Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

binar nomenkla-
tura
deyiladi. 
O‘simliklar tur va turkum nomi bilan nomlanadi
Tur nomi
Turkum nomi
targ‘il
lola
Hayvonlar tur va urug‘ nomi bilan nomlanadi
Tur nomi
Urug‘ nomi
qo‘ng‘ir
ayiq
Kelib chiqishi jihatdan ma’lum darajada bir-biriga yaqin va boshqa taksonomik guruhlar
-
dan tuzilishi bilan farq qiladigan organizmlar guruhlari 
taksonomik birliklar
deyiladi. 
1.
 
Tirik organizmlarni sistemaga solishning qanday ahamiyati bor?
2. Atrofingizdagi buyumlarni, masalan, sinf xonasi, oshxona, yotoqxonadagi buyumlar
-
ni sistemaga soling.
Siz qancha o‘simlik turini bilasiz? Sizga ma’lum 
 
hayvon turlari nomlarini aytib bering. Yer yuzida tirik 
organizmlarning nechta turi mavjud? Tirik organizmlar 
sonini hisoblang. 
Tabiatda har bir organizm ma’lum bir turga mansub. 
Turlar bir-biridan farq qiladi. Siz qoqio‘tni atirguldan,
olmani nokdan, kapalakni asalaridan, yo‘lbarsni arslon-
dan osongina farqlaysiz. 
Yo‘lbars va arslon sutemizuvchi hayvonlardir. Ular 
qaysi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
Kapalak va ari hasharotlardir. 
Ular qaysi jihatlari bilan bir-biri-
ga o‘xshaydi? 
17-MAVZU.
 
O

SIMLIKLAR DUNYOSI
O‘simliklar qanday sistematik guruhlarga ajratiladi?
O‘simliklar ko‘p hujayrali organizmlardir. 
Ular avtotrof usulda oziqlanadi, ya’ni fotosin
-
tez jarayonida xlorofill pigmenti ishtirokida 
anorganik moddalardan organik moddalarni 
sintezlaydi. 
Fotosintez jarayonida suv va karbonat 
angidriddan uglevodlar hosil bo‘ladi. O‘sim
-
liklar minerallarni tuproqdan o‘zlashtiradi. 
Uglevod va minerallar ishtirokida o‘simliklar 
o‘zi uchun zarur oqsil hamda boshqa or
-
ganik moddalarni hosil qiladi. Fotosintez 
jarayonida o‘simliklar atmosferaga kislorod 
ajratadi. 
Fotosintezda hosil bo‘lgan organik 
moddalar nafas olish jarayonida kislorod 
ishtirokida parchalanadi, natijada energi
-
ya va karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Na
-
fas olish jarayonida hosil bo‘lgan energiya 
o‘simlik hayotiy jarayonlari uchun, masalan, hujayralarning bo‘linishi, o‘simlikning o‘sishi 
va rivojlanishi uchun sarflanadi. Nafas olish jarayonida hosil bo‘lgan karbonat angidrid esa 
atmosferaga ajratiladi. 
O‘simliklarni o‘rganuvchi fan 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə