Strategik boshqaruvning besh vazifasi


Strategik menejerga qo ‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə2/23
tarix17.12.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#150274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy-fayllar.org (1)

Strategik menejerga qo ‘yiladigan asosiy talablar.
Bugungi kundagi murakkab va tez oʻzgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yoʻnalishda borishini ta’minlashdir (ular koʻpincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funksiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat koʻrsatish, hisob) bajarilishini ta’minlaydigan funksional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatdan boshqarib, kompaniyada oʻziga xos oʻrin egallaydi.
Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmogʻini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor boʻlib turishga imkon beradi. Ular oʻz vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar oʻrtasida toʻgʻri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. Yaxshi siyosatchi oʻz fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan boʻlishi, ularni oʻz obroʻsi bilan ilgari surish uchun bosim koʻrsatmasligi kerak.
Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari.
Strategik rejalashtirish boʻlimining roli va vazifalari axborotlar toʻplash va ularni ishlash, strategiyani har yili qayta koʻrib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni boshqarishdan iborat boʻladi. Direktorlar kengashi muhim strategik yoʻnalishlarni koʻrib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy jihatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxiroqibatda qabul qilingan strategiya uchun javobgar boʻladi. Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil qilib va koʻrib chiqilganligiga hamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirishning afzalliklari:
1. Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima qilish uchun harakat
qilayapmiz va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yoʻnaltirilganligini ta’minlash;
2. Vujudga kelayotgan oʻzgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan tendensiyalarga menejerlarning yanada aniq reaksiya koʻrsatish
3. Kapital qoʻyilmalar va personal sonini kengaytirishning muqobil
variantlarini baholash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yuqori rentabelli loyihalarga oqilona yoʻnaltirish imkoniyati;
4. Boshqarishning barcha darajalari rahbarlarini qarorlarini birlashtirishimkoniyati;
5. Faol rahbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va oʻzgarishlarga passiv reaksiya koʻrsatish tendensiyalariga qarshilik qiladigan muhit
Strategik koʻrishni shakllantirish.
Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugʻullanmoqchi va kelajakda qanday boʻlmoqchi?» - degan masalaga qarashlaristrategik koʻrish deyiladi. Strategik koʻrish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nimaqilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar oʻzining vazifasini notoʻgʻri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgankompaniyaning missiyasi korxonalarni bir-biridan farqlash imkonini yoʻqotadi.
Vaholanki, har bir kompaniya oʻzining qiyofasiga - imidjiga ega boʻlishi kerak. Yaxshi oʻylab koʻrilgan strategik koʻrish va kompaniya missiyasini asoslashquyidagi 3 ta jihatdan iborat:
1) kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish;
2) kompaniyaning strategik koʻrishi va missiyasini aniq, loʻnda va ilhom bilantushuntirib berish;
3) kompaniya strategik koʻrishi va missiyasini oʻzgartirish haqida oʻz vaqtidaqaror qabul qilish;
Faoliyat doirasini toʻgʻri aniqlash uchun quyidagi omillarni hisobga olish lozim:
1) aholining ehtiyoji, ya’ni nima ishlab chiqarish kerak
2) xaridorlar guruhi, yoki tovarni kim uchun ishlab chiqaramiz
3) texnik va funksional ijro, ya’ni xaridorlar ehtiyojini qanday qondiramiz
Kompaniya maqsadlarini oʻrnatish.
Maqsadni aniqlash strategik koʻrish va kompaniyaning rivojlanish yoʻnalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad - bu firma boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir. Firmaning uzoq muddatli rejalari aniq oʻlchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va firmaning kelajak niyatlari chiroyli soʻzlar boʻlib
qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi daqiqasidir. Korporativ maqsad - bu tashkilot oʻz aksionerlarining manfaatlariga qanday qarashini koʻrsatuvchi birinchi hal qiluvchi koʻrsatkichdir. Maqsadga yoʻnalganlik firmaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristikalarini va uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yoʻnalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun
tashkiliy mazmun kasb etadi.Korporativ maqsadga yoʻnalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:
■ firmaning biznesini aniqlash
■ uning asosiy maqsadlarini belgilash
■ korporativ falsafani aniqlash.
Kompaniyaning maqsadga yoʻnalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruhlar ta’sir koʻrsatadi.

Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə