Strreplsh I mavzu: Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirish


Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyati



Yüklə 151,27 Kb.
səhifə3/17
tarix16.03.2023
ölçüsü151,27 Kb.
#102687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar

Milliy iqtisodiyotning mazmun mohiyati.




Milliy iqtisodiyot- bu ma’lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi va mehnat taqsimoti bog’liq bo’lgan tarmoqlar yig’indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot o’ziga xos bo’lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil qonunchiligiga ega bo’lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Iqtisodiyot keng ma’noda - bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar
asosida rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo’jalik bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir.
Milliy iqtisodiyot fani esa - iqtisodiyotni shakllanish va rivojlanish muammolarini yangi sharoitda, mustaqillik sharoitida o’rganiladigan iqtisodiy fanlar tizimidagi yosh fandir.
Milliy iqtisodiyot iqtisodiyotni ham milliy (nomos), ham iqtisodiy (oikos) qismlarini birlashtiradi.
«Milliy» so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib «natio»- xalq so’zini anglatadi. «Iqtisodiyot» esa grekcha so’zdan olingan bo’lib, «oikonomike»- uy xo’jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi.

Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor:


  • Ishlab chiqarish munosabatlarini yig’indisi;

  • Rayon xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi;

  • Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i.

Milliy iqtisodiyot- bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir.
Milliy iqtisodiyot- bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o’zaro bog’liqligidir.
Iqtisodiyot, Milliy,- deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevoridir. Shu boisdan«avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo’lgani uchun birinchi navbatda uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z risq-nasibasini yaratadilar.Iqtisodiy faoliyat-u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir.
Iqtisodiy faoliyat bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan hatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat birinchidan, u yoki bu extiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi, ikkinchidan, maqsadning dolzarbligi va uchinchidan, boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun to’lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi. Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy faoliyatni o’rganishda milliy chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi.
Milliy iqtisodiyot boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchasbog’liqdir. Milliy iqtisodiyot iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq. Ma’lumki iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish jarayonlarini, shu bilan birga iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal qilish mexanizmini o’rganadi. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandan buyon rivojlanib takomillashib kelayapti.
O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta’minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o’sish sari olib chiqdi, kelgusida uni yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon iqtisodiy adabiyotida xaqli ravishda taraqqiyotning
«Qzbekiston modeli», «Qzbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bqldi.

O’zbekiston respublikasi xalq xo’jaligi yaqin o’tmishda umumittifoq xalq xalq xo’jaligi majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. Shu bilan birga Sobiq ittifoqdagi mehnat taqsimotiga asosan xom ashyoni etkazib beruvchi mavqeini egallardi. Bunday sharoit xalq xo’jaligini “milliy iqtisodiyot” tushunchasi bilan taqqoslash mumkin emas edi. Endilikda O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi iºtisodiy rivojlanishning qz yqlini tanlash imkoniyati yaratilishi bilan respublikada hozirgi zamon milliy iqtisodiyoti shakllana boshlandi.


Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi va uning vazifalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan davlat boshqaruv organlari quyidagicha:

  1. O’zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo’li bilan tayinlanadigan Prezident.

  2. Umumxalq saylovi yo’li bilan saylanadigan – Oliy majlis deputatlari,Oliy Majlisi sessiyasi, shu oraliqda Oliy Majlis Prezidiumi, tegishli hay’at va qo’mitalari

  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – uning raisi Prezident hisoblanadi.

Bulardan tashqari huquqiy organlar mavjud bo’lib, bular qatoriga O’zbekiston Konstitutsion nazorat qo’mitasi, Konstitutsion sudi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O’zbekiston Rspublikasi Prokuraturasi, Davlat Arbitraji kiradi. Bevosita iqtisodiy boshqaruvga oid davlat mahkamalari mavjud bo’lib, ular boshqaruv oliy organlarining uchalasida ham mavjud. Prezident devonida iqtisodiy masalalar bo’yicha Davlat maslahatchisi mavjud. Ushbu shaxs davlatning iqtisodiy strategiyasini ishlab chiqishda iqtisodiy qo’mita va bo’limlarni ham nazorat qiladi.
Oliy Majlis va uning Prezidiumi tarkibida ham iqtisodiyotga oid qonunlarni ishlab chiqadigan, shunga oid masalalarni Oliy Majlis sessiyalari kun tartibiga kiritadigan bir necha qo’mitalar mavjud.

Yüklə 151,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə