Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Sistematik guruhlar: 
1) karamdoshlar; 2) jag‘-jag‘; 3) oddiy jag‘-jag‘; 4) yopiq urug‘lilar; 
5) ikki urug‘pallalilar.
Jadvalning o‘ng ustuniga mos ravishda tegishli raqamlarni yozing.
Bo‘lim
Sinf
Oila
Turkum
Tur
3. Kelib chiqishi jihatidan “ortiqcha” hayvonni aniqlang.
4. Hayvonlar va ular mansub bo‘lgan sistematik guruhlar o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 
Bo‘shliqichlilar
Chuvalchanglar
Mollyuskalar
Bo‘g‘imoyoqlilar
Xordalilar
5. Qo‘shimcha manbalardan foydalanib biror o‘simlik va hayvon turining sistema-
tikadagi o‘rnini aniqlang. Olgan ma’lumotlaringizni daftaringizda sxema yoki jadval 
ko‘rinishida ifoda eting.
21-MAVZU. 
TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
Hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemasi nima? Tirik organizmlarda qanday jaray
-
onlar sodir bo‘ladi?
Tirik organizmlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, 
ular tuzilish jihatdan o‘xshash. Barcha tirik organizm
-
lar hujayralardan tuzilgan. 
Hujayra 
– barcha tirik organizmlarning tuzilish 
birligi. 
Tirik organizmlar tuzilishiga ko‘ra bir va ko‘p hu
-
jayrali bo‘ladi. Bakteriyalar, oddiy amyoba, tufelka 
infuzoriyasi, xlorella, achitqi zamburug‘i bir hujayrali 
organizmlarga misol bo‘ladi. O‘simlik va hayvonlar 
ko‘p hujayrali organizmlardir. 
Ko‘p hujayrali organizmlar turli funksiyalarni baja
-
ruvchi hujayralardan tashkil topadi. 
4
b o b
-
TIRIK 
ORGANIZMLARNING 
TUZILISHI
Ildizog‘iz meduza 
Tibbiyot zulugi
Tok shillig‘i
Suvilon
Ko‘l baqasi
Butli o‘rgimchak
May qo‘ng‘izi
1 – hujayra qobig‘i;
2 – yadro;
3 – sitoplazma;
4 – vakuola;
5 – xloroplast.
O‘simlik hujayrasi.
O‘simlik, zamburug‘, hayvon, odam hujayralari 
o‘xshash tuzilgan bo‘lib, hujayra qobig‘i, 
sitoplazma va yadrodan iborat
4
4
5
2
2
1
1
1
3
3
3
Amyobaning oziqlanishi
Amyobaning nafas olishi
Amyobaning ko‘payishi
Bir hujayrali organizmlarda oziqla-
nish, nafas olish, ayirish va bosh-
qa hayotiy jarayonlar bitta hu-
jayrada sodir bo‘ladi. 


Har bir hujayra organizmda ma’lum funksiyani 
bajaradi. Masalan, epidermis o‘simlik organlarini hi
-
moya qiladi, o‘tkazuvchi nay hujayralari bo‘ylab suv 
transporti amalga oshadi. Skelet muskullari hay
-
vonlarning harakatini ta’minlaydi, suyak hujayralari 
tayanch funksiyasini bajaradi. 
Ko‘p hujayrali organizmlarda tuzilishi, kelib chiqi
-
shi va bajaradigan vazifasi bir xil bo‘lgan hujayralar 
va hujayralararo moddalar birlashib to‘qimalarni hosil 
qiladi. To‘qimalarni tashkil etuvchi hujayralar bir-biri 
bilan chambarchas bog‘liq holda birgalikda o‘z funk
-
siyalarini bajaradi. 
To‘qimalar o‘z navbatida funksional jihatdan 
bog‘liq holda organlar va organlar sistemalarini ho
-
sil qiladi. Barg, poya, kurtak, asosiy ildiz, yon ildizlar 
o‘simlik organlaridir. 
O‘simlikning barcha ildizlari ildiz sistemasini, barg, poya, kurtak kabi organlar esa birga
-
likda novda sistemasini hosil qiladi. 
Novda va ildiz sistemalarining funksiyalari bir-biri bilan bog‘liq holda yaxlit organizm – 
o‘simlik hayotiy jarayonlarida namoyon bo‘ladi.
Hayvon organlari va organlar sistemalari ham o‘zaro bog‘liq. O‘pka, jabralar nafas olish, 
oshqozon, ichak, jigar ovqat hazm qilish organlaridir. Hayvon organizmida nafas olish jaray
-
onini ta’minlovchi organlar birgalikda nafas olish sistemasini, hazm jarayonini ta’minlovchi 
organlar hazm qilish sistemasini hosil qiladi. 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə