Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “ Muqobil energiya manbalarining xalq xo`jaligidagi ahamiyati”


MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING TURLARI



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə2/9
tarix19.02.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#101087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tabiat kurs ishi Tursunov Beg`am

1.MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING TURLARI
Qaytalanuvchi energiya manbalari. Biror jism (qattiq, suyuq va gaz holatida) o‘z energiyasini, energiyani boshqa turga aylantiruvchi moslamaga uzatib yana harakatda bo‘lsa hamda o‘z energiyasini hohlagan marta uzatib o‘zi yo‘qolib ketmasi bunday manbaga qayta tiklanuvchi energiya manbalari deyiladi (shamol, quyosh, suv sathining ko‘tarilib tushishi, to‘lqinlar, kichik va mini hamda mikroGESlar, geotermal, kosmik, bioyoqilg‘i, vodorod va kvant).
Qaytalanmaydigan energiya manbalari. Organik yoqilg‘ilardan bir marta foydalanilgandan so`ng undan qayta foydalanib bo`lmaydi. SHuning uchun ularni qaytalanmaydigan energiya manbalari ham deb ataladi (organik yoqilg‘ilar-neft mahsulotlari, toshko‘mir va boshqa har xil qattiq yoqilg‘ilar, gaz, atom va boshqalar).
Ana’naviy energiya manbalari. Amaliy jihatdan boshqa energiya turlariga qaraganda elektroenergiya olish oson va ishlab chiqilgan elektro-energiyani uzoq masofalarga uzatish imkoni bulgan manbalariga ana’naviy energiya manbalari deyiladi (organik yoqilg‘ilar-neft mahsulotlari, toshko‘mir va boshqa har xil qattiq yoqilg‘ilar, gaz, atom va boshqalar).
To‘lqinlar energiyasi. To‘lqinlar energiyasi ikki turga bo‘linadi: to‘lqinlar energiyasi va suv sathining ko‘tarilib-tushish energiyasi. Okean va dengizlardagi to‘lqinlar energiyasidan foydalanish, K.E.Sialkovskiy tomo nidan 1935-yilda taklif qilingan.
1985-yilda dunyoda birinchi marta Norvegiyada 850 kVt quvvatli to‘lqinlar elektrostansiyasi ishga tushirilgan. Hozirgi kunda dunyodagi barcha to‘lqinlar elektrostansiyalari ishglab chiqaradigan quvvat, dunyoda ishlab chiqariladigan quvvatning 1 % ni tashkil qiladi. Kam quvvat ishlab chiqarilishining asosiy sababi, uning juda Quyosh, yer va oyning bir chiziqda turib qolgan vaqtida okean va den­gizlardagi suv sathlari ko‘tarilib tushadi.
Mana shu tabiatda sodir bo‘ladigan jarayondan foydalanib ham elektroenergiya ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun dengizning biror qo‘ltig‘i to‘g‘on bilan berkitiladi. Suv sathi ko‘tarilganda, to‘g‘on tanasiga joylashtirilgan gidroagregatlardan suv qo‘ltiqqa o‘tadi va ma’lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. Dengizdagi suv sathi tushganda qo‘ltiqdagi suv dengizga gidroagregatlardan o‘tkaziladi va yana ma’lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. Shunday qilib sikl takrorlanayveradi.
Hozirgi kunda energiya iste’mol qiluvchi barcha sohalarning organik yoqilg‘ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada tabiatning flora va faunasida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo bo‘lmoqda. SHuning uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya iste’mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta’minlashdir.
Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol elektrostansiyasi. 2009-yilning sentyabr oyida, SHimoliy dengizning Daniyadagi Yutlandiya yarim oroli qirg‘oqlarida, 91 dona shamol energoqurilmalaridan tashkil topgandunyoda eng quvvatli «Horns Rev - 2» offshor shamol elektrostansiyasi ishga tushirildi. «Siemens» kompaniyasi ishlab chiqarganhar bir shamol energoqurilmalarining quvvati 2,3 MVt ga, «Horns Rev - 2» offshor shamol elektrostansiyasining umumiy quvvati esa 209,3 MVt ga teng. SHamol energoqurilmalari dengiz suvi sathiga nisbatan 114,5 m balandlik ka o‘rnatilgan
Dunyodagi eng katta to‘lqinlar elektrostansiyasi, Portugaliyaning qirg‘oq bo‘yida joylashgan Povua-de-Varzin shahari yaqinida 2011-yilda ishga tushirildi. Elektrostansiya yarmi suvga to‘ldirilgan ilonga o‘xshaydi. Uning uzunligi 150 m ni va kengligi 3,5 m ni tashkil qiladi. To`lqinlar ularni harakatga keltirib tebratadi va tebranishlar energiyaga aylantiriladi. Har bir turbina 0,75 MVt elektroenergiya ishlab chiqaradi. Hozirda umumiy qiymati 13 mln. dollarga va quvvati 2,25 MVt ga teng 3 dona qurilma o‘rnatilgan. Keyinchalik uning quvvati 21 MVt ga oshiriladi. Umuman bunday qurilmalarning quvvatini 1 GVt ga etkazish mumkin.
1-Rasm


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə