Tabiiy fanlar fakulteti


-MA’RUZA Sut emizuvchilarning ekologiyasi



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə32/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

20-MA’RUZA

Sut emizuvchilarning ekologiyasi

Reja
  1. Sut emizuvchilarning yashash sharoiti va tarqalishi


  2. Ovqatlanishi va ko`payishi


  3. Sut emizuvchilarning sutka va mavsumiy siklliligi




Tayanch iboralar: sut emizuvchilarning yashash sharoitlariga qarab ekologik guruhlarga bo’linishi, xayot siklliligi, ko`payishi, tuxum qo’yish, tirik bola tug’ish.
Yashash sharoiti va tarqalishi. Sut emizuvchilarning biologik progressi bo`lib, ularning geografik va biotipik tarqalishi xisoblanadi. Sut emizuvchilar yer yuzida Antraktidadan tashqari hamma joyda tarqalgan. Tibbiyotda yovvoyi qo’ylar va echkilar 6000 m, bo’rilar 7150 m dengiz satxidan balandlikda uchraydi. Sut emizuvchilar uchun ayrim turlarning keng tarqalishi ham xarakterlidir. Masalan, bo’ri va tulki Evropa, Osiyo va Shimoliy Amerika, kashalot issiq va o’rta mintaqadagi barcha okeanlarda tarqalgan. Bundan tashqari sut emizuvchilar turli xil muxit sharoitlarida yashaydi. Yashash sharoitlariga qarab sut emizuvchilar to’rtta asosiy ekologik gruppalarga bo`linadi.
1. Yerda yashovchilar sut emizuvchilarning eng katta gruppasi bo`lib, yer sharining barcha Quruqliklarini egallagan. Bular asosan barcha o’rmon va bo`tazorlarda hamda ochiq yerlarda yashashga moslashgan. Daraxtda yashovchilar o`zlarining ko`p vaqtlarini daraxtda o`tkazadi, daraxtda ovqat topib eydi, dam oladi va ko`payish uchun uya qurishda daraxt kovaklaridan foydalanadi. Masalan, kemiruvchilardan olmaxon, yirtqichlardan ba’zi suvsarlar, lemurlar, maymunlar va boshqalar daraxtda yashaydi. Ochiq joyda yashovchilar ham xilma xildir. Bu gruppaga faqat yer ustida yashovchi tuyoqli hayvonlar, yer ostida uya qilib, ovqatni yer ustidan topuvchi qush oyoqlilar, yumronqoziqlar, ko`pchilik yirtqichlar, tovushkonlar kiradi.
2. Yer tagida yashovchilar muxitga o`ta moslashgan bo`lib, butun xayotini yoki xayotining ko`p qismini yer tagida o`tkazadi. Bu gruppaga kiruvchi sut emizuvschilarning ko`zlari va quloq supralari rivojlanmagan, gavdasi uqlovsimon bo`ladi, dumi kalta yoki mutlaqo bo`lmaydi va qilsiz bo`ladi. Ularning oldingi oyoqlarining barmoqlari ham yaxshi taraqqiy etgan. Bularga krotlar, ko’rsichqonlar, sokor, qopchiqli krotlar kiradi.
3. Suvda yashovchilar orasida morfologik tomondan suvda yashashga ozroq moslashgan norkа, oq ayiq, suv kalamushi, o’rdakburun, ondatra, nutriya, bobr, suvda yashashga kuchliroq moslashgan tyulenlar va morjlar hamda suvda yashashga butunlay moslashgan kitsimonlar diqqatga sazovordir. Ayniqsa kitsimonlar to’liq suv muxitida yashashga moslashgan sut emizuvchilar xisoblanadi. Kitsimonlar tasodifan qirgoqqa chiqib qolsa, ular xaloq bo`ladi. Terisida jun qatlami, yog’ va ter bezlari yo`qolib ketadi. Keyingi oyoqlari yo`q.
4. Xavoda yashovchilar yoki uchuvchilarga faqat qo’lqanotlilar yoki ko’rshapalaklar kiradi, xavoda uchib yurish uchun ko’rshapalaklarda uchish organi qanot xosil bo`ladi, tushsuyagining oldingi yuzasida ko`krak toji suyagi bo`ladi. Bosh skelet suyaklari qo`shilib ketadi.
Ovqatlanishi. Sut emizuvchilarning ovqati nixoyatda xilma-xildir. Shu bilan birgalikda bular uz ovqatlarini turli xil xayot muxitlaridan-xavo, yer usti, yer osti, suv qatlamlaridan tutib oladi. Ovqatning xiliga qarab sut emizuvchilarni ikkita gruppaga: go’shtxo’r va o’simlikxo’r gruppalarga bo’lish mumkin. Go’shtxo’rlar o`z navbatida xasharotxo’rlarga, yirtqichlarga, o’limtikxo’rlarga bo`linadi. O’simlikxo’r darrandalar juda ham ko`p. Bu gruppaga ko`pchilik maymunlar, kemiruvchilar, tuyoqlilar, qopchiqlilar kiradi. Ovqat arakteriga qarab bular o`txo’r, donxo’r va mevaxo’rlarga bo`linadi. Lekin sut emizuvchilarning bu gruppalari qisman shartli bo`lib, hayvonning geografik tarqalishi, yoshi, yil fasllariga qarab o`zgarib turadi. Masalan qo`ng’ir ayiq, Janubiy Kavkazda o’simlik bilan ovqatlansa, Uzoq Sharqda baliq va tyulenlar bilan ovqatlanadi.

Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə