Tabiiy fanlar fakulteti


Sut emizuvchilar xayotida sutka va mavsum siklligi



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə33/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Sut emizuvchilar xayotida sutka va mavsum siklligi
Sut emizuvchilarda tinchlik davri bilan aktivlik davrining sutka, yil fasli sari muntazam ravishda almashinib turishi ovqat topishga moslanishdir.
Sutka siklliligi. Tirikchilikni tunda yoki kunda o`tkazish darrandaning ovqat topishi xarakteriga bog’lik. Kemiruvchilar bilan ovqatlanuvchi ko`pchilik yirtqichlar turlicha aktivlik bilan ularni kechasi ham kunduzi ham tutadi. Buning aksicha, ko’rshapalaklar faqat kechasi aktiv bo`ladi.
Fasl siklliligi ham ovqat topish qiyin tushadigan yil fasllariga moslanishdir. Bu moslanish yozda ketish xodisasi bilan ifodalanadi.
Uyquga ketish bir yo’llilar, qopchiqlilar, xasharotxo’rlilar, qo’lqanotlar, yirtqichlar va kemiruvchilarda namoyon bo`ladi. Uyquga kirish xarakteriga qarab ular uch tip bo`ladi.
1.Qishki uyqu yoki fakultativ uyqu modda almashinuv darajasi, gavda temperaturasi va nafas olish prosesslarining unchalik pasaymasligi bilan xarakterlanadi. Bu uyqu osonlik bilan buzilishi mumkin. Bunday uyqu ayiqlarga, yenotlarga, yenotsimon itlarga va bo’rsiqlarga xosdir. Ular sikilgan daraxt ostida, daraxt kovaklarida uxlaydi. Uxlash muddati shimolda ko`proq, janubga borgan sari kamayib boradi.
2.Xaqiqiy uyquda gavda temperaturasi ancha pasayadi. Nafas olishi sekinlashadi va chuqur karaxt xolida bo`ladi, lekin qish vaqtida qisqa muddatga, xavo juda isib ketganda uyg’onadi. Bunday uyquga ketish ko`pchilik ko’rshapalaklarga va olaxurjinlarga xosdir.
3.Uzluksiz mavsumiy uyquga kirishi kuchli karaxt xoliga o`tish, gavda temperaturasining va nafas olishning keskin pasayishi bilan xarakterlanadi. Bunday uyqu tipratikonlarga, sug’urlarga, yumronqoziqlarga va qushoyoqlilarga xosdir. Xaqiqiy uyquga kirish ba’zan qishda emas, yozda ham bo`ladi.
Davriy migrasiya odatda ovqat tansiqligiga yoki ovqat topishning iloji yo`qligiga bog’lik bo`ladi. Davriy migrasiya asosan tuyoqlilar va ularning orqаsidan yuradigan katta yirtqichlarda hamda ko’rshapalaklarda ko’riladi. Davriy migrasiya baliqlardagi singari gorizontal va vertikal migrasiyalarga bo`linadi. Shimol bug’usi, elik (kosulya)ning mamlakatimizda, Afrikada esa tuyoqlilarning, asosan kiyiklarning ko’chib yurishlari gorizontal migrasiyaga misol bo’lsa, baland tog’larda yashaydigan tog’ echkilari, serkalar va ular orqаsidan yirik yirtqichlarning ko’chishi vertikal migrasiyaga misol bo`ladi.
Ko`payishi. Sut emizuvchilar ko`payish xarakteriga qarab uch gruppaga bo`linadi.
1.Tuxum qo’yib ko`payish. Tuxumi sariq moddaga boy bo`lib, tug’ilganda zarodish ancha rivojlangan bo`ladi. Tuxumni onasi bosib inkubasiya qiladi yoki xaltachadan olib yuradi. Tuxumdan chiqqan bolani onasi sut bilan boqadi.
2.Chala, nimjon bola tug’ib ko`payish. Bola bachadonda rivojlanadi, yo’ldosh bo`lmaydi. Tug’ilgan bola qopchiqda olib boriladi va sut bilan boqiladi.
3.Yaxshi rivojlangan bola tug’ib ko`payish. Bularning tug’ilgan bolalari yaxshi rivojlangan va xatto usha kuni yura oladi. Xesh bo’lmaganda o`zi ema oladi, chunki bularning bolalari yo’ldoshi ichida, u orqаli ona organizmi xisobidan ovqatlanadi. Bu gruppaga yo’ldoshlilar misol bo`ladi.
Sut emizuvchilar turli yoshda balog’atga yetadi. Masalan, fillar 20-25 yoshda, bo’ri 1 yoshda, mayda kemiruvchilar esa bir oyligida balog’atga erishadi. Sut emizuvchilar, ko`pincha bir yilda bir marta bola tug’adi. Lekin ko`pincha kemiruvchilar yiliga bir necha marta bolalaydi. Masalan, tiyinlar va tovushkonlar yilida uch martagacha, sichqonlar va kallamushlar esa undan ham ko`p bolalaydi. Ikkinchi tomondan ba’zi bir darrandalar, masalan, qo`tos, tuya, kitlar yil oralab urchiydi, fillar esa 3-4 yil o`tkazib urchiydi. Katta darrandalar har safar bitta kichik darrandalar esa ko`p bola tug’adi. Masalan, oq sichqonlar- 18 tagacha bola tug’adi.
Sut emizuvchilarning bug’ozlik va tug’ish davri uzoq bo`lganligi munosabati bilan kuyo`qish, ya’ni qo’shilish davri ham har xil bo`ladi. Masalan, itlar qishning oxirida yanvar, fevral oylarida qo’shiladi, bo’g’ozlik davri qisqa bo`ladigan mayda darrandalar baxorda kuyo`qiydi, suvsar, bo’rsiq kabi hayvonlar yozda, bug’ular esa kuzda qo’shiladi.
Bo’g’ozlik davri sut emizuchi hayvonning katta-kichiqligiga ma’lum darajada bog’lik bo`ladi. Masalan, mayda kemiruvchilarda bo’g’ozlik davri 8-20 kun, quyonda-bir oy, tovushkonda-50 kun, itda 2 oy, arslonda-4 oy, ayiqda-7 oy, otda 11 oy, tuyada bir yilcha, filda – 20 oy davom etadi. Begemot bolasini qornida 8 oy, sigir, orangutan va odam 9 oy, katta kit ham bir yilcha bolasini qornida olib yuradi.
21-MA’RUZA

Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə