Strategiya yaratishning vazifalari



Yüklə 339,5 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü339,5 Kb.
#152276
1   2   3   4
01 ma`ruza matni. Strategiya

Moslik darajasi mezoni. Yaxshi strategiya uning imkoniyatlari va intilishlari, ichki va tashqi omillar nuqtai nazaridan kompaniyadagi vaziyatga mos kelmas ekan, u shubhalidir.
Raqobat kurashida ustunlik mezoni. Yaxshi strategiya raqobatda barqaror ustunlikka erishishga olib keladi. Strategiya yordamida raqobat kurashida qanchalik katta ustunlikka erishilsa, strategiya shunchalik kuchli va samarali bo’ladi.
Ishlarning jadalligini oshirish mezoni. Yaxshi strategiya kompaniya ishining tezkorligini oshiradi. Ishlarni takomillashtirishning ikki turi o’ta muhim bo’lib, ular quyidagilar: daromadlilikning oshishi; kompaniyaning uzoq kelajakdagi faolligi raqobatbardoshligining oshishi.


Qisqa xulosalar
korporativ strategiya (kompaniya va uning faoliyat yo’nalishlari bo’yicha umumiy strategiya);
ishbop strategiya (kompaniyaning har bir yo’nalishi uchun strategiya);
funktsional strategiya (kompaniyaning har bir funktsional tuzilmasi uchun strategiya);
amaliy strategiya (asosiy tuzilmalar: zavodlar, savdo shoxobchalari va bo’limlar uchun).


Nazorat savollari
1. Firma faoliyati yo’nalishlarini belgilash omillari qanday?
2. Stragegiyani ishlab chiqish uslubi sanab o’ting?
3. Strategiyani yaratishga bo’lgan qanday yondashuvlar mavjud?


Tayanch iboralar
Kompaniya faoliyatini yo’nalishlarini belgilash omillari. Kompaniya missiyasi, strategik ko’ra bilish, faoliyat yo’nalishini tanlash. Missiyani vazifalarga aylantirish. Reja ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablar. Strategik boshqarish tamoyillari. Strategiyani ishlab chiqish uslubi. Funktsional strategiya. Amaliy strategiya. Strategiya turlarining o’zaro bog’liqligi.
Asosiy adabiyotlar
1. Yo’ldoshev N.Q., Strategik menejment. - T.: O’quv qo’llanma. TMI, 2008
2. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmuasi. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 156 b
3. Sh.N.Zaynutdinov, N.R.Qodirxodjaeva. "Menejment" fani bo’yicha o’quv uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo’llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o’qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006, 185 b
4. Yo’ldoshev N.Q., Qozoqov O.S. Menejment. Darslik. - T.: Fan, 2004.
Yüklə 339,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə