Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə27/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Ovlanadigan qushlar
MDX – qush ovlash bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatimiz bo’yicha 150 tur qushlar ov qilinadi. Shulardan eng ko`pi g’ozsimonlar (48 turi) va tovuqsimonlar (20 tur) xisoblanadi. Hozirgi vaqtda har yili 40-50 mln dona qush tutiladi, g’ozsimonlar asosan G’arbiy Sibir va Shimoliy Qozog’istonda tutiladi. Tutilayotgan qushlarning eng ko`pini (70%) oq kuropatka, ryabchik (6%), kur (5%) tashkil qilsa, qolganini ko’k kuropatka, kaklik va qirg’ovullar tashkil qiladi.
Bulardan tashqari, qushlar ilmiy va estetik axamiyatga egadir. Chunki ular go`zal tabiatimizning ajralmas qismi. Ular o`zining go`zalligi, xarakatchanligi va yoqimli ovozi bilan inson uchun foydalidir.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa aniqqi, aksariyat ko`pchilik qushlar inson xayoti uchun nixoyatda foydalidir, shu sababli ularni har tomonlama mudofaa qilish kerak, YUNESKOning tashabbusibilan 1948 yil 5 oktyabrda tabiatni va tabiat boyliklarini ximoya qilish Xalqaro uyushmasi tuzildi. Hozir bu uyushmaga 49 mamlakat kiradi. Shu uyushmaning shartnomalariga ko’ra davlatlar o’rtasida soni kamayib borayotgan, xayoti xavf ostida qolgan qushlar va ularning qishlash hamda uya qo’yish joylari qo’riqlanadi. Uyushmaning tashabbusi bilan 1966 yilda «Xalqaro qizil kitob» chiqariladi keinchalik 1978 yilda «SSSR Qizil kitobi» ga jumxuriyatimizda yashayotgan qushlardan sakkoqushning ikki turi, Turkiston oq laylagi, qora laylak, qizil qanot, shipun oqqushi, kichik burgut, oq dumli burgut, cho’l burguti, kironqora burgut, bolaotar, kuymay, ilonxo’r, burgut, shaxin, yurga tovuq oqbovur, krechetki, Osiyo loyxuraksimon veretinigi va cho’l chumchug’i kiritilgan. Hammasi bo`lib 31 tur.
Uy parrandalari xo’jalik maqsadlari (go’shti, tuxumi, pati va pari), aloqa bog’lash (kaptar orqаli xavo pochtasi) yoki estetik talablarni qondirish (dekorativ qushlar, ichkibozlik uchun asraladigan zotlar) uchun qo’lga o’rgatib ko`paytiriladigan qushlardir. Qushlarni xonakilashtirish odamlar tomonidan ma’lum maqsadlar uchun qadimgi zamonlardan boshlangan. Hamma xonaki tovuq zotlarining ajdodi bo`lib Xindiston, Birma va Malay orollari o’rmonlarida tarqalgan bankiv tovug’i xisoblanadi. Bu tovuqni xonakillashtirish eramizdan bir necha ming yil ilgari avval Xindistonda, keyinchalik Evropada boshlangan. Odam parvarish qilish va tanlash natijasida juda ko`p xonaki tovuq zotlarini yaratdi, MDXda yetishtirilgan tovuq zotlaridan Ukraina ushankasi, yurlov, moskva tovuqlari, rus oq tovug’i-legorn, langshan, kiandot, nyu gempshir va boshqalarini olishimiz mumkin. Kurkalar ham eramizdan ancha oldin meksikalik xindlar tomonidan Shimoliy Amerikada tarqalgan yovvoyi kurkadan xonakillashtirilgan. Bir nesha yuz yil muqaddam Yaponiyada bedananing maxalliy formasi xonakilashtirildi. Hozirgi vaqtda bu bedananing har biridan Evropa va Amerika yiliga 300 ta tuxum olinmoqda. Bu bedananing go’shti va tuxumi ovqat sifatida ishlatiladi. Xonaki o’rdak zotlari yovvoyi o’rdaklardan yetishtirilgan. G’ozlarni xonakilashtirish ikkita ildizdan boshlanadi. G’arbiy Evropa zotlari Evropa va Osiyoning shimoliy hamda o’rta mintaqalarida tarqalgan yovvoyi ko’k g’ozdan yetishtirilgan. Oyoqlari, tumshug’i, qora va tumshug’ining ostida burtmasi bo`lgan Xitoy g’ozlari Sharqiy Sibir, ichki Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan yovvoyi xitoy g’ozidan kelib chiqqan. Xonaki kaptarlarning juda ko`pchilik zotlari yovvoyi ko’k kaptarlardan kelib chiqqan. Kaptar zotlari dekorativ, pochta va go’sht beruvchi zotlar gruppasiga bo`linadi.
17-MA’RUZA



Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə