Strreplsh I mavzu: Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish



Yüklə 151,27 Kb.
səhifə7/17
tarix16.03.2023
ölçüsü151,27 Kb.
#102687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

Davlatning barcha mahkama-idora tashkilotlari. Ular ham ishlab chiqarish, ham iste’mol bilan shug’ullanadilar, bozor va unda qatnashuvchilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar.

Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ishchi kuchi, er, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib tovar ishlab chiqaradilar va xizmatlar ko’rsatadilar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining 1993 yilda qabul qilingan MSTining 3-taxririda Milliy iqtisodiyot ikki qismga ajratilgan:

  1. Ichki iqtisodiyot

  2. Qolgan dunyo (tashqi dunyo)

Ichki iqtisodiyot 5 sektorga ajratilgan:

  1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari (nomoliyaviy korxonalar);

  2. Moliya tashkilotlari ;

  3. Davlat tashkilotlari;

  4. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar;

  5. Uy xo’jaligi;

Milliy iqtisodiyotning ikkinchi qismi - qolgan dunyo yoki tashqi dunyo sektoridir. Unga tashqi iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet davlatlar va mamlakat instituttsional birliklar (rezidentlari) o’rtasidagi muomalalarni hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni, tovar resurslari, xizmat ko’rsatishda ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi mutanosiblikni tavsiflash maqsadida MSTda institutsional birliklar tarmoqlar tasnifining xalqaro standarti (TTXS)ga binoan quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: bo’limlar (jami 17 ta bo’lim); bo’limchalar (jami 20 ta blok); tarmog’lar turkumlari (jami 169 ta faoliyat turi); tamoqlar turkumlari (jami 292 ta sinf).
Bunday guruhlash tarmoqlar bo’yicha tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va ulardan foydalanish jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishda qo’l keladi.
Makroiqtisodiyotni sektorlarga bo’lib o’rganish bozor munosabatlarini tartibga solish uchun zarur bo’lgan makroiqtisodiyot ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishda,makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish va makroiqtisodiy qonuniyatlarini aniqlashda, makroiqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo’lgan tegishli tavsiyalarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Bozor ehtiyoji va xususan shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish Yuqorida qayd etilganlardan tashqari BMTining 1993 yilda qabul qilingan MSTida bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan malakatlarda yagona iqtisodiyotni ikki sohaga ajratish tavsiya qilinadi, ya’ni:

    1. Tovar ishlab chiqarish sohasi-bunda buyum, gaz, suv, va energiya shaklida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish xizmatlari ko’rsatiladi. Bu sohaga sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, qurilish tarmoqlari kiritiladi.

    2. Xizmat ko’rsatish sohasi, bunga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan tarmoqlar kiritilgan.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi statistika xizmati YaIM, bandlik, mehnat haqi va boshqa ko’rsatkichlar soha va tarmoqlar bo’yicha hisoblaydi va e’lon qiladi.
Shunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi o’zaro nisbat iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi. Iqtisodiyotni alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun tarkiblarning tuzilishi bir necha turlarga ajratib o’rganiladi.

  1. Ijtimoiy tuzilishi.

  2. Tarmoq tuzilishi.

  3. Takror ishlab chiqarish tuzilishi.

  4. Xududiy tuzilishi.


Yüklə 151,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə