Strreplsh I mavzu: Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish



Yüklə 151,27 Kb.
səhifə9/17
tarix16.03.2023
ölçüsü151,27 Kb.
#102687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

Toshkent iqtisodiy regioni. U Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlaridan iboratdir. Bu regionga respublikani 3.5% maydoni va 18.5% aholisi to’g’ri keladi.Bu region o’rta hisobda Mamlakat milliy daromadini 25.9% va 32.5% sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi.

  • Ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha ikkinchi o’rin Farg’ona iqtisodiy regioniga to’g’ri keladi. Bu region Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarini o’z ichiga oladi va 19.2 ming m2territoriyaga egadir, yoki 4.3% respublika hududini egallaydi. Unda aholini 27.6% yashaydi. Bu region O’zbekiston milliy daromadining 26 %ini, sanoat mahsulotini 31.5% ini, 36.8% qishloq xo’jalik mahsulotini, 28.3% tovar oborotini ishlab chiqaradi.

  • Markaziy iqtisodiy region o’z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu region hudud jihatdan eng katta va kengdir. U respublikaning 37% hududini egallaydi, aholi soni jihatidan 19.9%, milliy daromadini 18.6%, sanoat mahsulotini – 14.6%, qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini – 20.8% ini ishlab chiqaradi.

  • Janubiy iqtisodiy region - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iboratdir. U respublikaning 11% hududini va 15.8% aholisini tashkil qiladi. Bu regionda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilik

    rivojlangan. Unda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini 19.4%, sanoat mahsulotini 12.4% ini, milliy daromadini 14% shu region etishtiradi.

    1. Mirzacho’l iqtisodiy regioni o’z ichiga Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini oladi. U respublika hududini 5.7%ini, aholisini 6.6%ini oladi. Bu regionda o’rta hisobda respublikaning 6.1% milliy daromadi, 2.7% sanoat mahsuloti va 8.6% qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotini etishtiriladi.

    2. Orolbo’yi iqtisodiy regioni. Unga Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Bu regionda respublikani 38.4% hududi va 11.5% aholisi joylashgan. Bu region respublika sanoat mahsulotini 6.3%ini, qishloq xo’jaligi mahsulotini 12.5% ini etishtiradi.


    1. Yüklə 151,27 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə