Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “ Muqobil energiya manbalarining xalq xo`jaligidagi ahamiyati”



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə6/9
tarix19.02.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#101087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tabiat kurs ishi Tursunov Beg`am

Shamoldan elektroenergiya olish.

5. O‘ZBEKISTONDA MUQOBIL ENERGIYA RESURSLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
O`zbekiston energetikasida ko`p ijobiy va samarali har tomonlama manfaatdor ishlarni amalga oshirsa bo`ladi, masalan qish oylarida Qirg`iziston va Tojikistondan elektr energiya sotib olishi kerak va aksincha yoz oylarida ularga sotish kerak, – deydi Germaniyaning “Quyosh energiyasi assotsiatsiyasi” a`zosi, “Buyuk kelajak” ekspert kengashi a`zosi Ravshan Xo`janov. – Yaqin tarixdan eslayman, bu qo`shnilarimiz bilan doimo suv muammosi bo`lib kelgan edi.
Ular suvni elektr energiyaga barter qilishni xohlashardi. Qish davomida daryolar to`lib- toshib oqardi, bahorda bizga suv kerak bo`lgan paytda yopib qo`yishardi. Hozirgi hukumatimiz bu qo`shnilar bilan yaxshi aloqalar o„rnatib, barcha muammolarni ikki taraflama manfaatli ijobiy yechib, xalqlar manfaati uchun xizmat qiladigan ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
O`zaro manfaatli hamkorlik mintaqadagi barcha energetika sohasini rivojlantirishga yordam beradi. Mutaxassis olimlarning hisoblari bo`yicha, sayyoramizning shamol energiya potensiali jahonda hozir ishlatilayotgan elektr energiya hajmiga nisbatan 30 marotaba katta.
Bu yer yuzasiga yaqin havo qatlamidagi, ya`ni 100 metr balandlikkacha shamol energiyasining imkoniyati hisoblanadi. 100 metr va undan balandda shamol tezligi kuchli va undagi energiya beradigan shamol quvvatining imkoniyati yanada katta.
O`zbekiston ham shamol resurslariga boy hududlardan hisoblanadi. Mutaxassislarning hisobi bo`yicha respublikamizda yer yuzasiga yaqin havoda (10 metr balandlikda) esadigan shamolning elektr energiya beradigan quvvati hozir mamlakatimizda bir yilda ishlab chiqilayotgan elektr energiyaning 25 foizini tashkil qiladi. Agarda 100 metr balandlikkacha shamoldan elektr energiya olinsa, hozirgi jami ishlatilayotgan elektr energiyaga nisbatan kattaroq miqdorda elektr energiya olish mumkin.
O`zbekistonning shamol resurslari xaritasi Bitta oilani eng zarur elektr energiya bilan ta`minlash uchun (yoritish, televizor, muzlatgich, telefon zaryadkasi) o`rtacha 1 kVt/soat elektr energiya sarflanishi hisoblab chiqilgan. O`zbekistonning Shamol resurslarining energiya imkoniyatlarini, tarqalishini va quvvatini o`rganish bo`yicha Germaniyaning Geo-Net va Intec Sora kompaniyalari “O`zbek-energo” AJ bilan hamkorlikda tadqiqot ishlari olib borishdi va Geo-Net kompaniyasi tomonidan O`zbekistonning shamol resurslari xaritasi tuzildi.
Xarita yer yuzasidan 84 metr balandlikdagi ma`lumotlarga asoslanadi. Ushbu xaritadagi ma`lumotlar bo`yicha shamol tezligi 5,0 m/sek dan 6,5 m/sek va undan katta bo`lgan hududlar mamlakatimiz umumiy maydonining 70-75 foizini, shamol tezligi 3,0 m/sek dan 5,0 m/sek gacha bo„lgan hududlar 20-25 foizni va shamol tezligi 2,5 m/sek dan kam bo`lgan hududlar 5 foizga yaqin hududlarni egallaydi. Ushbu raqamlar respublikaning 95 foiz hududida shamol energiyasidan foydalanish mumkinligini bildiradi.
Mamlakat qonunchiligiga ko`ra, muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari berilgan. Ya`ni,uy-joylarda amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan to`liq uzilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan jismoniy shaxslarni mol-mulk solig`i va yer solig`idan ozod qilish.
Ko`rinishidagi imtiyoz mavjud. Imtiyoz muqobil energiya manbalari o`rnatilgan oydan boshlab 3 yil muddatga taqdim etiladi. Energiya ta`minoti tashkilotlarining tegishli ma`lumotnomasi imtiyozni qo`llash uchun asos hisoblanadi.
BAAning «Masdar» kompaniyasi Zarafshonda shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. 2024 yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur stansiya 1,5 mln xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.
Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. Mazkur stansiya Navoiy viloyatining Zarafshon tumanida joylashadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
«Masdar» kompaniyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o‘rtasida qurilayotgan elektr stansiyasining loyihaviy quvvatini 500 MVtdan 1,5 GVtgacha oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.
Ma’lumotga ko‘ra, loyiha quvvatining 1,5 GVtga oshirilishi kelgusida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan shamol elektr energiyasi miqdorini 3 GVtga yetkazish va muqobil energiya manbalarining mamlakat umumiy energiya balansidagi ulushini 26 foizga yetkazish maqsadlariga erishishga imkon beradi.
500 MVt quvvatga ega loyiha 500 mingta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishni va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 mln tonnaga kamaytirishni ta’minlab berishi ko‘zda tutilgan edi.
Endilikda bu raqamlar mos ravishda 1,5 mln xonadonga ko‘payib, karbonat angidrid chiqindilari 3,3 mln tonnaga qisqartiriladi, deyiladi xabarda. «Masdar» Abu-Dabi Hukumatining «Mubadala Investment Company» investitsiyaviy xolding sho‘ba kompaniyasi va dunyoning qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchi yetakchi xalqaro kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan investitsiya loyihalari portfeli qayta tiklanadigan manbalardan 4000 MVtdan ko‘proq elektr energiyani ishlab chiqarish uchun o‘rnatilgan uskunalarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda «Masdar» 30 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatadi.
“ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quriladigan 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi (ShES) loyihasi bo‘yicha bitimlar imzolandi. Loyiha qiymati 108 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Loyihani amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MChJ kompaniyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish shartnomasini imzolagan. Shuningdek, “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MChJ va “ACWA Power” kompaniyalari Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim (GSA) ham tuzgan.
Nukus shamol elektr stansiyasi loyihasi Oʻzbekistondagi birinchi shamol energetikasi loyihasi boʻlib, uning investori ochiq tender natijalariga koʻra tanlangan “ACWA Power” kompaniyasi bir kVt.soat elektr energiyasi uchun 2,5695 sent tarifini taklif qilib, tenderda gʻolib chiqdi. Loyihani amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MCHJ kompaniyasi “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish shartnomasini imzoladi. Shuningdek, “ACWA Power Wind Karatau FE LLC” MCHJ va “ACWA Power” kompaniyalari Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimni (GSA) imzoladilar.
Hujjatlarni imzolash marosimida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vakillari ishtirok etdi.
Nukusdagi shamol elektr stansiyasi Oʻzbekistondagi toʻrtinchi “ACWA Power” loyihasidir. Kompaniya, xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining Sirdaryo viloyatida ikkita bugʻ-gaz qurilmasiga ega issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasini amalga oshirishda hamkor hisoblanadi.
Nukus shamol elektr stansiyasi uchun elektr energiyasini sotib olish boʻyicha shartnomaning imzolanishi mamlakatimiz va kompaniyamiz uchun yana bir muhim yutuq boʻldi, — dedi “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Mohammad Abunayan. — Chunki bu Oʻzbekiston hukumati bilan oʻsib borayotgan aloqalarimizni va mamlakatning energetika sohasida liberal bozorga oʻtish jarayonini jadallashtirish boʻyicha majburiyatimizni mustahkamlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ushbu SHES loyihasi Oʻzbekiston hukumatining mamlakat energetika balansini diversifikatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda quvvatini oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 2026-yilga borib quyosh va shamol energiyasining umumiy quvvati 8 GVtni tashkil etishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
4-Rasm



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə