Tabiiy fanlar fakulteti


Qushlarning sistematikasi



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə22/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Qushlarning sistematikasi
Hozirgi zamonda yashab turgan barcha qushlar yelpigich dumlilar yoki shin qushlar kenja sinfiga kiritiladi va yura davrida yashagan kaltakesakdumlilar yoki qadimgi qushlar kenja sinfiga qarshi quyiladi.
Xozirgi davrda yashovchi tipik qushlar kenja sinfiga 8600 ta tur kiradi va uchta katta turkumga bo`linadi.
Suzuvchilar katta turkumi.
Bu katta turkumga faqat bitta pingvinglar turkumi kiradi. Pingvinglar uchmaydigan, lekin yaxshi suzadigan va sho`ng’iydigan qushlardir. Shu sababli oldingi oyoqlari o`zgarib, suzish organi-kurakka aylangan, suyaklari ichida xavo bo`lmaydi. Patlari yassi, pat gavdasini zich va bir tekis qoplab turadi. Oyoqlari gavdaning keyingi tomonida joylashgan, shu sababli yurganda gavdasini vertikal tutadi. Barmoqlari orasida suzgich pardalari bor.
Pingvinglar asosan Antraktidada tarqalgan bo`lib, ba’zan Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning Janubiy qirg’oqlarigacha suzib boradi. Koloniya bo`lib yashaydi. Yer kavaklariga toshlardan qilingan uyalarga 1-2 ta tuxum qo’yadi. Ba’zilari tuxumini qorinllaridagi teri xaltachasida olib yuradi.
Ko`krak tojsizlar katta turkumi
Bu katta turkumga kiruvchi qushlarning hammasi uchish qobiliyatiga ega emas. Chunki terilarida apteriya yo`q, patlari gruppalarga aniq ajralmagan, yelpigichlarida ilmoqchalar bo`lmaydi. Tush suyagi kichik va yassi bo`lib, unda ko`krak toji suyagi rivojlanmagan. Kukrak va korakoid suyaklari bir-biriga qo`shilib ketgan. Dum bezi yo`q. Oyog’ida 3 ta 2 ta barmog’i bor. Erkaklarida kopulyativ organi bo`ladi.
Hozirgi zamonda yashayotgan ko`krak tojsiz qushlar Janubiy yarim sharda tarqalgan bo`lib, to’rtta turkumga bo`linadi.
Afrika tuyaqushlari turkumi
Bu turkumga faqat bitta tur-afrika tuyaqushi kiradi va hozirgi zamon qushlari o’rtasida eng kattasi xisoblanadi. Katta erkaklarining balandligi 260-275 sm.ga og’irligi 50-90 kg.ga. yetadi. Uchish qobiliyatini butunlay yo`qotgan, lekin tez yuguradi. Oyog’ida faqat ikkita barmog’i bo`ladi. Terisida apteriysi bo`lmaydi. Patlarida ilmoqchalari yo`q. Afrika va Arabistonning cho’l- dashtlarida tarqalgan. Asosan o’simliklar bilan ovqatlanadi. Bitta erkagi 2-5 ta urg’ochisi bilan gala bo`lib yashaydi. Umumiy uyaga urg’ochilarning har biri 7-9 tadan tuxum qo’yadi. Har bir tuxumning og’irligi 1,5 kg keladi. Bitta uyada 15-20 ta, xatto 50-60 tagacha tuxum bo`lib, tuxumlarini kechasi erkagi, kunduzi urg’ochilari navbatlashib 42 kun bosadi. Erkaklarining rul va qanot patlari bezatish uchun ishlatilsa, go’shti va tuxumi ozuqa sifatida ishlatiladi.
2.Amerika tuyaqushlari turkumi
Bu turkumga tuyaqushlarning ikkita turi Janubiy Amerikaning cho’l va savannalarida tarqalgan. Oyog’ida barmoklari uchta. Bo’yinning balandligi 150 sm, og’irligi 30 kg keladi. Bitta erkagi 5-7 ta urg’ochisi bilan gala bo`lib yashaydi. Urg’ochilarining har biri 5-6 ta tuxumini erkagi kovlagan umumiy uyaga qo’yadi. Tuxumlarni erkagi 42 kun davomida bosadi va tuxumdan chiqqan jo’jalarni boqadi. Amerika nandular tuxumi va go’shti uchun ovlanadi.
3. Avstraliya tuyaqushlari turkumi
Bu turkumga kazuarlar va emular kiradi. Emu qoramtir-qo`ng’ir rangda bo`lib, og’irligi 40-55 kg keladi va Avstraliyaning shimoliy- sharqiy qismida va Yangi Gveniya o’rmonlarida kazuarlar tarqalgan. Kazuarlarning og’irligi 80-90 kg keladi, tanasi qora, bo’yin va boshi patsiz. Peshonasida o`tkir shox o`simtasi bor.
Avstraliya tuyaqushlari o’simliklarning vegetativ qismi bilan ovqatlanadi. Bular ham gala bo`lib yashaydi. Tuxumlarining inkubasiya davri 52 kun davom etadi. Nasl uchun qayg’urish amerika tuyaqushlaridagidek faqat erkaklari zimmasiga yuklatilgan.
4.Qanotsizlar yoki kivilar turkumi
Ko`krak tojsiz qushlarning ichida eng kichigi bo`lib, og’irligi 2-3 kg keladi. Ushta turi faqat yangi Zellandiya o’rmonlarida tarqalgan. Qanot skeleti va yelka kamari kuchli reduksiyalangan, oyog’ida to’rtta barmog’i bo`ladi. Burun teshiklari uzun tumshug’ining uchida joylashgan. Ko`zlari nisbatan kichik. Tunda xayot kechiradi. Xasharotlar bilan ovqatlanadi. Urg’ochilari 1-2 ta nisbatan yirik tuxum qo’yadi. Inkubasiya davri 6-7 xafta davom etadi.



Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə