Tabiiy fanlar fakulteti


Sut emizuvchilarning ichki tuzilishi



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə29/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Sut emizuvchilarning ichki tuzilishi

Reja
  1. Nerv sistemasi va sezuv organlari.


  2. Ovqat xazm qilish organlari.


  3. Nafas olish organlari.


  4. Qonaylanish sistemasi.


  5. Ajratish va ko`payish organlari




Tayanch iboralar: yangi miya gumbazi, oldingi miya yarim sharlari va miyacha, o’rta quloq va undagi suyakchalar, tashqi quloq, tish guruhlari, lab, lunj, sulak, oshqozon, ichaklar, xiqildoq, tog`aylari, diafragma, o’pkadagi alveollar, yuragi, chap aorta, yoyi toq vena, buyrak, kopka tizimini yo`qolishi, siydik-tanosil tizimi.
Nerv sistemasi va sezuv organlari. Bosh miya oldingi miya yarim sharlari va miyacha xisobiga nixoyatda kattaligi bilan xarakterlanadi. Oldingi miya yarim sharlari miya gumbazi yoki neopallum deb ataladigan miya po’stlog’i, ya’ni kulrang miya moddasi bilan qoplangan. Miya po’stlog’ida oliy nerv faoliyatining markazi joylashgan. Oldingi miya yarim sharlari bosh miyaning qolgan qismlariga nisbatan 48-75% ni tashkil qiladi. Miya po’stlog’i ko`pchilik sut emizuvchilarda silliq bo’lmasdan, burma va egatchalar bilan qoplangan. Bu miya pustlog’ining yuzasini kengaytiradi. Oraliq miya ustki tomondan ko’rinmaydi. O’rta miya uchun uning miya qopqog`i boshqa Umurtqalilardagidek ikki tepalikdan iborat bo’lmay, to’rt tepalikdan iborat bo`ladi. Bu tepaliklarning oldingisi ko`ruv, keyingi tepaliklar esa eshituv funksiyalarini bajaradi. Miyacha bir necha bo’limlarga bo’lingan. Bosh miyadan 12 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Sezuv organlaridan xidlov organlari juda kuchli rivojlangan va sut emizuvchilarning xayotida muxim axamiyatga ega. Xid biluv organlari yordamida bu hayvonlar o`z dushmanlarini aniqlaydi, o’ljasini va jinslarini topadi. Sut emizuvchilarning xidlov bo’limida talaygina panjara chig’anoqchalardan iborat murakkab burun labirinti xosil bo`ladi.
Eshitish organi yaxshi rivojlangan. Ichki va o’rta quloqdan tashqari eshitish yo’li va quloq suprasining bo’shlig’i sut emizuvchilar uchun xarakterlidir. O’rta quloq bo`shlig`ida o`zangi suyakchasidan tashqari sandon va bolg’acha suyakchalar joylashadi.
Ko’rish organi boshqa sezuv organlariga nisbatan soddaroq tuzilgan. Ko`z tarog’i yo`q va akkomidasiya xodisasi kipriksimon muskulning qisqarishi va ko`z gavxari shaklining o`zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Ovqat xazm qilish organlari. Ovqat xazm qilish kanali og`iz bo`shlig`idan boshlanadi. Og`iz bo’shlig’ining oldingi tomonida go’shtdor lablari bo`ladi. Og`iz bo’shlig’i bilan lablar orasida jag`ning tashqi tomonida lunj bo`ladi. Jag` suyaklaridagi maxsus chuqurchalar – alveolalarda tishlar joylashadi. Tishlar bajarayotgan funksiyalarga qarab kurak, keskich, yolg’on oziq va xaqiqiy oziq tishlariga bo`linadi. Yoshlik davrida sut tishlari bo`lib, keyin bu doimiy tishlar bilan almashinadi. Og`iz turida go’shtdor til joylashgan. Og`iz bo’shlig’iga sulak bezlarining chiqarish yo’li ochiladi. Sulak bezlarining suyuqligi og`iz bo`shlig`ida ovqatga birinchi marta ximiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, kraxmalni shakarga aylantiradi. Tishlar yordamida maydalangan, sulak bilan qisman parchalangan va xo’llangan ovqat luqmasi qizilo`ngachga va undan oshqozonga o`tadi. Ovqat xarakteriga qarab oshqozon turli gruppalarida turlicha tuzilgan. Dag’al ovqatlar bilan ovqatlanuvchi-kavsh kaytaruvchilarning oshqozoni murakkab tuzilishga ega va to’rt bo’limga bo’lingan: qarta, tur qorinli, qat qorinli va shirdon. Qartadan ovqat luqmasi tur qorinliga va undan yana og`izga tushadi. Og`izda ovqat tishlar bilan maydalanadi va sulak bilan xurlanib ikkinchi marta yo`tilganda to’g’ridan to’g’ri tur qorinliga tushadi.
Ichak oshqozondan boshlanib ingichka, yug’on va to’g’ri ichaklarga bo`linadi. Ingichka va yug’on ichak chegarasidan kurichak chiqadi. Dag’al o’simlik bilan ovqatlanuvchi hayvonlarning ichagi gavdasiga nisbatan juda uzun bo`ladi. Masalan, ko’rshapalaklarda 2,5 barobar, qo’ylarda esa 29 barobar uzun bo`ladi. Jigar diafragma tagida joylashadi. O`t yo’li va oshqozon osti bezining chiqarish yo’li ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Nafas olish organlari. Gaz almashish qushlardagi singari o’pkadan o`tadi. Teri orqаli faqatgina 1% kislorod qon tomirlariga kiradi. Sut emizuvchilarning xiqildog’i murakkab tuzilgan. Uning asosida uzuksimon tog`ay joylashgan. Xiqildoqning oldingi yon devorlarini faqat sut emizuvchilarga xos bo`lgan qalqonsimon tog`ay tashkil qiladi. Xiqildoqning orqа tomonidan juft chumichisimon tog`aylar joylashgan. Qalqonsimon tog`ayning oldingi qirrasiga xiqildoq usti tutashib turadi. Xiqildoqning ichki pardasida ovoz chiqaruvchi tovush pardalari bo`ladi. Xiqildoq traxeyaga ochiladi. Traxeya ikkita bronxga, ajraladi va o’pkalarga kiradi. Bronxlar o’pkaga kirgach, mayda naychalarga shoxlanadi va oxirida alveol pufakchalar xosil qiladi. Buning natijasida o’pkaning hajmi gavda yuzasiga nisbatan 50-100 barobar oshadi.
Nafas olish akti ikki yo’l bilan o`tadi: bir tomondan qobirg’alararo muskulning faoliyati tufayli, ikkinchi tomondan diafragma pardasining yuqoriga ko`tarilishi va pastga tushishi natijasida ko`krak qafasining hajmi o`zgaradi.
Qonaylanish sistemasi. Yuragi qushlarning yuragi singari to’rt kamerali bo`lib, katta va kichik qonaylanish doiralari to’liq ajralgan. Chap yurak qorinchasidan toq chap aorta yoyi chiqadi. Odatda chap aorta yoyidan ismsiz arteriya chiqib, o`ng umrov osti arteriyasi hamda uyqu arteriyalariga ajraladi, chap umrov osti arteriyasi aorta yoyidan mustaqil chiqadi. Orqа aorta umurtqa pog’onasining ostida joylashadi va ichki organlarga qontomirlar ajratadi.
Venoz sistemasi uchun buyrak kopka sistemasining yo`qligi xarakterlidir. Bundan tashqari toq venalarning bo’lishi xarakterli bo`lib, bular tuban Umurtqali hayvonlarning kardinal venalarining rudimenti xisoblanadi. Oldingi tomondan ba’zilarida juft, ba’zilarida toq oldingi kovak venaga tuplanib, bular o`ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
O`ng yurak qorinchasidan venoz qonupka arteriyasi bilan o’pkalarga boradi. O’pkalarda kislorod bilan to’yingan qonupka venasi nomi bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ajratish va ko`payish organlari. Ajratish organi bo`lib bel bo’limiga joylashgan juft chanoq buyragi xizmat qiladi. Buyragi loviyasimon shaklda bo`ladi va yuza qismi pustloq hamda ichki mag’iz qatlamlaridan tashkil topgan. Pustloq qatlami ingichka naylardan tashkil topgan va qondan ortiqcha suv hamda parchalanish maxsulotlari tuplanadi. Mag’iz qatlami bir qancha yig’uvchi naylardan iborat va bu yerga pustloq qavat naychalari ochiladi. Buyrak jomidan siydik yo’liga ochiladi. Siydik pufagidan siydik tanosil teshigi orqаli tashqariga chiqariladi.
Erkaklarining ko`payish organi bo`lib tana bo`shlig`ida yoki yorgokda joylashgan bir juft urug’dan xizmat qiladi. Urug’da pishib yetishgan urug’ hujayralari urug’ yo’li bilan kopulyativ organi orqаli tashqariga chiqariladi. Siydik pufagi bilan jinsiy a’zo ildizining o’rtasidagi chegarada prostata bezi bo`ladi. Bu bezning ajratgan suyuqligi urug’ni suyultiradi va spermatazoidni aktivlashtiradi.
Urg’ochilarining ko`payish organi bo`lib, tana bo`shlig`ida joylashgan juft tuxumdonlar xisoblanadi. Pishib yetishgan tuxum tana bo’shlig’iga tushadi. U yerdan tuxum yo’lining fallopiy naychasiga tushib, keyin bachadonga boradi. Bachadon qinga ochiladi. Qinning orqа uchi daxlizga, ya’ni siydik –tanosil kanaliga aylanadi. Ko`pchilik sut emizuvchilar bachadonida bola o’rni-yuldosh xosil bo`ladi. Yuldosh orqаli zarodish ona organizmi xisobidan ovqat moddalarini so’rib oladi va nafas oladi. Yuldosh quyidagicha xosil bo`ladi: allantoisning tashqi devori seroz qavat bilan qo`shilib ko`p bo’rtmali xorion xosil qiladi. Xorion o`z navbatida bachadonning ichki shilimshik qavati bilan qo’shiladi va yo’ldosh xosil bo`ladi.

Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə