Strreplsh I mavzu: Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish


Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarMakroiqtisodiy



Yüklə 151,27 Kb.
səhifə12/17
tarix16.03.2023
ölçüsü151,27 Kb.
#102687
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarMakroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin;

  1. Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi –oraliq iste’mol = Yalpi ichki mahsulot.

  2. Yalpi ichki mahsulot -amortizatsiya = sof ichki mahsulot. 3)Sof ichki mahsulot –biznesga egri soliqlar =milliy daromad

  1. Milliy daromad –ijtimoiy sug’urtaga badallar –korporatsiya foydasiga soliqlar –korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari =shaxsiy daromad.

  2. Shaxsiy daromad –yakka tartibdagi soliqlar =Ixtiyordagi daromad.

Milliy daromad -bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir.


Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ; YaMD= YaIM+ horijdan olingan omilli daromadlar –horijliklarning ushbu mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari.
Shaxsiy daromad va milliy daromadningbir-biridan shunisi bilan farq qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir qismi ( ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya foydasiga soliq va korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xo’jaligiga tushmaydi. Uy xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi, masalan, (transfert to’lovlari) -mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert to’lovlariga -sug’urta tashkilotlari tomonidan to’lanadigan, ya’ni qarilikda va baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar, nogironlarga to’lanadigan har xil to’lovlar, ishsizlarga va pensionerlarga to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat tomonidan to’lanadigan foiz to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi
Shaxsiy ixtiyordagi daromad deb individual soliqlarni to’lagandan keyingi daromadlarga aytiladi. Individual soliqlar -daromad solig’i, xususiy mol-mulklarga va meros qolgan mulklarga solinidagan soliqlardan iborat.

Yüklə 151,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə