Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Hozirgi zamon fiziologiyasining asosiy muammolari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə3/127
tarix28.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#133877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

4. Hozirgi zamon fiziologiyasining asosiy muammolari

O'simliklar fiziologiyasi fanida keyingi yillardagi tabiiy fanlar yutuqlaridan, xususan fizik-kimyoviy usullardan, xromatografiya, nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrafugalash, spektrofotometriya, rentgen tuzilish analizi va boshqalardan foydalanish natijasida juda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan, o'simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining tuzilishi va tarkibi ham fiziologik funksiyalari, hujayraga moddalarning kirishi va chiqishi jarayonlarida membranalarning ahamiyati va boshqalar birmuncha puxta o'rganildi. Ayniqsa, o'simliklar hujayrasida energiyaning to'planishi va sarflanishi mexanizmlari haqidagi tushunchalar kengaydi. Yashil o'simliklar yer sharidagi boshqa tirik organizmlardan o'zining bir qancha hususiyatlari bilan farqlanadi.


Birinchidan, yashil o'simliklar energiya manbai sifatida yorug'likning elektromagnit energiyasidan foydalanib, ularni organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy energiyaga aylantirish qobiliyatiga ega (fotosintez). Shuning bilan birgalikda, o'simliklar tashqi muhitdan bir qancha anorganik moddalarni o'zlashtirib, ularni hujayradagi moddalar almashinuvi jarayonida energiya bilan boyitadi va organik modda ko'rinishida yer sharidagi barcha tirik mavjudotlar uchun moddiy va energetik asosni yaratadi.
Ikkinchidan, yashil o'simliklar nisbatan yuqori rivojlangan foto assimilyatsion yuzaga hamda yer ostki va ustki organlarining yuqori darajada shoxlanish qobiliyatiga ega. Bu hol o'z navbatida o'simliklarning ildiz orqali tuproqdan suv va unda erigan moddalarning o`zlashtirilishiga, barglar orqali esa atmosfera havosidan oziqlanish doirasining kengayishiga olib kelgan.
Uchinchidan, qishloq xo'jaligida o'simliklarning yangidan-yangi navlarini yaratishda, ekinlarning turli noqulay muhit omillariga nisbatan chidamliligini oshirish va ularning hosildorligini ko'paytirishda, hosil sifatini yaxshilash va ularni saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda.
O'simliklar fiziologiyasida asosan oltita yo'nalish mavjuddir, yani:

  • biokimyoviy yo'nalish-fotosintez va nafas olish jarayonida hosil bo'ladigan turli xildagi moddalarning funksional ahamiyatini o'rganadi. Shu bilan birga o'simliklarni tuproqdan oziqlanish qonuniyatlarini va turli xildagi anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlanish qonuniyatlirini ochib beradi.

  • biofizik yo'nalish-bu hujayra energetikasi masalalarini, o'simlik elektrofiziologiyasini suv rejimining fizik-kimyoviy qonuniyatlarini, o'sish qo'zg'alish hamda nafas olish va fotosintez masalalarini o'rganadi.

  • ontogenetik yo'nalish-bu o'simliklarning yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini, morfogenez hamda o'simliklarni rivojlanishining boshqarish qonuniyatlarini o'rganadi.

  • tadrijiy yoki solishtirma yo'nalish-bu filogenezning hususiyatlarini belgilab beradi. U ontogenezga genotip funksiyasi sifatida qaraydi. Bu belgilar filogenezda kuzatilgan bo'ladi.

  • ekologik yo'nalish-bu o'simlik organizmini ichki jarayonlarini tashqi muhitga bog'liqligini o'rganadi. Masalan: mineral o'g'itlarni qo'llash, yorug'lik va suv rejimini yaxshilash, ekin maydonlarida o'simliklarni taqsimlash va boshqalar. Natijada, o'simliklarda moy, qand, oqsil moddalarini oshirish bilan tashqi muhitning noqulay ta'sirlarga chidamliligini oshiradi.

  • sintetik yoki kibernetik yo'nalish-o'simliklar o'sishining umumiy qonuniyatlarini hamda bir-biriga bog'liq bo'lgan hujayra energetikasini va kibernetikasini o'rganadi. Masalan, oziq organlarning hosil bo'lishi.

O'simliklar fiziologiyasidagi ushbu yo'nalashlarining barchasi o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lib, bir xil miqyosli ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda o'simliklar fiziologiyasi fani oldida turgan vazifalarni umumlashtirib quyidagicha izohlash mumkin.

        1. O'simliklar hayot faoliyati qonuniyatlarini o'rganish.

        2. Qishloq xo'jaligi o'simliklaridan eng yuqori hosil olishning nazariy asoslarini ishlab chiqish.

        3. Sun'iy sharoitda fotosintez jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi moslamalarni yaratish.




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə