Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

-
MODDA VA 
UNING XOSSALARI
5-MAVZU.
 
MODDA TUZILISHI
Moddalar qanday holatda bo‘ladi?
Tabiatda moddalar gaz, suyuq va qattiq holatda uchraydi. 
Gaz xususiy shakl va hajmga ega emas. 
Gazlar idish shaklini va hajmini to‘liq egallay
-
di. Masalan, xonadagi havo. Gaz zarralar
-
dan tashkil topgan bo‘lib, ular to‘xtovsiz va 
tartibsiz harakatlanadi. 
Suyuqlik biror idishga quyilsa, o‘sha idish shak
-
lini egallaydi. Masalan, olma sharbati stakanga yoki 
piyolaga quyilganda, idish shaklini oladi. 
Qattiq jismlar xususiy shakl va hajmga ega.
Masalan, yog‘och qattiq jism, shuning uchun 
qattiq jismlar – stol, qalam va ruchka kabilar 
shaklini o‘zgartirmaydi.


16
17
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
AMALIY MASHGʻULOT
6-MAVZU. MODDANING UCH 
HOLATINI KUZATISH
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi

3 ta plastik idish (stakan), 

suv, 

qum 
1. Birinchi stakanda havo bor.
2. Ikkinchi stakanga suv quying.
3. Uchinchi stakanga qum soling. 
4. Uchala stakandagi moddalar joylashuvini kuzating.
5. Guruhlarga bo‘linib muhokama qiling.
Moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘lishi moddaning tuzilishiga bog‘liq. Har bir 
modda o‘ziga xos xususiyatga ega. Moddalar ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda zarrachalar
-
dan tarkib topadi. 
Moddaning molekulasi shu moddaning juda mayda zarrachasidir. Suvning juda mayda 
zarrachasi – suv molekulasidir.
Moddaning turli ko ‘rinishlarini o‘rganish maqsadida quyidagi tajribani o‘tkazamiz.
Zarralarning xossalarini qanday tushuntirish mumkin?
Moddaning zarralari o‘zgarmaydi. Barcha suv zarralari uchta holatda (qattiq, suyuq, 
gaz) ham bir xil. Ammo zarralarning joylashishi, harakati va ularning o‘zaro ta’sirlashuvi
har bir holatda turlicha bo‘ladi.
1. Yonib turgan shamni kuzating. Undan oqib tushayotgan suyuqlik ma’lum vaqtdan 
soʻng qotadi. Bu jarayonni qanday izohlaysiz?
2. Un, shakar va tuz zarralarini taqqoslang.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə