Sug’urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni hamda sug’urta bozorini takomillashtirish chora- tadbirlari natijadorligini tahlil qilish Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti


,231,726  Foizda (%)  24  76  100.00



Yüklə 106,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü106,91 Kb.
#137608
1   2   3   4   5   6   7   8
6,231,726 
Foizda (%) 
24 
76 
100.00 
Manba: O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida. 
Baxtsiz hodisalar va sog'liq sug'urtasi sug'urta kompaniyalari tomonidan hayotni sug'urtalash 
mahsulotlariga qo'shimcha umumiy sug’urta kompaniyalari tomonidan ham yozilishi mumkin va ular 
O'zbekistonda umumiy sug’urta klassi hisoblanadi.
1-rasm: Sug'urta turlari bo'yicha bozorning o'sishi
 
Manba: Axco Global statistika ma’lumotlari asosida
.
O’tgan davr mobaynida milliy valyutadagi sug’urta mukofotlarining o'sishi 2019 yilda 52,85%, 2020 yilda 
-4,69% va 2022 yilda 56,15% ni tashkil qilgan. 2020-yilda oʻsish darajasi oʻtgan yillarga nisbatan nisbatan 
pastroq boʻlgan, bu koʻp jihatdan COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy taʼsiri bilan bogʻliq. 2021 yil 
oxiriga kelib, umumiy sug'urtalash bo'yicha sug’urta mukofotlari 60,46 foizga o'sgan. 
0
500
1 000
1 500
2 000
2 500
3 000
3 500
4 000
4 500
5 000
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
mlrd 
so
'md
a
Hayot
Umumiy sug'urta
Baxtsiz hodisalar va sog'lik


2- rasm: Umumiy sug'urta bozorining tuzilishi
 
Source: Axco global statistika ma’lumotlari asosida 
 
Rasmiy sug’urta statistikasi O’zbekistonda majburiy va ixtiyoriy sinflarga bo'lib, alohida biznes klasslari 
kesimida taqdim etiladi. 2022-yil yakuniga ko‘ra, majburiy sug’urta mukofotlari 10 foizni, ixtiyoriy 
sug’urta mukofotlari esa 90 foizni tashkil etdi. 
O‘zbekistonda biznes-klass bo‘yicha sug’urta mukofotlarini tahlil qilish qiyin, chunki ba’zi klasslar “ikki 
yoki undan ortiq toifani” o’z ichiga oladi bunga mol-mulk, qurilish va avtomabil toifalarini kiritish mumkin. 
Sug’urta xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasi 
2022 yil uchun sug’urta turlari bo’yicha jami sug’urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
ulushi va umumiy aholiga nisbatan jon boshida ko'rsatilgan o’rtacha sug’urta turlari bo’yicha xarajatlar 
O’zbekistan, Qozog'iston, Turkiya va Tojikiston kabi davlatlar bilan taqqoslangan holda quyida 2-jadvalda 
keltirilgan. 
2-jadval: Sug'urta bilan ta'minlanganlik darajasi 
Hayot
Umumiy sug’urta 
Baxtsiz hodisa va 
sog’liq 
Jami 

jon boshiga 
AQSH dollarida 

jon boshiga 
AQSH dollarida 

jon boshiga 
AQSH dollarida 

jon boshiga 
AQSH dollarida 
O’zbekiston 
0.17 
3.91 
0.52 
12.09 
0.01 
0.28 
0.70 
16.28 
Qozog’iston 
0.27 
31.24 
0.50 
58.52 
0.09 
10.14 
0.86 
99.90 
Turkiya 
0.21 
21.85 
1.13 
119.71 
0.23 
24.52 
1.57 
116.08 
Tojikiston 


0.26 
2.79 


0.26 
2.79 
Manba: Axco Global statistika ma'lumotlari asosida 
Markaziy osiyo davlatlari kesimida qaralganda ham O’zbekiston sug’urta bozori umumiy aholiga nisbatan 
taqqoslaganda kichik hisoblanadi. Bozorda kuchli o'sish sur'atlarini ta’minlashda ko'p jihatdan ko'chmas 
mulk va qurilish biznesi muhim rol o’ynaydi. 
Sug’urta bozori ishtirokchilari 
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi reestrida 41 ta sug’urta kompaniyasi mavjud 
bo‘lib, ulardan 33 tasi umumiy sug’urta 8 tasi hayot sug’urtasi bo’yicha xizmatlarni taklif etadi. 

Yüklə 106,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə