxshilanib, aksiyalarning daromadliligi oshib boradi.


Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə