Tabiatshunoslik



Yüklə 16 Kb.
səhifə2/4
tarix15.04.2023
ölçüsü16 Kb.
#105726
1   2   3   4
IV sinfda Tabiatshunoslik fanini oʻqitishda oʻquvchi ekologik tafakkurin

Ключевые слова: естествознание, экологическое мышление, дидактические требования, экологическое сознание, экскурсия.
Kirish:
Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning bilim olishi, koʻnikma va malakalarining shakllanishi ularning dunyoqarashini o'stirilishi, ijodiy izlanishlarining rivojlanishi, oʻqituvchi bilan birgalikda oʻqitish metodlari, vositalari, shakllari yordamida takomillashadii. IV sinf oʻquvchilariga "Tabiatshunoslik" darslarida oʻqituvchi oʻquvchilarda muayyan bir tushunchalarni shakllantirish uchun oʻquv materialini koʻrgazmali vositalardan samarali foydalanib tushuntirishi, oʻqituvchining yеtkazgan axboroti va uning yordamida shu mavzu ustida mustaqil izlanishi, ishlashi natijasida oʻquvchilar sezgi aʼzolari asosida qabul qiladilar.
IV sinf oʻquvchilarga "Tabiatshunoslik" fanini oʻqitishda ekologik tafakkurni rivojlantirishda tabiat to'g'risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat jismlari va hodisalari, oʻsimlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatlikni muhofaza qilish, yilning fasllarida qishloq xoʻjalik mehnati haqida tasavvur va tushunchalar, oddiy jugʻrofiya tasavvur hamda tushunchalar kiradi. Atrofdagi olam bilan ilk marta tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslanadi.
Material va tadqiqot usullari:
Ekologik tafakkur va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. IV sinf oʻquvchilariga "Tabiatshunoslik" fanini oʻqitishda ekologik tafakkurni takomillashtirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bogʻliqdir. Agar bu muammo oilada toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa, uni maktablarda, keyingi taʼlim bosqichlarida, shuningdek mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin kechadi.
Ekologik tafakkurni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- oʻquvchilar tabiatning mohiyatini, jamiyat bilan aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarini bilishlari, ekologik bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari;
- tabiat, uning tarkibiy qismlarini anglash, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarini tushunib yetishi;
- tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, uning tozaligini asrash, tabiiy boyliklarni koʻpaytirish tadbirlarida faol ishtirok etishini shakllantirish.
Tabiiy sharoitlarda kuzatishlarni olib borish, kichik amaliy tajribalarni oʻtkazish, bu kabi tajribalarni tizimli shaklda amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek mazkur oʻrinlarda oʻquvchilarning mustaqilliklarini taʼminlash, ularni oʻz fikrlarini mustaqil bayon qilishga ragʻbatlantirish ularda nafaqat faollikni shakllantiradi, balki mavjud bilim darajasini oshiradi, uni mustahkamlaydi va barqarorlashuviga olib keladi. Natijada oʻzlashtirish va sifat-samaradorlikka erishiladi. Mana shunday vaziyatni yuzaga keltirish, uni samarali amalga oshirish yordamida biz muhim maqsadimizga erishamiz.
IV sinfda "Tabiatshunoslik" fanini оʼrganish kоʼp tomondan yosh avlodni estetik tarbiyalashga yordam beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning shakllanishiga yanda yuqori darajada tarbiyaviy natija kоʼrsatadiki, pedagogning taʼsiri u bilan tenglasha olmaydi. Tabiatshunoslik fanini оʼrganishda estetik tarbiyaga hamma оʼquv tarbiya jarayonining uzviy qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok etish estetik qabul qilish va hissiyotlarni оʼz ichiga oladi.
Tabiatni muhofaza qilish odam va tabiat o'rtasidagi munosabat shakli hisoblanib, atrofdagi tabiiy muhit, hamda Yer atmosferasi, oʻrmon va suvlar tozaligi, yer osti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi turlari xilma-xilligi va tabiiy resurslarni saqlash, qayta tiklash hamda ulardan oqilona foydalanish boʻyicha chora- tadbirlar majmui hisoblanadi.
Asosiysi shundan iboratki, tabiatshunoslik darslari oʻquvchilarni bilim bilan boyitibgina qolmasdan, balki Vatan uchun iftixor tuygʻularini ham mustahkamlaydi. Tabiatshunoslik darslarida, shuningdek tirik tabiat burchagi, maktab oldi uchastkasi va boshqalarda amaliy ishlar bajarish mobaynida kichik yoshdagi maktab o'quvchilari oddiy asboblarni ishlata olish, kuzatish va oddiy tajribalar oʻtkazish to'g'risida amaliy oʻquv, shuningdem koʻnikmalarga ega boʻladilar.
Boshqacha qilib aytganda, tabiatni muhofaza qilish tabiiy landshaftlarning muhit va resurs hosil qilish imkoniyatini, xilma-xilligini va tiklanmaydigan resurslar saqlanishini taʼminlovchi chora-tadbirlar tizimining umumiy ifodasi. Keyingi yillarda "tabiatni muhofaza qilish" tushunchasi bilan birga "atrof-muhitni muhofaza qilish" yoki "atrof-muhit muhofazasi" tushunchasidan ham keng qo'llanilmoqda.
Shuni alohida aytish joizki, tabiatga ekologik madaniy munosabat stixiyali tarzda paydo bo'ladigan voqea emas. U insonning tabiatga nisbatan moddiy munosabati va maʼnaviy madaniyatning tarkibiy qismi tarzida atrofimizni oʻrab turgan ijtimoiy-madaniy muhit taʼsiridagi ekologik mеrosning tarixiy rivojlanish jarayoni natijasidir.
O'quvchilarning tabiatga boʻlgan munosabatiga ularning psixologik holati ham yuqori taʼsir qiladi, bunday hollar sayohatlar, kuzatishlar, amaliy ishlar, oʻqituvchining jonli hikoyalari vaqtida vujudga keladi. Shunga koʻra oʻquvchilar shaxsiga taʼsir qilish, ular bajargan ishlaridan xursandchilik va qanoatlantiruvchi oʻquv faoliyatiga jalb etish, darsda oʻqituvchi faoliyatining darkordir.
Ekologik ong darajasi ekologik munosabatlarning takomillanish xususiyatlariga muvofiqdir. Ekologik munosabatlar, bir tarafdan, ekologik ongning moddiylashuv jarayoni boʻlsa, ikkinchi tomondan, u ekologik munosabatlarning obʼеktiv va subʼеktiv mavjudlik shart-sharoitlarini aks ettiradi. Shuning uchun ekologik ong va ekologik munosabat bogʻlanishlarini sabab-oqibat tarzida qarash maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari ekologik ongning takomillanishi ekologik munosabatni haraktеrlovchi mеxanizmga bogʻliq. Binobarin, har qanday voqea, mеhnat, tеxnika, tеxnologiya, fan va madaniyat bilan bogʻliq ekologik ehtiyojlarga borib taqaladi. Bunda ekologik munosabatlar ekologik ehtiyojlarni qondirishning tеxnologik jarayoni sifatida qaralmogʻi kerak. Yaʼni ushbu ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar inson ehtiyojlarini qondirish vosita va usullarini tashkil qiladi. Tabiatga amaliy va nazariy munosabatlar inson maʼnaviy faoliyatining hamma yoʻnalishlari bilan dialеktik bogʻlangan jarayonni tashkil qiladi.
"Ekologiya va barqaror rivojlanish" fanini oʻrganish jarayonida o'quvchilarning ekologik kompetensiyalarini rivojlantirish eng samarali sanalgan ilmiy tamoyillarga asoslanadi. Tizimli tamoyil ekologik bilim va ekologik faoliyat koʻnikmalarini tizimli tarzda olishga qaratilgan. "Ekologiya va barqaror rivojlanish" fanining mazmunini tanlashning uzluksizligi prinsipi o'quvchilar tomonidan taʼlim jarayonida ekologik bilimlarni olishning uzluksiz xususiyatini taʼkidlaydi.
Tabiatshunoslikni oʻqitish metodikasi faqat oʻqitish jarayonini taʼriflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, oʻqituvchi ularga asoslanib, shu fan to'g'risida o'quvchilarni muvaffaqiyatli shaklda oʻqitishi mumkin. Tabiatshunoslikni oʻqitish metodikasi Oʻqituvchining tayyorlanishidan tortib, to oʻquv materialini oʻzlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha hamma oʻqitish jarayonlarini oʻz ichiga oladi.
Foydali qazilmalar mavzusi 4- sinfda oʻrganilishi hisobga olinib, dasturda ular belgilari boʻyicha quyidagicha guruhlarga boʻlingan:
1) qurilish materiali sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar;
2) yoqilgʻi sifatida ishlatiladigan foydali qazilmalar;
3) madaniy oʻgʻitlar olish uchun foydalaniladigan qazilmalar;
4) Oʻzbekiston metall qazilmalari.
Materialni mustahkamlash uchun oʻqituvchi namoyish qilgan va oʻquvchilarning oʻzlari oʻtkazgan tajribalarning rasmini chizish yoki ularni taʼriflab yozish, baʼzi hollarda uni ham, buni ham bajarish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talab etuvchi tajribalarni oʻqituvchining oʻzi oʻtkazadi. Har qanday tajribani boshlashdan oldin oʻquvchilarga uning niyatini, tajriba oʻtkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligini yaxshilab tushuntirish, tajribaning oʻtkazilishini hikoya qilib berish rejasini yozish darkor.
Nazorat topshiriqlarni dasturlashtirish tamoyili oʻquvchilarning ogʻzaki javoblarini shartli ifodalar — raqam yoki chiziq boʻlaklari koʻrinishidagi javoblar bilan almashtirishdan iboratdir. Ularning afzalligi shundaki, ular oʻtilgan dastur materialini har bir oʻquvchi tarafidan odatdagi tekshirishdagiga qaraganda koʻp ko'rinishda oʻzlashtirish darajasini ozgina vaqt ichida aniqlashga imkon beradi.
Ekskursiyalar darslar bilan uzviy bogʻlanadi, ekskursiyada koʻrilgan obyektlar kurs mobaynida koʻp marta esga olinadi, toʻplangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda oʻquvchilar avval olgan bilimlarini qoʻllab, topshiriqlar boʻyicha mustaqil kuzatishlar oʻtkazadilar va material yigʻadilar.

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə