Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “ Muqobil energiya manbalarining xalq xo`jaligidagi ahamiyati”


Dunyodagi eng yirik Ofshor shamol elektr stansiyasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə3/9
tarix19.02.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#101087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tabiat kurs ishi Tursunov Beg`am

Dunyodagi eng yirik Ofshor shamol elektr stansiyasi.
2-Rasm

Muqobil energiya manbalari.
2.MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING XALQ XO`JALIGIDAGI AHAMIYATI
Muqobil energiya manbalarining energetik salohiyati yuqoridir. Ammo ulardan keng foydalanish ma`lum bir qiyinchiliklar –noananaviy energiya manbalaridan foydalanish bo`yicha texnik qarorlarning tajriba-sanoat tavsifi va iqtisodiy cheklovlar bilan bog`liq. Dunyoda bunday texnologiyalarni qo„llashning samarador va arzon qiymatli misollari juda ko`p, ammo ulardan foydalanish ushbu sohada ilmiy-texnik qarorlarning qimmat ekanligi bilan baholanadi. Ko`mir va mazutning yetarli darajadagi xususiyati ular sifatining pastligidir. Aslida suyuq yoqilg`i – bu tarkibida oltingugurt miqdori yuqori bo`lgan mazutdir.
Har bir davlatda atrof-muhit ham ichki, ham tashqi ob`ektlar hisobiga ifloslanadi. Azot, oltingugurt oksidlari va boshqa zararli moddalar birdavlatdan ikkinchisiga o`tadi.
Ko`pgina davlatlarda ekologik vaziyat ushbu hududlarda turli chora-tadbirlar
amalga oshirilishiga qaramay dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlari bo`yicha hech qaysi bir davlat bugungi kunda ekologik pozitsiya bo`yicha normal sharoitga ega emas. Baholashning 5 ballik shkalasi bo`yicha “4” koeffitsientini Belgiya, Yaponiya, AQSh va Shvesiya davlatlarigina olgan. Elektr stansiyalari atrofidagi havo va yer hududlarining to`liq tutib olinmayotgan kul bilan ifloslanishi yoqilayotgan ko`mirning yuqori kulliligi bilan aniqlanadi, bunda elektrfiltrlar kulni tutib olish imkoniyatiga ega emas. Albatta bunda insonlar salomatligiga va atrof-muhitga ta`sir mavjud. Qattiq yoqilg`idan foydalanish bosqichida shakllanadigan yana bir ahamiyatli zararli omil sifatida elektr stansiyalari va boshqa energetika inshootlaridan bug` gazlari bilan atmosferaga chiqarilayotgan oltingugurt birikmalarini ko`rsatish mumkin. Oltingugurt birikmalari o`simlik dunyosiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Birlashgan millatlar tashkilotining ma`lumotga ko`ra, 0,1-0,2 mg/m³ miqdorida oltingugurt angidridining mavjudligi o`simliklarning o`sishini 10 %ga, 0,2-0,5 mg/ m³ miqdorida bo`lishi 29 %ga va 0,5 mg/ m³ miqdoridan ortiq bo`lishi 48%ga qisqartiradi. Yoqilg`i va elektr stansiyalarining bug„ gazlarida mavjud oltingugurt birikmalari, o`z navbatida, energetik inshootlar, uskunalar, shuningdek metall buyumlar va boshqa materiallarga salbiy ta‟sir ko`rsatadi. Buning natijasida, sulfat kislota barcha obyektlarning korroziyasini tezlashtiradi. Sanoat rivojining zamonaviy bosqichida va transport turlarining doimiy o`sish sharoitida bugungi kunda havoning tozaligi bo„yicha ishlab chiqarish talablariga javob beradigan hududlarni aniqlash ancha qiyin. Shuning uchun ushbu ishlab chiqarish hududlari uchun oltingugurt elementlari va boshqa birikmalardan havoni tozalash ishlab chiqarishning raqobatbardoshliligini pasaytirishga ta`sir ko`rsatuvchi nisbatan katta moliyaviy xarajatlar bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha texnologik jarayon sifatida qaraladi.
Yuqorida qayd etilgan ifloslantiruvchilarning solishtirma va summar chiqarilishi elektr stansiyalarida qo`llaniluvchi yoqilg`ining sifati pastligi va yoqilg`ini yoqish jarayonining ayrim bosqichlarini texnik jihatdan takomillashmaganligi bilan aniqlanadi.
Atrof-muhit holatining yomonlashishi aholi kasallanishining o`sishiga olib keladi. Meditsina xodimlarining fikricha, barcha kasalliklarning yarmidan ko`pi atrof-muhitning kimyoviy, fizik va biologik omillarining zararli ta`siri orqali kelib
chiqadi.
Masalan, havoda oltingugurt birikmalarining mavjud bo`lishi nafas olish organlari va yurakning faol kasallanishiga, shuningdek inson hayotining davomiyligini qisqarishiga olib keladi. Ushbu haqida Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining materiallari, xususan Norvegiya, Fransiya, Chexoslavokiya va boshqa bir qator davlatlar misolida isbotini topgan.
Bugungi kunda sanoatning ko`mir va energetik tarmoqlarining rivojlanishida
ekologik omil yetakchi ta`sir ko`rsatuvchi omil bo`lib qolmoqda. Ko`pgina davlatlarda ifloslanishning oldini olish va zararni kamaytirish maqsadida havo havzasini muhofaza qilish bo`yicha maxsus qonunlar qabul qilingan, jumladan ularda havodagi zararli moddalarning yo`l qo`yiladigan konsentratsiyalari (YQK) belgilab qo`yilgan. Ifloslantirishning yo`l qo`yiladigan me`yorlariga rioya qilish nafaqat atrof-muhit ifloslanish darajasining pasayishiga, balki turli mahsulotlar – oltingugurt, sulfat kislotasi, gips va boshqa moddalarni ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasini kengaytirish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, bugungi sanoat rivoji sur‟atining ortishi va aholi iste`molining doimiyligi sharoitida YoEMning atrof-muhitga salbiy ta`siri yuqori darajada bo`lib qolaveradi. Yuqorida qayd etilgan muammolar YoEM tarmoqlarida resurs tejamkorligi sohasida bir maqsadga yo`naltirilgan siyosatni, birinchi navbatda, energetik resurslarni tejashga va ularning sifat tavsifini oshirishga yo`naltirilgan siyosatni yuritish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, yoqilg`i- mineral xomashyo resurslarini qazib chiqarish korxonalarini iqtisodiy ekologik rivojlantirish variantlarini shakllantirish va ishlab chiqarish quvvatlarining takror ishlab chiqarish hamda ijtimoiy-ekologik xarajatlarini minimallashtirishning maqsadli funksiyasi orqali tuziladigan iqtisodiy-matematik model asosida amalga oshirish amaliy ahamiyatga egadir. Shuning uchun yoqilg`i-mineral xomashyo resurslarini qazib chiqarish korxonalari faoliyatida integratsiyalashgan iqtisodiy-ekologik tizimlarni joriy etish va foydalanishning samaradorligini baholash usullari
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi kunda dunyo bo`ylab taxminan 3 milliard kishi oddiy pechkalar, o`tin, hayvonlarning go`ngi, ko`mirni yoqish orqali olovdan foydalanib, uylarni isitadi. Rivojlanayotgan davlatlar sanoatlashgani sari, ularning ishonchli elektr energiya ta`minotidan foydalanish darajasi oshib boradi. Rivojlanish jarayoni kuzatilayotgan mamlakatlarda esa energiyadan foydalanish tobora kuchayib boradi, chunki daromad manbaining oshishi o`rta sinfning rivojlanishi va natijada turmush tarzining yaxshilanishiga bevosita bog`liqdir. Yer yuzida yashovchi aholi iste‟mol qiladigan birlamchi energiya ta‟minotining beshdan bir qismi shamol, quyosh, gidro va geotermal kabi qayta tiklanuvchi manbalardan olinadi. Ushbu sektor 2040-yilgacha har yili 2.6% o`sishni davom ettirishi kutilmoqda. Yaqin vaqtgacha qayta tiklanadigan energiyaning asosiy manbai gidroelektroenergetika hisoblanardi. Hozirgi kunda shamol va quyosh energiyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Ko„pgina mamlakatlarda olimlar, sohaning yetuk mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar yangi fotovoltaik hujayralar ustida izlanishlar olib borishmoqda, ular egiluvchan panellarga bosib chiqarilishi mumkin, bu esa quyosh energiyasi xarajatlarini kamaytirishiga olib keladi. Shamol va quyosh energiyasi ob-havoga va kunning yorug` vaqtiga juda bog`liq bo`lib quyosh sharoitida, ular talab yuqori bo`lgan vaqtlarda elektr energiyasining asosiy kismini
ishlab chikarishi shart bo`lmaydi. Hozirgi kunda ko`pgina davlatlar energiya ishlab chiqarishning yanada ishonchli manbalarini zaxirada saqlash orqali bu bilan kurashmoqdalar. Bu atom, gaz va xatto ko`mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalarining ishlamay yoki past darajada ishlayotganini anglatadi, ammo shamol bo`lganda yoki quyosh ufqning ostiga tushib qolganda ishlab chiqarish yuqori darajaga ega bo`ladi. Dunyodagi eng yirik neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar AQSh, Saudiya Arabistoni va Rossiya hisoblanadi. AQSh 2019-yilda dunyodagi eng ko`p neftni qazib oldi, kuniga o`rtacha 17 million barrel neft ishlab chiqardi. Saudiya Arabistoni va Rossiya ikkinchi va uchinchi yirik ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, neft eksportining eng yuqori mamlakatlar qatoriga kiradi. Bundan farqli o`laroq, hozirgi vaqtda eng katta quyosh energiyasini ishlabchiqaruvchi mamlakatlar esa Xitoy, AQSh, Yaponiya va Germaniya, shuningdek, dunyoda shamol energiyasi bo`yicha etakchi mamlakatlar Xitoy, AQSh va Germaniya xisoblanadi. Mamlakatimizda yoqilg`i-energetika sohasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning ana‟naviy usuldan noa`ananaviy usulga ya`ni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olish bo`yicha ishlarning kengaytirish va ushbu sohaning yetakchi mamlakatlarda qo`llanilgan tajribalarni qo`llash kelajakda elektr energiyaga bo `lgan talabni qondiradi hamda atrof muhitga zarar yetkazilmaydi. O`zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining murakkab ilmiy asos talab
etishi va qimmatligiga qaramay, ushbu energiya turlarini rivojlantirishga jiddiy kirishgan. 2016-yilning aprel oyida O`zbekistonda MDH hududidagi birinchi eng yirik deb e`lon qilingan quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. 1,2 megavatt quvvatga ega mobil quyosh elektr stansiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining ENESOL kompaniyasi yordamida barpo etildi va ishga tushirildi. Yangi stansiya Buxoro viloyatining Qandim tumanidagi Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasiga tegishli gaz konlari va qurilish ob`ektlarini elektr energiyasi bilan ta`minlashi zarur. Quyosh stansiyasining quvvati 1,5 ming nafar kishi istiqomat qiladigan aholi punktini uzluksiz energiya bilan ta`minlaydi. O`zbekistonda havo bir yilda 320kundan ziyod ochiq bo`lib, mamlakat quyosh energiyasining salohiyati 51 milliard tonna neft ekvivalentidan ortiqdir. Bu quyosh energiyasini turlicha miqyosda va har xil maqsadlarda – elektr energiyasini ishlab chiqarish, issiq suv ta`minoti vaisitish, quduqlardagi suvni chuchuklashtirish va tortib olish, meva va sabzavotlarni quritish va shu kabi ko`plab maqsadlar uchun qo`llash imkonini bergan bo`lardi.
Mutaxassis olimlarning hisoblari bo`yicha, sayyoramizning shamol energiya
potensiali jahonda hozir ishlatilayotgan elektr energiya hajmiga nisbatan 30 marotaba katta. Bu yer yuzasiga yaqin havo qatlamidagi, ya`ni 100 metr shamol energiyasining imkoniyati hisoblanadi. 100 metr va undan balandda shamol tezligi kuchli va undagi energiya beradigan shamol quvvatining imkoniyati yanada katta. O`zbekiston ham shamol resurslariga boy hududlardan hisoblanadi. Mutaxassislarning hisobi bo`yicha respublikamizda yer yuzasiga yaqin havoda (10 metr balandlikda) esadigan shamolning elektr energiya beradigan quvvati hozir mamlakatimizda bir yilda ishlab chiqilayotgan elektr energiyaning 25 foizini tashkil qiladi. Agarda 100 metr balandlikkacha shamoldan elektr energiya olinsa, hozirgi jami ishlatilayotgan elektr energiyaga nisbatan kattaroq miqdorda elektr energiya olish mumkin.



Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə