Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “ Muqobil energiya manbalarining xalq xo`jaligidagi ahamiyati”



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə5/9
tarix19.02.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#101087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tabiat kurs ishi Tursunov Beg`am

Quyoshdan energiya olinishi.

4.SHAMOL ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
Energiya odamzotning, umuman hayotning mavjudligida muhim omillardan biri hisoblanadi. Energiya olish va uning yangi samarali usullarini ishlab chiqish ilm-fan rivojlanishi mobaynida asosiy yo’nalishlardan biri bo’lgan va shunday bo’lib qoladi.
XIX asrdan boshlab insoniyat tomonidan energiya olishning asosiy manbai qazib olinadigan yoqilg’i hisoblanadi. Lekin uning to’xtovsiz kamayib borishi hamda yoqilganidan keyin atmosferada qoladigan chiqitlari va buning natijasida umumiy ekologik vaziyatning yomonlashuvi sababli yangi manbalarni o’zlashtirishga ehtiyoj tug’iladi.
Yadro energetikasining rivojlanishi hozircha shu kabi energetika qurilmalarini ekspulatatsiya qilishning katta xavfi borligi natijasida rivojlana olmay turibdi. Oqimlar, geotermal suvlar, biomassalar energiyasidan foydalanish keng ko’lamda rivojlanmagan. Ayni paytda an’anaviy, lekin vaqtinchalik ikkinchi darajaga o’tib qolgan shamol va gel energetika kabi energiya olish usullari qayta tiklanmoqda.
O’zbekiston uchun energetik mustaqillikka erishish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda elektr energiyasining 90%i issiqlik elektrostantsiyalarida ishlab chiqariladi. Ularni ishlatish jarayonida ancha miqdorda uglerod dioksidi ajralib chiqadi. Respublika tomonidan xalqaro hujjatlar, jumladan, Kioto protokoli bo’yicha majburiyatlarini bajarish yoqiladigan yoqilg’i miqdorini asta-sekinlik bilan kamaytirishni talab qiladi.
Ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishi muammosini ham hisobga olish kerak. Shunday qilib, tiklanadigan energiya resurslarini, xususan shamol va quyosh energiyasini o’zlashtirish hozirgi kunda eng istiqbolli hisoblanadi. Bu esa O’rta Osiyodagi shamol energiya resurslarini tadqiq qilishning dolzarbligini belgilab beradi.
Respublikaning tekisliklarida juda ko’p shamol resurslari mavjud. Hududning shimoli-g’arbida, Qoraqalpog’istonda ko’pincha 5m/s dan yuqori tezlikdagi shamollar esishi kuzatiladi. Shuning uchun ushbu tezlikda ishlashni boshlaydigan shamol qurilmalari bu yerda taxminan 50% vaqt davomida ishlaydi. Markaziy tekis hududlarda shamol tezligi shimoli-g’arbiy va Orol oldiga qaraganda past va o’rtacha 3-4m/s ni tashkil qiladi.
Tog’ oldi hududlarida shamol tezligining pasayishi kuzatiladi. Bu yerda shamol tezligi o’rtacha 2,0-2,5m/s ni tashkil etadi. Shuning uchun tog’oldi hududlarining katta qismida shamol energiyasi qurilmalari uzoq vaqt bo’sh turib qolishi mumkin. Tog’oldi xududlarining bazi yerlarida (Yangier, Bekobod, Chorvoq hududi va h.k.) shamol rejimi bir jihatdan kuchli shamollarning tez-tez takrorlanishi, boshqa jihatdan esa uzoq muddat tinch bo’lib turishi bilan xarakterlanadi
Bundan tashqari, quyosh energiyasi qoyaning ekspozitsiyasi, uning tikkaligi va esayotgan shamol yo’nalishiga ko’ra joylashishiga bog’liq. Umuman olganda, tog’ hududlari quyosh energiyasidan foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi, lekin bu yerda bunday qurilmalarining ishlash samaradorligi tekislik va tog’oldilariga qaraganda pastroq bo’ladi. Bu yerlarning ko’pgina hududlarida shamol qurilmalaridan foydalanish undan ham kam samarali hisoblanadi.
3-Rasm




Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə