Strreplsh I mavzu: Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va YAIM ni hisoblash usullari



Yüklə 151,27 Kb.
səhifə10/17
tarix16.03.2023
ölçüsü151,27 Kb.
#102687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va YAIM ni hisoblash usullari;


Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.


Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks
ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga quyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki maxsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi. Bozoriqtisodiga o’tayotgan mamlakatlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning kengaytirilgan tushunchasiga amal qilinadi. Shu ma’noda, ijtimoiy ishlab chikarish
-iqtisodiyotning daromad yaratuvchi barcha soxalarining ishlab chiqarishidir. Bu erda moddiy ishlab chiqarish soxalaridan tashqari, pulli xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlar (moliya, sug’urta, sog’liqni saqlash, maorif va boshqalar) xam ijtimoiy ishlab chikarishga kiradi. Shu sababli, Bozor iktisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda yaratilgan ijtimoiy maxsulot tarkibiga tovarlar xam, xizmatlar xam, milliy daromadda esa, tovarlarni sotishdan, xizmat ko’rsatishdan olingan daromadlar xisobga olinadi, ijtimoiy ishlab chiqarishdan chetda fakat bepul xizmatlar ko’rsatish jarayonlari qoladi. Chunki bepul xizmatlar ko’rsatuvchi tarmoqlarda daromad yaratilmaydi va xar qanday mamlakatda bu tarmoqlar davlat xisobiga faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy ishlab chikarish tushunchasidagi farq qilish natijasida, mamlakatlar o’zining mazmuniga ko’ra ajratib turuvchi ko’rsatkichlardan foydalanadi, ularni xisoblashning turli uslublari ko’llaniladi.
YaIMni hisoblash usullari Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu -yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot –bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.
YaIM -bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir
.Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;




  1. Yüklə 151,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə