Strategik menejment



Yüklə 7,13 Mb.
səhifə181/192
tarix27.12.2023
ölçüsü7,13 Mb.
#162753
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192
Strategik menejment

Oldingi tahrirga qarang.
Qayta sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli emas.
Qayta sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 14 sentyabrdagi O‘RQ-108- sonliQonuni asosida ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to ‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007y., 37-38-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlari
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug‘urtalovchini tanlash;
(81-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonuni tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida ma'lumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra taqdim etishi;
(81-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonuni tahririda — OR QHT, 2012y., 15-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma'lumotlarni oshkor qilmasligi.
(81-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston
Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonuni tahririda — O‘R QHT, 2012y., 15-son, 165-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan eri o‘zgargan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organini va sug‘urtalovchilarni xabardor qilishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart;
(81-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 11 apreldagi O‘RQ-323-sonliQonuniga asosan beshinchi, oltinchi va ettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 15-son, 165-modda)
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 7,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə