Strategik boshqaruvning besh vazifasi



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə16/23
tarix17.12.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#150274
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org (1)

Diversiyalashni qoʻllash.
Diversiyalashning tub maqsadi aksionerlar uchun kadriyatlar yaratish hisoblanadi. Yagona korporativ tizimga birlashgan firmalar guruhi ularning har biri beradigan samaradan kuprok samara bermas ekan, diversiyalash aksiyalarning daromadliligini oshirmaydi. Agarda «A» kompaniya «B» kompaniyani sotib olish bilan diversiyalanar ekan va ular oladigan foyda ular birlashishidan oldin oladigan
foyda summasidan oshmas ekan, bunday diversiyalash muvaffaqiyatsizdir. «A» kompaniyaning omonatchilari 2+2=4 natijani oʻz mablagʻlarini «B» kompaniya aksiyalariga qoʻyib ham olishlari mumkin edi. Lekin, diversiyalash natijasi 2+2=5 samarasini bermas ekan, aksiyaning daromadliligi oshmaydi. Korporativ boshqaruvchilar diversiyalash boʻyicha u yoki bu qarorlar aksiya
daromadliligini oshirishga kodir ekanligini,quyidagi uchta mezondan foydalanib baholashlari mumkin:
1. Jozibadorlik mezoni. Diversiyalash uchun tanlangan tarmoq kuyilgan mablagʻlardan yaxshi foyda olish nukta nazaridan jozibali boʻlishi kerak. 2. «Kirish uchun xarajatlar» mezoni. Foyda olish salohiyatiga zarar yetkazmaslik uchun tarmoqqa kirish xarajatlari u darajada yuqori boʻlmasligi lozim. 3. Qoʻshimcha manfaatlar mezoni. Faoliyatda yangi raqobat ustunligini barpo
etish uchun kompaniya ma’lum harakatlarni amalga oshirishi zarur. Diversiyalash bilan shugʻullanuvchi korporativ boshqaruvning strategic tanlovi diversiyalashning quyidagi strategiyalarida namoyon boʻladi:
1. Yangi tarmoqqa kirish strategiyasi. 2. Turdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi.
3. Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi. 4. Qisqartirish va tugatish strategiyasi.
5. Qayta tarmoqlashtirish, qayta tiklash va tejamkorlik strategiyasi.


Vertikal integratsiya.
Vertikal integratsiya - shunday usulki, bu usul yordamida kompaniya texnologik zanjirda oʻz chiqish bosqichlarini (orqa integratsiya) yoki uning kirish bosqichlarini (oldinga integratsiya) tashkil qiladi. Integratsiya toʻliq va tor boʻlishi mumkin. Tuliq integratsiyada barcha kirish yoki chiqishlar birlashadi. Tor integratsiyaga kompaniyaning kirish elementlarining bir qismini sotib olishi va qolganlarini oʻz kuchlari bilan ishlab chiqarishi misol boʻla oladi. Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda oʻzining asosiy
dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izohlanadi. Bunga quyidagilar sabab boʻladi:

Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə