Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə6/127
tarix28.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#133877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

YADROCHA. YAdrocha yadroning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib, yorug‘lik va elektron mikroskoplarda juda aniq ko‘rinadi. Uning soni, o‘lchami va shakli o‘simliklarning turlari uchun doimiydir. YAdrocha DNKning ma’lum qismlarida shakllanadi va membrana qavati bilan o‘ralmaganligi uchun uning chegaralari aniq ko‘rinmaydi. Tarkibida suv kamroq bo‘lib, 80 foiz oqsil va 15 foiz atrofida RNK bo‘ladi. YAdrochada RNKning miqdori sitoplazma va yadrodagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, chunki yadrocha RNKni taqsimlovchi asosiy markaz sanaladi. YAdrocha oqsil sintezida va ribosomalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Umuman, yadrocha hujayradagi genetik ma’lumot saqlanadigan asosiy markaz sanaladi.
ENDOPLAZMATIK TO‘R. Mazkur atamani 1945 yil Porter joriy qilgan. Endoplazmatik to‘r kanalchalar, pufakchalar va sisternalarniig o‘zaro tutashligidan iborat murakkab shoxlangan to‘r tizimi ekanligi aniqlangan. Bu sitoplazmada keng tarqalgan va murakkab membrana tuzilmasi bo‘lib, asosan juft membranali kanallar tizimini tashkil etadi. Membrananing qalinligi 5-7 nm atrofida, kanallarning ichki diametri 30-50 nm.gacha. Endoplazmatik to‘r kanaliniig ichi suyuqlik bilan to‘la. Endoplazatik to‘r membranasining yuzasi silliq yoki granulyar (bo‘rtmachali) bo‘ladi. U protoplazma ichidagi moddalarning xarakatini va taqsimlanishini ta’minlaydi.
RIBOSOMALAR. Ribosomalar endoplazmatik to‘rda joylashgan eng kichik organoidlardir. Ular 1955 yilda Palada tomonidan ochilgan. Ribosomalar elektron mikroskopda olingan chizmalarda dumaloq shaklda ko‘rinib, diametri 20-30 nm.gateng. Ribosomalarnin har biri ikkitadan katta va kichik bo‘lakchalardan tuzilgan. Kattasining diametri 12-15 nm, kichiginiki esa 8-12 nm ga teng. Ribosoma bo‘laklari yadrochada sintez bo‘ladi va sitoplazmaga o‘tadi. Sitoplazmada esa matriks RNK molekulasida ribosomalar shakllanadi.
GOLJI APPARATI. Endoplazmatik to‘rning ma’lum qismlarida joylashgan pufakchali qatlamlar Golji apparati deyiladi. Ular endoplazmatik to‘rdan uzilib chiqib ketadigan pufakchalarning o‘zaro qo‘shilishi va o‘zgarishlaridan yuzaga keladi. Turli disk, tayokcha va boshqa shakllarda bo‘lib, xar to‘plamda bir nechtadan joylashgan. Membranasining qalinligi 7-8 nm.ga teng. Har bir o‘simlik hujayrasida bir nechtadan to yuztagacha Golji apparati bulishi mumkin. Golji apparatining membranasi endoplazmatik to‘r va plazmolemma membranalarini tutashtiruvchilik vazifasini bajaradi. Ular metabolitik jarayonda, ya’ni ayrim moddalarniig sintez qilinishi, hujayra po‘sti, vakuola shirasining hosil bo‘lishida va hujayra uchun keraksiz (shilimshik) moddalarning hujayradan chikarib tashlanishida ishtirok etadilar.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə