Ta lim texnologiyalari


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi –



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə3/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishdir, ya`ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustivorligini qaror toptirish, milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, boy milliy madaniy- tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg‘otish, respublikaning jahondigi mavqei va obro‘-e`tiborini mustahkamlanib borishigi erishish.

Uning maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. Vazifalari ―Ta`lim to‘g‘risida‖gi O‘zRning Qonuniga muvofiq ta`lim tizimini isloh qilish; ta`lim va kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida ta`lim tizimini yagona o‘quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantirishni ta`minlash; ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishdan iborat.



Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə