Sug'urta kompaniyalari ularning iqtisodiyotdagi o'rni va vasifalari reja: kirish



Yüklə 65,63 Kb.
səhifə13/14
tarix29.11.2023
ölçüsü65,63 Kb.
#139572
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Sug\'urta kompaniyalari ularning iqtisodiyotdagi o\'rni va vasifal-hozir.org

Sug‘urta muddati – sug‘urta obyektining sug‘urtalangan davri.
Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi – o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta portfeli – sug‘urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar yig‘indisi yoki tuzilgan va to‘langan shartnomalar soni.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Xulosa
Sug‘urta ijtimoiy munosabatlar tarixiy kategoriyalaridan biridir. U jamiyat qurilishining ilk davrlaridan yuzaga kelib, asta sekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas hamroxiga aylandi. Sug‘urta iborasining birlamchi ma’nosi «qo‘rquv» («strax») so‘zi bilan bog‘liqdir. Mulk egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkining saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik va iqtisodiy hayotning boshqa ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlari natijasida yakson bo‘lishi yoki yo‘qotilishiga nisbatan qo‘rquv xis etganlar.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun havotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga keldi.
Ko‘rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural sug‘urta bo‘lgan. Don, yem-xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan mahsulotlar hisobidan alohida talofat ko‘rgan dehqon xo‘jaliklariga moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bunday sug‘urta, albatta, bir qancha chegaralangan bo‘lib, keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan o‘z o‘rnini pul shaklidagi sug‘urtaga berdi.
Rivojlangan jamiyat sharoitida sug‘urta mulkchilikning barcha shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari himoyasining asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda va aholini ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug‘urtaning o‘ziga xos muhim o‘rni bor. Sug‘urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. Sug‘urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil faloqatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik obyektining tashkilotchisi o‘z ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtaga bo‘lgan talab kuchaya boshladi.

Yüklə 65,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə