Strategik boshqaruvning besh vazifasi


Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə14/23
tarix17.12.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#150274
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org (1)

Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari.
Vaqt omili strategiyani tanlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi: Ustunlikka erishish uchun «qaldirgʻoch» firmaning «qaltis vaqtda strategik harakat kerakmi yoki kerak emas?» degan savolga javob beradi. Strategik qadamlarni birinchi boʻlib qoʻygan firma shundagina yuqori
natijalarga erishishi mumkin, qachonki: 1. Tashabbuskorlik firmaning obroʻ orttirishiga yordam bersa. 2. Xomashyo, yangi texnologiyalar ta’minotchilari, sotish tarmoqlari bilan erta oʻrnatilgan aloqalar mutlaq ustunlikni egallashga imkoniyat yaratishi mumkin.
3. Birinchi xaridorlar takroriy haridlarni amalga oshirib kompaniyaga kuchli ixlosmandlikni saqlab qoladilar. Ammo kutish har doim ham muvaffaqiyatsiz yondoshuv boʻlavermaydi. «Qaldirgʻoch»lar uchun qiyinchiliklar paydo boʻladi, qachonki:
1. Birinchi boʻlib yurish, yulboshchilardan keyin yurishga qaraqanda ancha qimmatga tushadi.
2. Texnologik oʻzgarishlar shunchalik tez amalga oshadiki, ilk investitsiyalar tezda samarali boʻlmay qoladi.
3. Kutayotganlarga bozorga kirish osonroq, chunki xaridorlar har doim ham «qaldirgʻoch»larga sadoqatni saqlab qolavermaydilar.
Yangi tarmoqlarda raqobatchilik strategiyasi
Yangi tarmoq - bu «oyoqqa turish»ning ilk bosqichida boʻlgan tarmoq. Yangi tarmoqlar strategiyani ishlab chiquvchilar oldiga alohida muammolar qoʻyadi. Ular quyidagilar: - yangi bozor yaxshi oʻrganilmaganligi, statistik maʼlumotlar yetarli
boʻlmaganligi uchun uning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini aniq belgilash imkoniyati boʻlmaydi;
- nou-xaularning koʻp qismi patentlangan boʻlib, astoydil qoʻriqlanadi, shuning uchun ulardan foydalanish imkoniyati boʻlmaydi;
- raqobat kurashida texnologiyalarning qaysinisi yutib chiqishi va qaysi tovarlar xaridorlarga ma’qul kelishi haqida bir xil fikrga kelish qiyin boʻladi; - har bir firma oʻzining texnologiyasini, tovar turini va mahsulotni tarqatishga boʻlgan strategik yondoshuvini iste’molchilarga tan oldirishga harakat qiladi; - ishlab chiqarish hajmlarining oʻsishi bilan tajribaning egri chizigi samarasi
ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada pasaytiradi; - firmalar oʻz raqobatchilari haqidagi maʼlumotlarni yetishmasligini doim his
qiladilar; - koʻp hollarda firmalarda xom-ashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan ishonchli ta’minotchilarni qidirish muammolari yuzaga keladi; - juda koʻp kompaniyalar pul mablagʻlarini yetishmasligini his qiladilar va raqib firmalarga qoʻshilib ketadilar yoki ularni sotib oladilar. Yangi tarmoqda biznes qilishning eng muhim strategik muammolaridan biri shuki, unda doimo tavakkalchilik qilish va imkoniyatlarni baholab berish talab etiladi

Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə