Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Hujayraning organik va mineral tarkibi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə9/127
tarix28.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#133877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

4. Hujayraning organik va mineral tarkibi.

O‘simlikning tanasi murakkab,tuzilishi nozik bo‘lishi tufayli ularning hayotini yetarli darajada tushinish uchun uning tuzilishi bilan tanishish zarur. O‘simlik hujayrasining kimyoviy tarkibi juda murakkab bo‘lib, organik va anorganik birikmalardan iborat. Ular hujayrada kolloid va erigan holda bo‘ladi. Bu ularda tinimsiz borayotgan modda almashinuv natijasidir. Metabolitik jarayon natijasida o‘simliklar o‘zini o‘rab turgan tashqi sharoit bilan ma’lum munosabatda bo‘ladi va davriy tizimda uchraydigan elementlarning o‘zlashtirilishi natijasida hujayraning organik va mineral tarkibi hosil bo‘ladi. SHu elementlardan 19 tasi tiriklik jarayonining asosini tashkil etadi. Bularning 16 tasi (fosfor, azot, kaliy, kalsiy, oltingugurt, magniy, temir, marganets, mis, rux, molibden, bor, xlor, natriy, kremniy, kobalt) mineral elementlar guruhiga kiradi. Qolganlari (C, H, O) CO2, 02 va H20 xolida qabul qilinadi.Hujayra tarkibidagi 4 ta element — C, H, 0, N organogenlar deyiladi va umumiy miqdorining 96 foizini tashkil etadi. YA’ni hujayraning quruq og‘irligiga nisbatan uglerod — 45foizi,kislorod — 42 foizi, vodorod — 6,5 foizi va azot — 1,5 foizi. Kolgan hamma elementlar 5 foizga to‘g‘ri keladi. O‘simlik tanasida uchraydigan ko‘pchilik elementlarning roli yaxshi o‘rganilgan. Umuman, o‘simlik hujayrasining o‘rtacha 80-85 foizini suv va quruq moddaning og‘irligiga nisbatan 95-96 foizini organik moddalar tashkil etadi. O‘simliklar hujayrasining tarkibiy qismini tashkil qiluvchi organik moddalarning biri oqsillardir. Ular proteinlar ham deyiladi. Bu yunoncha — birlamchi, muxim demakdir. Oqsillar bevosita sitoplazma, yadro plazmasida, plastidalar stromasida va boshqa organoidlarda sintez qilinishi mumkin. Ular o‘simlik hujayrasi tarkibida uglevodlar, yog‘lar va boshqa moddalarga nisbatan kamroqq bo‘lsa ham, modda almashinuvi jarayonida asosiy rol o‘ynaydi hamda sitoplazma va barcha organoidlar tarkibiga kiradi. YOg‘lar bilan birgalikda membranalarning asosiy tuzilmaviy tuzilishini hosil qiladi va ularning tanlab o‘tkazuvchanligini boshqaradi. 0qsillar fermentativ xususiyatga ega, ya’ni barcha fermentlarning asosini tashkil etadi. Ular nixoyatda xilma-xil funksiyalarni bajaradi, kimyoviy tarkibi murakkab yuqori molekulali kolloid birikma bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan.


Oqsillarning elementlar tarkibi: uglerod — 55-56 foiz, vodorod — 6,5- 7,3 foiz, kislorod — 21-24 foiz, azot — 15-17 foiz, oltingugurt — 0-2,4 foiz. Murakkab oqsillarning tarkibida fosfor ham bor, ba’zilarining tarkibida esa yod, mis, marganets kabi elementlar ham uchraydi. O‘simliklarning hamma organlarida oqsil bo‘ladiLekin uning miqdori o‘simlik turlariga va organlariga bog‘liq. Urug‘larda (chigit, kungaboqar va boshqalarda) eng ko‘p uchraydi. O‘simliklarning vegetativ organlarida 5-15 foizgacha bo‘lishi mumkin. Oqsillarning asosiy xossalari ularning molekulalari shakliga bog‘liq. Molekulalar esa shakl jixatidan ikki xil fibrillyar va globulyar oqsillar bladi. Fibrillyar oqsillar. Ularning molekulalari tolasimon tuzilishga ega. Butun palipeptid zanjir bo‘ylab bir-biri bilan ko‘ndalang vodorod bog‘lari orqali birikadi. Ularga sochdagi keratin, ipakdagi fibrolen oqsillari misol bo‘ladi. Globulyar oqsillar. Molekulalari sharsimon yoki ellilsoid shaklida. Ularga ko‘pchilik o‘simliklar, xayvonlar va mikroorganizmlar oqsillari misol bo‘la oladi. Ular suvda eriydi. Ko‘pchiligi fermentlardan va zaxira oqsillardan iborat. Agar oqsillar molekulasiga yuqori harorat, kuchli ultrabinafsha va rentgen nurlari, spirt, og‘ir metall tuzlari ta’sir etsa, u holda vodorod bog‘larining uzilishi kuzatiladi va ular biologik xususiyatlarini yo‘qotadilar. Bu hodisa denaturatsiya deyiladi (tovuk tuxumi isitilganda qotib qolishi bunga misol bo‘ladi). Oqsillar kuchli kislota yoki ishqor eritmasida qaynatilganda peptid bog‘lar uzilib, ayrim aminokislotalarga parchalanishi mumkin.Oqsillar molekulasida peptid, vodorod, disulfid bog‘lar mavjuddir. Peptid bog‘lar (- CO - NH -) oqsillar molekulasini tashkil etgan aminokislotalarni bir-biri bilan bog‘laydi. Bir aminokislota karboksil guruhining ikkinchi aminokislotaning aminoguruhi bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi natijasida peptid bog‘lar hosil bo‘ladi..
Hujayra tarkibidagi oqsillar oddiy proteinlar va murakkab proteidlar bo‘lishi mumkin. Oddiy oqsillar xaqiqiy oqsil deyiladi, chunki ular faqat aminokislotalardan iborat va erish qobiliyati asosida bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Suvda yaxshi eriydiganlari — albuminlar. Bular o‘simliklar urug‘ida zaxira oqsil sifatida (bugdoy, arpa, suli, no‘xat) ko‘p va boshqa organlarida kamroq uchraydi. Globulinlar suvda emas, tuz eritmasida yaxshi eriydi. Bular dukkakli va moyli o‘simliklarning urug‘ida ko‘proq uchraydi. 70 foizli etil spirtida eriydigan prolaminlar va kuchsiz ishqoriy eritmada eriydigan glyuteinlar g‘allasimonlar donida ko‘proq bo‘ladi. Murakkab oqsillar tarkibiga boshqa moddalar (metall atomlari va hokazo) ham kiradi. Bular ham mazkur moddaning xususiyati asosida bir qancha guruhlarga bo‘linadilar:

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə