Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

LAMPOCHKALARNING 
ULANISH SHAKLLARI
Xonadonlarimizda lampochkalar elektr zanjiriga qanday ulanganligini bilasizmi?
Tok manbaiga bir nechta lampochkalar ulanishi mumkin. Lampochkalar zanjirga ikki 
xil ulanadi: ketma-ket va parallel.
Ketma-ket ulanish
Rasmda ikkita lampochkaning elektr zanjirida ketma-ket ulanishi va uning elektr 
sxemasi keltirilgan. 
Ikki va undan ortiq iste’molchilarning birin-ketin ulanishi ketma-ket ulanish deb 
ataladi. Ketma-ket ulangan zanjirda elektr energiyasi birinchi iste’molchidan ikkinchi 
iste’molchiga uzluksiz o‘tadi. Agar iste’molchilarning biri (lampochka) ishlash jarayonida 
yaroqsiz bo‘lib qolsa, elektr toki zanjir bo‘ylab oqmay qoladi. Natijada lampochkalar 
yonmaydi.
Parallel ulanish
Rasmda ikki lampochakaning elektr zanjirida parallel ulanishi va uning elektr sxemasi 
keltirilgan. 
Ikki va undan ortiq iste’molchilarning bir uchi A nuqtaga, ikkinchi uchi B nuqtaga 
birikib zanjirga ulanishi parallel ulanish deb ataladi. Parallel ulanganda zanjirda elektr 
energiyasi barcha iste’molchilarga uzatiladi. Agar iste’molchilarning biri (lampochka) 
ishlash jarayonida yaroqsiz bo‘lib qolsa ham, elektr toki zanjir bo‘ylab oqadi. 
Bizga kerak
Bajarish tartibi

tok manbai – galvanik 
element,

patronga o‘rnatilgan 
ikkita lampochka, 

uzib-ulagich va 
ulovchi simlar. 
Ketma-ket ulash
1. Tok manbai, elektr lampochka, uzib-ulagich va ulovchi 
simlarni oling. Ulovchi simlarning himoya qatlami mavjudligiga 
e’tibor bering.
2. Rasmda ko‘rsatilgandek, elektr lampochkalarni ketma-ket 
ulab, zanjirni yig‘ing va uzib-ulagichni ochiq holatda qoldiring. 
3. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating va xulo
-
sa chiqaring.
4. Zanjirdagi uzib-ulagichni uzing.
5. Patronlarning biridan lampochkani oling.
6. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating va xulo
-
sa chiqaring.
Parallel ulash
1. Tok manbai, elektr lampochka, uzib-ulagich va ulovchi 
simlarni oling. Ulovchi simlarining himoya qatlami mavjudligiga 
e’tibor bering.
2. Rasmda ko‘rsatilgandek, elektr lampochkalarni parallel 
ulab, zanjirni yig‘ing va uzib-ulagichni ochiq holatda qoldiring. 
3. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating va xulo
-
sa chiqaring.
4. Zanjirdagi uzib-ulagichni uzing.
5. Patronlardan biridan lampochkani oling.
6. Zanjirdagi uzib-ulagichni ulang. Jarayonni kuzating va xulo
-
sa chiqaring.
Jarayonlarni taqqoslang
1. Xonadoningizdagi qandil (osma chiroq)da lampochkalar qanday ulanadi? 
2. Archa bezaklari uchun ishlatiladigan chiroqlar qanday ulangan?


184
185
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR
12-bob. ELEKTR VA MAGNIT HODISALAR

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə